1 Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalash va sog’lig’ini himoya qlish yo’lida olib borayotgan ishlari


Bolalar qaddi qomatining shakillanishi va kamchiliklari



Yüklə 324,5 Kb.
səhifə25/36
tarix18.04.2022
ölçüsü324,5 Kb.
#55676
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
1 Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalash va sog’lig’ini himoya

23

Bolalar qaddi qomatining shakillanishi va kamchiliklari

Odamning qad-qomati uning skeleti, muskullari va nerv sistemasining rivojlanishiga bog'liq. Qad qomatning shakllanishida, ayniqsa, umurtqa pog'onasining normal rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Normal holda bo'yin va bel qismida umurtqa pog'onasi bir oz oldinga, ko'krak va dumg'aza qismida bir oz orqaga egilgan bo'ladi. Shuning uchun o/dinga egilish, orqaga egilish deb ataladi. Bu tabiiy egilishlar bir yoshgacha bo'lgan bolalarda bo'lmaydi. Ularning normal holda bo'lishi yoki normadan ortiqcha egilishi qad-qomatning noto'g'ri shakllanishiga ta'sir etadi. Bundan tashqari, qad-qomatning shakllanishida ko'krak qafasi, qo'l va oyoq suyaklari hamda tan a muskullarining normal rivojlanishi ham muhim ahamiyatga ega. Qad-qomatning noto'g'ri shakllanishi bir necha xil bo'ladi: egilgan, lordoz, kifoz, kekkaygan, skoliotik qad-qomat. Qad-qomati normal shakllangan odam tanasini tik va to'g'ri tutadi, boshi ko'tarilgan, yelkalari yozilgan, ikkala yelkasi bir tekislikda, qorni bir oz ichiga tortilgan, oyoqlari tik va to'g'ri bo'ladi. Egilgan qad-qomatli odam tik turganda boshi oldinga egilgan, yelkalari osilgan, ko'krak qafasi botiq bo'ladi. Bunday qad-qomat umurtqa pog'onasining bo'yin qismidagi oldinga egilishining normaga nisbatan ko'payishi, bel qismidagi egilishi¬ning esa kamayishi hamda qorin devori muskullarining yaxshi rivojlanmasligi tufayli yuzaga keladi. Kifoz qad-qomatli odam tik turganida orqasining yuqori qismi do'ppaygan va yumaloqlashgan, yelkalari oldinga osilgan, boshi oldinga egilgan, qornining pastki qismi bo'rtgan bo'ladi. Bunday qad-qomat umurtqa pog'onasini bo'yin va bel qismidagi oldinga egilishlarini normaga nisbatan kam, ko'krak qismidagi orqaga egilishning esa ko'p bo'lishi tufayli vujudga keladi. Kekkaygan qad-qomatli odamning orqasi to'g'ri va tekis, qorni ichiga tortilgan bo'ladi. Bunday qad-qomatli umurtqa pog'onasining ham egilishlari normaga nisbatan kam bo'lishi natijasida yuzaga keladi. Qad-qomatining buzilishidan faqat odamning tashqi ko'rinishi o'zgarmasdan, balki u ichki a'zolar (o'pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak kabilar)ning rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bunday odamlar jismoniy mehnat qilganida, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanganida nafasi qisadi, yurak urishi tezlashadi, tez charchaydi va hokazo. Bolaning qad-qomati normal shakllanishi uchun quyidagi gigiyena qoidalariga amal qilish kerak:

- bolani yoshligidan tekis va bir oz qattiqroq to'shakda yotishga o'rgatish lozim, yostiq pastroq bo'lishi kerak. To'shakning qalinva yurnshoq bo'lishi, yumshoq pmjinali karavot, baland yostiq bolaning umurtqa pog'onasi qiyshayib qolishiga sabab bo'ladi;

- bolani olti oylik bo'lguncha o'tqazmaslik, o'n oylik bo'lgun¬cha oyog'ida uzoq vaqt tik turg'azmaslik kerak, chunki bu yoshdagi bolalarning umurtqa pog'onasi, oyoq suyaklari egiluvchan bo'lganligi sababli tana massasini ko'tara olmasdan, egrilanib qolishi mumkin.




Yüklə 324,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin