1 Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalash va sog’lig’ini himoya qlish yo’lida olib borayotgan ishlari


Ovqat xazm qilishning yosh xususiyatlari



Yüklə 324,5 Kb.
səhifə26/36
tarix18.04.2022
ölçüsü324,5 Kb.
#55676
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
1 Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalash va sog’lig’ini himoya

24

Ovqat xazm qilishning yosh xususiyatlari

Odam yoki har bir tirik organism o’zining o’sishi, rivojlanishi va yashashi uchun doimiy ravishda ovqat hazm qilish orqanlari orqali ovqat istemol qilib turadi. Odamning hazm qilishi kanali 8-10 m. uzunlikda bo`lib, dеvori uch qavatdan: ichki shilliq, o`rta-muskul, tashqi-sеroz qavatlaridan tuzilgan. Ovqat hazm kanalida mexanik maydalaniladi va kimyoviy parchalanib qon hamda linfa tomirlariga so’riladi. Ovqatning og’iz bo’shlig’ida tishlar yordamida, meda va ichaklarning mayatniksimon hamda peristaltik harakati natijasida maydalanishi mexanik yoki fizik o’zgarish deb ataladi. Ovqat tarkibidagi oqsil, yog`’, uglevodlarni fermentlar ta’sirida parchalanishi kimyoviy o’zgarish deb ataladi. Bu fermentlar til osti, jag’ osti, quloq oldi, meda va ichaklarning shilliq qavati ostida joylashgan bezlardan hamda meda osti bezidan ishlab chiqariladi. Ovqat hazm qilish organlariga: og’iz bo’shlig’i va undagi organlar, xalqum, qizil o’ngach, meda, iingichka va yo’g’on ichaklar hamda meda osti bezi, jigar kabi organlardan tashkil topgan. Ularning ish faoliyati markazi uzunchoq miyada bo’lib, markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. Og’iz bo’shlig’i ovqat hazm qilish organlarining boshlang’ich qismi bo’lib, dahlizi va haqiqiy og’iz bo’shlig’idan tashkil topgan. Lablar. Uyqori pasrki lablar muskullardan iborat bo’lib, ular og’izning kirish qismini hosil qiladi. Og’iz bo’shlig’ida tishlar, til va so’lak bezlarining kanalchalari joylashgan. Tishlar, ularning tuzilishi va gigiyenasi. Tishlar ikki hil bo’ladi: sut tishlari 20 ta doimiy tishlar 32 ta. Bola 6-8 oylik bo'lganda sut tishlar chiqa boshlaydi. Dastlab kurak tishlar, so'ng qoziq, kichik oziq tishlar chiqadi. Sut tishlar 7 yoshdan boshlab tushib, ularning o'rniga doimiy tishlar chiqa boshlaydi. 7 yoshda 1-katta oziq tish, 8 yoshda 1-kurak tish, 9 yoshda 2-kurak tish, 10 yoshda 1-kichik oziq tish, 13-16 yoshda katta oziq tish, 11-15 yoshda 2-oziq tish, 18-30 yoshda 3-oziq tishlar chiqadi. Doimiy tishlar soni 32 ta bo’lib, yuqori va pastki jag’da 16 tadan, jag’larning o’ng va chap tomonida 8 tadan bo’ladi. Shulardan olingi ikkitasi kurak, 1 tasi qoziq, 2 tasi kichik oziq tish va uchtasi katta oziq tishlardir. Doimiy tishlarning 28 tasi 12-14 yoshgacha chiqadi 4 tasi, ya’ni yuqori va pastki jag’lardagi oxirgi katta oziq tishlar (aql tishlar) 18 yoshdan keyin chiqadi. Tish uch qismdan iborat: tish toji (koronka), boyni va ildizi. Tishning ko’rinib turgan tashqi qismi koronka deb atalib, u oq emal moddasi bilan qoplangan. Bu modda tishga qattiqlik hususiyatini beradi. Tishning milk bilan birikkan joyi uning bo’yin qismi deb ataladi. Tishning ildiz qismi jag’ suyaklariga birikkan bo’ladi. Sut tishlar tushib, doimiy tishlar chiqa boshlaganda bolalarga tishni cho'tka bilan yuvishga (uxlashdan oldin), ovqatlangandan so'ng og`izni iliq suv bilan chayishga o'rgatish, juda sovuq yoki issiq ovqat yeyish, qattiq narsalarni tishda chaqish zararli ekanligini o'qtirib borish kerak.




Yüklə 324,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin