Pdf-faylidagi rasmiy manba O‘zbekiston Respublikasining Qonuni


-modda. Vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari



Yüklə 167,83 Kb.
səhifə6/38
tarix05.04.2022
ölçüsü167,83 Kb.
#54745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
O‘RQ-364 02.01.2014

7-modda. Vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari

Vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;

Oldingi tahrirga qarang.

(7-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)

mahalliy davlat hokimiyati organlari.

Vasiylik va homiylik bo‘yicha faoliyat:

tuman, shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari tomonidan — voyaga yetmaganlarga nisbatan;

Oldingi tahrirga qarang.

tuman, shahar tibbiyot birlashmalari tomonidan — sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarga, shuningdek sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga nisbatan amalga oshiriladi;



(7-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(7-moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni ushbu Qonunda va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida amalga oshiradi.



O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o‘z majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda vasiylik yoki homiylik belgilash chora-tadbirlarini ko‘radi.

(7-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Vasiylik va homiylik organlaridan tashqari boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni aniqlash va joylashtirish bo‘yicha faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 2, 3 va 4-bandlari, O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavining 30-moddasi.


Yüklə 167,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin