PDF-faylidagi
rasmiy manba
O‘zbekiston
Respublikasining Qonuni
Vasiylik va homiylik to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 8-noyabrda
qabul qilingan
Senat tomonidan 2013-yil 12-dekabrda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi vasiylik va homiylik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi qonunchilik
Vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)