4-MAVZU: Tish va rezba qirqish stanoklari
(
Tooth cutting milling machine)
Reja:
1.
Tish va rezba kesish stanoklari guruhining umumiy tasnifi.
Stanoklarning
asosiy tiplari.
2.
Tish kesish stanoklari (zagotovkalarda
tishlar yasash usullari,
tish kesish
stanoklarining tasnifi, tish frezalash, tish o'yish, tish randalash, tish pardozlash stanoklari
va ularning o'ziga xos alomat-lari).
3.
Rezba kesish stanoklari (rezba ochish usullari, rezba frezalash, rezba yo'nish,
bolt va gaykalarda rezba kesish, rezba nakatka qilish, rezbalarni jilvirlash stanoklari va
ularning o'ziga xos xususiyat-lari).
Tayanch so'z va iboralar: 1. Tish va rezba kesish stanoklari. 2. Tish kesish usullari
va asboblari. 3. Tish frezalash yarim avtomati. 4. Tish o'yish stanogi. 5. Tish randalash
stanogi. 6. Tish jilvirlash yarim avtomati 7. Tish shevinglash yarim avtomati.
4.1. Tish va rezba kesish stanoklari guruhining umumiy tasnifi
Metall kesuvchi stanoklarning umumiy tasnifi bo'yicha
zagotovkalarda tishlar va
rezbalarni tayyorlash uchun xizmat qiladigan stanokJar beshinchi guruhga kiritilgan. Bu
guruh stanoklari quyidagi asosiy tiplarga bo'linadi (7.1-jadval):
7.1-jadval
Tiplari
Stanokjarning nomlari
Modellariga misollar
0
Rezba kesish
1
Tish o'vish-silindrik a'ildiraklar uchun
516. 5М150П
2
Tish kesish-konussirnon g’ildiraklar uchun
526. 5С286П
3
Tish frezalash-silindrik g’ildirak va shlitsli vallardi
53A50, 5Д32С
4
Tish frezalash-c hervyak juftlari uchun
5H582
5
Tishli g’ildiraklar yon qismlariga ishlov herish
5714
6
Rezba frezalash
5Б63
7
"Tishlarni pardozlash
5В702ВФ2
8
Tish va rezbalarni jilvirlash
5П84, 5Д833, 5K822
9
Har xil tishlarga ishlov berish
5Б913
Tishli uzatmalar hamda rezbali birikmalar va uzatmalarning
Mashinasozlikda
qo'llanish sohalari juda keng. Tish va rezbalarni zagotovkalarda hosil
qilish usullari va
buning uchun zarur bo'lgan stanoklar va kesuvchi asboblar ham har xil. Ammo ko'pchilik
hollarda, ayniqsa,
tish kesish nihoyatda murakkab, ko'p
mehnat talab qiladigan va
mas'uliyatli texnologik jarayonlardan hisoblanadi. Shunga
mos ravishda stanoklarning
konstruktiv to`zilishi bir necha xildagi murakkab harakatlarni
hosil qilib uzatib berishi
ularning o'ziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi.