1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]



Yüklə 28,88 Kb.
səhifə1/2
tarix12.05.2023
ölçüsü28,88 Kb.
#112313
  1   2
2317 23.01.2012




[OKOZ:

1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]

PDF-faylidagi rasmiy manba
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi BOSh DIREKTORINING
buyrug‘i
ELEKTRON ARXIV TO‘G‘RISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 23-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2317]
O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-yil, 24-25-son, 192-modda) va “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 20-son, 230-modda) qonunlariga muvofiq buyuraman:
1. Elektron arxiv to‘g‘risidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor A. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 22-dekabr,
89-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
“O‘zarxiv” agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-dekabrdagi
89-son buyrug‘iga ilova
Elektron arxiv to‘g‘risidagi namunaviy
nizom
Ushbu Namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risidagi” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-yil, 24-25-son, 192-modda) va “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 20-son, 230-modda) qonunlariga muvofiq, elektron arxiv faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy nizom arxiv hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan tashkilotlarga (bundan buyon matnda – tashkilotlar deb yuritiladi) tatbiq etiladi.
2. Ushbu Namunaviy nizomda quyidagi atamalar qo‘llaniladi:

Yüklə 28,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin