Tish va rezba kesish stanoklari



Yüklə 220,3 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü220,3 Kb.
#205281
abu 2222


Tish va rezba kesish stanoklari
Reja:



  1. Tish va rezba kesish stanoklari guruhining umumiy tasnifi. Stanoklarning asosiy tiplari.

  2. Tish kesish stanoklari (zagotovkalarda tishlar yasash usullari, tish kesish stanoklarining tasnifi, tish frezalash, tish o'yish, tish ran-dalash, tish pardozlash stanoklari va ularning o'ziga xos alomat-lari).

  3. Rezba kesish stanoklari (rezba ochish usullari, rezba frezalash, rezba yo'nish, bolt va gaykalarda rezba kesish, rezba nakatka qilish, rezbalarni jilvirlash stanokJari va ularning o'ziga xos xususiyat-lari).

Tish va rezba kesish stanoklari guruhining umumiy tasnifi




Metall kesuvchi stanoklarning umumiy tasnifi bo'yicha zago-tovkalarda tishlar va rezbalarni tayyorlash uchun xizmat qiladigan stanoklar beshinchi guruhga kiritilgan. Bu guruh stanoklari quyidagi asosiy tiplarga bo'linadi


Tishli uzatmalar hamda rezbali birikmalar va uzatmalarning mashi-nasozlikda qo'llanish sohalari juda keng. Tish va rezbalarni zagotovkalarda hosil qilish usullari va buning uchun zarur bo'lgan stanoklar va kesuvchi asboblar ham har xil. Ammo ko'pchilik hollarda, ayniqsa, tish ke-sish nihoyatda murakkab, ko'p mehnat talab qiladigan va mas'uliyatli texnologik jarayonlardan hisoblanadi. Shunga mos ravishda stanoklarning konstruktiv tuzilishi bir necha xildagi murakkab harakatlarni hosil qilib uzatib berishi ularning o'ziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi.
Kopirlash usuli bo'yicha zagotovkalarda tishlar yasashda kesuvchi asboblar sifatida modulli disk va barmoq frezalari, maxsus tish kesish kallaklari va protyajkalardan foydalaniladi. Bu usul asosan yakka buyurt-mali ishlab chiqarish sharoitida, ta'mirlash maqsadida va tish kesish universal frezalash stanoklarida bo'lish kallaklari (УД, УДГ) dап foy-dalanib amalga oshiriladi. Yirik seriyali ishlab chiqarishda modulli disk frezalari zagotovkalarda tishlarni maxsus yarim avtomat stanoklarida

xomaki kesishda qo'Uaniladi. Faqat keng koiamli ishlab chiqarishda maxsus tish kesish kallaklari yordamida maxsus tish o'yish yarim av-tomatlarida amalga oshiriladi.
Kopirlash usulida tish kesish asbobining shakli zagotovkadagi tishlar orasidagi bo'sh joyning profiliga mos boiadi. Bu usulning ish unumdorligi past, aniqligi ham yetarli emas boiib, bular kopirlash usulining asosiy kamchiliklari hisoblanadi.
Obkatka usuli yuqori ish unumdorligi va kesilgan tish oicham-larining katta aniqligini ta'minlaydi, shuningdek bir kesuvchi asbob bilan bir xil modulli istalgan tishlar soniga ega boigan gildiraklarda tishlarni kesish mumkinligi bu usulning afzalliklaridir. Obkatka usuli bilan tishlarni hosil qilishda kesuvchi asbob kesuvchi qirralari zago-tovka tishlari profili bo'yicha ketma-ket harakatlanib , o'zaro duma-lab, ilashuv jarayonini eslatadi.
Tish frezalash stanoklari


Tish frezalash stanoklari yuqori ish unumdorligi va ishlov berish aniqligi tufayli eng ko'p tarqalganligi bilan ajralib turadi. Ishlov o'tayotgan zagotovka o'qining joylashuvi bo'yicha tish frezalash Stanoklari gorizontal va vertikal turlarga bo'linadi. Gorizontal tish freza­lash stanoklari silindrik tishli g'ildiraklar, shlitsli vallar, "val-shes-ternya" tipidagi detallarga ishlov berishda foydalaniladi. Vertikal stanoklar gorizontal stanoklarga qaraganda ko'proq uchraydi va ular ikki ko'rinishda ishlab chiqariladi: stoli radial yo'nalishda suriladigan va frezalash supporti radial yo'nalishda suriladigan stanoklar. Ba'zi tish frezalash stanoklarida freza o'z o'qi bo'yicha surilishga ega bo'ladi.
53A50 modelli tish frezalash yarim avtomatik zamonaviy tish frezalash stanoklaridan bo'lib, tashqi ilashadigan silin­drik g'ildiraklarda to'g'ri va vintsimonjoylashgan tishlarni hamda cher-vyakg'ildiraklarda tishlarni kesish uchun mo'ljallangandir. Bu stanok yuqori aniqlik sinfiga mansub bo'lib, modulli chervyak frezalari bilan obkatka usuli bo'yicha ishlaydi.

Kesuvchi asbob freza frezalash supportiga o'rnatiladi va bosh ay-lanma harakati oladi. Zagotovka opravkaga o'rnatiladi va unga bir necha xil surish harakatlari uzatiladi.
A. Stanokni silindrik g'ildiraklarda to'g'ri tishlarni kesishga sozlash.


Vintsimon tishli g'ildiraklarga ishlov berilganda dolbyak shtosseli-dagi z=90 bo'lgan chervyak g'ildiragiga vintsimon yo'naltirgich o'rnatiladi (14.6-rasm), uning qiyalik burchagi qirqiladigan tishning qiyalik burchagiga teng bo'lishi kerak. Dolbyak ham vintsimon tishli bo'lishi lozim. Endi dolbyak yuqorida ko'rsatilganlardan tashqari aylan-ma qaytar harakatni ham bajaradi.
Dolbyaklar o'rnatilish usuli bo'yicha dastali va dastaga o'tqaziladigan, konstruktiv belgilari bo'yicha disksimon va kosacha shaklidagi, aniqligi bo'yicha uch sinfga (AA, A va B), tuzilishi bo'yicha 5 tipga (I-disksi-mon to'g'ri tishli, II-disksimon qiyshiq tishli, III-kosacha shaklidagi to'g'ri tishli, IV-dastali to'g'ri tishli, B-dastali qiyshiqtishli) boiinadi.
Konussimon g'ildiraklarda tish kesish stanoklari


Konussimon tishli g'ildiraklarni ishlab chiqarish silindrik g'ildiraklarni ishlab chiqarishga qaraganda ancha murakkabdir. Konussi-mon g'ildiraklarning tishlari bir-biriga parallel emas, demak, tishlarning o'zi ham, ularning oralaridagi bo'sh joylar qam o'zaro parallel yon yoqlariga ega emas. Shu sababli tishlar orasidagi bo'sh joyning chu-qurligi va kengligi konussimon g'ildirakning katta asosidan kichik asosiga qarab asta-sekin kamayib boradi. Bularning barchasi konussimon g'ildiraklar tishlariga ishlov berishda qiyinchilik tug'diradi va stanoklar-ning konstruksiyasini murakkablashtiradi. Amalda to'g'ri tishli va doiraviy tishli konussimon g'ildiraklar keng qo'llaniladi. To'g'ri tishli konussi-mon g'ildiraklar tishlarini shakldor asboblar yordamida kopirlash usuli bo'yicha quyidagicha kesish mumkin:

  • modulli disk va barmoq frezalari bilan frezalash (xomaki kesish);

  • disksimon protyajka yordamida doiraviy sidirish (xomaki va toza-lab ishlov berish);

keskichlar yordamida shablon bo'yicha randalash. Konussimon g'ildirakning tishlarini eng aniq va samarali tayyor-lash—bu obkatka usulidir. Konussimon g'ildiraklar tishlarini qirqib tayyorlashda ishlab chiqaruvchi yoki faraz qilinadigan g'ildirak tushun-chasi kiritiladi. Haqiqatda stanokda bunday g'ildirak yo'q, ammo stanokning planshayba (lyulka)sida kesuvchi asboblar (keskichlar, freza-lar, tish kesish kallagi) joylashib, ularning kesuvchi qirralari ishlab chiqarish (faraz qilinadigan) g'ildiragi tishlari profilini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish g'ildiraklarining yassi, konussimon, yassi-uchli, ko-nussimon-uchli turlari bor. Asboblarni tayyorlash nuqtayi nazaridan yassi ishlab chiqaruvchi g'ildirak eng qulay bo'lib, unda boshlang’ich konus uchidagi burchak va tishlar yassi yon yoqlarga ega,
Zagotovka mahsulot babkasining shpindeliga o'rnatilib, aylanma harakatlanadi va bu harakat planshayba (lyuIka)ning aylanma harakati bilan moslashgan bo'ladi.
Yarim avtomat sikl bo'yicha ishlaydi. Sikl birtishga ishlov berishga sarf qilingan vaqt bo'lib, uning davomida ma'lum tartibda turli hara-katlarbajariladi. So'ngrasikl takrorlanadi. Stanokda sikllarni hisoblagich o'rnatilgan bo'lib, belgilangan sikllar tugagach stanokni to'xtatishga signal (komanda) beradi.
Stanokda quyidagi harakatlar bor:
Bosh harakat—keskichlarning ilgarilama-qaytar harakati. n =1000r/2 /, i.y./min
Bo'lish harakati—lyulka va kesilayotgan g'ildirakning o'zaro mos­lashgan aylanishidir.
Obkatka harakati—Ъи harakat lyulka-ishlab chiqarish g'ildiragi aylanishini kesilayotgan g'ildirak aylanishi bilan moslashtirib berishi zarur. Ishlab chiqarish g'ildiragi bir tishga (\/zn) burilganda kesilayot­gan g'ildirak ham bir tishga (\/z) burilishi kerak.
Surish harakati stanokda shartli ravishda ishchi yurish vaqti (rr, s) bilan ifodalanadi. Sikl (ishchi va salt yurish) vaqti 8V72 s oralig'ida bo'lib, salt yurish vaqti 3^4,5 s ni tashkil etadi.

Stanokda reversiv mexanizm mavjud bo'lib, lyulkani ishchi yu­rish oxirida boshlang'ich holatga qaytaradi. Tish randalash keskichi vintlar bilan polzunga 1 tekisligi bo'yicha mahkamlanadi.
ГОСТ 5392-80 bo'yicha /w=0.3..10 mm uchun keskichning o'lchamlari:



Ishlov berish uchun qoldirilgan qo'yim yon kesuvchi qirra op (orqa burchagi 20°) va uchi no (yu=12°) Iar bilan kesilib qirindiga aylantiriladi.
Doiraviy tishli konussimon g'ildirakiar tishlarini kesish uchun ko'p keskichli kallaklari bilan ishlaydigan stanoklar qo'llaniladi.
5С280П modeIli tish kesish yarim avtomatik doiraviy tishli konussimon g'ildiraklar tishlarini kesish uchun mo'ljallangan. Stanok yuqori aniqlikka ega, unda botirib kirish usuli bo'yicha xomaki va obkatka usuli bo'yicha tozalab ishlov berish mumkin. Kesuvchi as-bobkeskichli kallaklar. Kallak planshayba (lyulka)ga o'rnatilib, o'z o'qi atrofida, planshayba esa o'z o'qi atrofida aylanadi. Keskich kallagi bilan birga planshayba ishlab chiqarish g'ildiragini tashkil etadi. Endi keskichlar yo'lida zagotovkalarjoylashtirilib, unga ishlab chiqarish g'ildiragi aylanishi bilan moslashtirilgan aylanma harakat uzatilsa, zagotovkada 2 tish oraligi kesilib o'tadi. So'ngra zago-tovka keskichlardan uzoqlashtiriladi (aylanishi o'sha yo'nalishda davom etaveradi), planshayba keskich kallagi bilan birga teskari yo'nalishda aylanadi. Zagotovka bo'lish harakati oladi va bundan keyin sikI takror-
lanadi.

5С280П modelli stanokda tishlarining soni 5...150 va moduli 12 mm gacha bo'lgan tishli g'ildiraklarda tishlar qirqiladi.
Tish kesish kallagining aylanish chastotasi 20...125 mhr1
Bir tishni kesib ishlash vaqti 12...300 s .
gacha yuza tozaligini ta'minlaydi.

Tish pardozlash stanoklari




Tishlarning aniq shakli va o'lchamlariga, shuningdek ularning ishchi yuzalari g'adir-budurliklarini kamaytirish maqsadida tishli g'ildiraklarning tishlarini qirqib bo'lgandan keyin pardozlab ishlov berish operatsiyalari o'tkaziladi. Bunda quyidagi tish pardozlash stanoklaridan foydalaniladi: 5D833 modelli tish jilvirlash yarim avtomati yuqori aniqlikka ega bo'lib, g'ildiraklardagi to'g'ri va vintsimon tishlarni obkatka usuli bo'yicha 1 va 2 kirimli chervyak doiralari yordamidajilvirdash uchun mo'ljallangan (14.14-rasm).
Stanok jilvirlovchi chervyakni o'tkirlab turish uchun maxsus to'g'rilash mexanizmiga ega. Stanokda quyidagi harakatlar mavjud.

  1. Jilvirlovchi chervyak doirasining aylanma harakati.

  2. Bo'lish harakati—zagotovkaning aylanma harakati.

  3. Zagotovkaning vertikal surilishi (s=4....165 mm/min).

  4. Radial surish jilvirlash doirasi babkasining zagotovka tomon supportning har ishchi yurishiga mos keladigan surilishidir. Bu hara­kat stanokda gidrosilindr-reyka uzatmasi-xrapovikli mexanizm-yurgi-zish vinti orqali amalga oshiriladi.

Tishlarnijilvirlash 4...7-aniqlik darajalarini ta'minlaydi. Jilvirlash-ning afzalligi istalgan qattiqlikka ega bo'lgan g'ildiraklarga ishlov be­rish mumkinligidir. Tishlarni jilvirlash kopirlash va obkatka usulIari bo'yichabajariladi. Kopirlash usulidajilvirlash doirasining ishchi pro­fili tishlar orasidagi bo'shliq profilining nusxasidir. a). Obkatka usulidajilvirlashdajilvirlash doirasi tishli reyka profilini tak-rorlaydi hamda tishli reyka va g'ildirakning bir-biriga nisbatan dumalashi (obkatka) sodir bo'ladi. Kesuvchi asbob sifatida konus profiliga ega bo'lgan bitta doira b) yoki ikkita tarelkasimon doiralar, shuningdek chervyak ko'rinishidagi abraziv doiralar xizmat qiladi.

G'ildiraklar tishlarini jilvirlash uchun qo'yim (propusk) bir to-monga 0,2...0,3 mm oralig'ida qoldiriladi va u 4...5 o'tish davomida olib tashlanadi. Oxirgi ikki o'tish (tozalab ishlov berish)da 0,01 ....0,015 mm qahnlikdagi qatlam kesiladi.
Adabiyotlar ro'yxati:



  1. JT. В. Перегудов, A X- Хошимов вабошк,. Автоматлаштирилган корхона станоклари.—Т.: Узбекистон, 1999.

  1. Грановский Г.И. и др. Резание металлов: Учебник для машиностр. и приборостр. спец. вузов.-М.: Высш. шк., 1985.

  2. Технология обработки конструкционных материалов: Учебникдля машиностр. спец. вузов. Под ред. П.Г. Петрухи.—М.: Высш. шк., 1991.

  3. Бобров В.Ф. Основы теории резания, Машиностроение, 1975.

  4. Армарего И. Дж. Обработка металлов резанием. Перевод с англ. —М.,1977.

  5. Зорев. H. H. Вопросы механики процессарезания металлов. —M, Машгиз,1956.

  1. Резников A.H. Теплофизика процессов механической обработки материалов.—М,.1981

  2. Справочник технолога-машиностроителя, т.т.1 и 2.-M., Машиностроение,1972 .

  3. Справочник металлиста в пяти томах.—М., Машгиз, 1959.

  1. Долматовский Г.А. Справочник технолога. — М., Машиностроение, 1962.

  2. Режимы резания металлов. Справочник под редакцией Ю.В. Барановского, 3-е изд.—М, Машиностроение, 1972.

Yüklə 220,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin