chiqarishga qaraganda ancha murakkabdir. Konussimon g’ildiraklarning tishlari bir-
biriga parallel emas, demak, tishlarning o'zi ham, ularning oralaridagi bo'sh joylar qam
o'zaro parallel yon yoqlariga ega emas. Shu sababli tishlar orasidagi bo'sh joyning chu-
qurligi va kengligi konussimon g’ildirakning katta asosidan kichik asosiga qarab asta-
sekin kamayib boradi. Bularning barchasi konussimon g’ildiraklar tishlariga ishlov
berishda qiyinchilik tug’diradi va stanoklar-ning konstruksiyasini murakkablashtiradi.
Amalda to'g’ri tishli va doiraviy tishli konussimon g’ildiraklar keng qo'llaniladi. To'g’ri
tishli konussimon g’ildiraklar tishlarini shakldor asboblar yordamida kopirlash usuli
bo'yicha quyidagicha kesish mumkin:
•
modulli disk va barmoq frezalari bilan frezalash (xomaki kesish);
•
disksimon protyajka yordamida doiraviy sidirish (xomaki va toza-lab ishlov
berish);
•
keskichlar yordamida shablon bo'yicha randalash.
Konussimon g’ildirakning tishlarini eng aniq va samarali tayyorlash—bu obkatka
usulidir. Konussimon g’ildiraklar tishlarini qirqib tayyorlashda ishlab chiqaruvchi yoki
faraz qilinadigan g’ildirak tushunchasi kiritiladi. Haqiqatda stanokda bunday g’ildirak
yo'q, ammo stanokning planshayba (lyo`lka)sida kesuvchi asboblar (keskichlar, frezalar,
tish kesish kallagi) joylashib, ularning kesuvchi qirralari ishlab chiqarish (faraz
qilinadigan) g’ildiragi tishlari profilini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish g’ildiraklarining yassi, konussimon, yassiuchli, k-nussimon-uchli
turlari bor. Asboblarni tayyorlash nuqtayi nazaridan yassi ishlab chiqaruvchi g’ildirak
eng qulay bo'lib, unda boshlang’ich konus uchidagi burchak (pn = 90°va tishlar yassi yon
yoqlarga ega, ya'ni tishning profili to'g’ri (tekis) yoqli (14.9-rasm).
Dostları ilə paylaş: