4-mavzu: Tish va rezba qirqish stanoklari


 Zagotovkalarda tishlar hosil qilish usullari



Yüklə 472,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix22.12.2023
ölçüsü472,83 Kb.
#189136
1   2   3   4   5   6   7   8
4 Lecture

4.2. Zagotovkalarda tishlar hosil qilish usullari 
Bunday usullarning asosiylari quyidagilardir: 
1. 
Plastik deformatsiyalash—nakatka qilish orqali; m<2 mm bo'lganda 
sovuqlayin va m>2 mm bo'lganda zagotovka qizdirilgan holda nakatka qilinadi; 
2. 
Kukun metallurgiyasi usuli bo'yicha presslash; 
3. 
Kesuvchi asboblar bilan tishlarni kesish tish ochishning asosiy 
usuli bo'lib, u o'z navbatida 2 turga bo'linadi: kopirlash va obkatka 
usullari. 
Kopirlash usuli bo'yicha zagotovkalarda tishlar yasashda kesuvchi asboblar sifatida 
modulli disk va barmoq frezalari, maxsus tish kesish kallaklari va protyajkalardan 
foydalaniladi. Bu usul asosan yakka buyurtmali ishlab chiqarish sharoitida, ta'mirlash 
maqsadida va tish kesish universal frezalash stanoklarida bo'lish kallaklari (УД, УДГdап 
foy-dalanib amalga oshiriladi. Yirik seriyali ishlab chiqarishda modulli disk frezalari 
zagotovkalarda tishlarni maxsus yarim avtomat stanoklarida xomaki kesishda 
qo'llaniladi. Faqat keng ko'lamli ishlab chiqarishda maxsus tish kesish kallaklari 
yordamida maxsus tish o'yish yarim avtomatlarida amalga oshiriladi. 
Kopirlash usulida tish kesish asbobining shakli zagotovkadagi tishlar orasidagi bo'sh 
joyning profiliga mos bo'ladi. Bu usulning ish unumdorligi past, aniqligi ham yetarli emas 
bo'lib, bular kopirlash usulining asosiy kamchiliklari hisoblanadi. 
Obkatka usuli yuqori ish unumdorligi va kesilgan tish o'lcham-larining katta 
aniqligini ta'minlaydi, shuningdek bir kesuvchi asbob bilan bir xil modulli istalgan tishlar 
soniga ega bo'lgan g’ildiraklarda tishlarni kesish mumkinligi bu usulning afzalliklaridir. 
Obkatka usuli bilan tishlarni hosil qilishda kesuvchi asbob kesuvchi qirralari zagotovka 
tishlari profili bo'yicha ketma-ket harakatlanib , o'zaro do`rna-lab, ilashuv jarayonini 
eslatadi. 
4.3. Tish kesish stanoklarining tasnifi 
Obkatka usuli bo'yicha tish kesish jarayoni quyidagi stanoklarda amalga oshirilib, 
ular quyidagicha tasniflanadi: 
a) 
qo 'llanishi bo'yicha—silindrik g’ildiraklarda to`g`ri va vintsimon 
tishlarni, 
chervyak 
va 
shevron 
g’ildiraklarda 
tishlarni, 
konussimon 
g’ildiraklarda to'g`ri va doiraviy tishlarni, reykalarda tishlarni kesish va ' 
maxsus stanoklari. 
b) 
ish 
prinsipi 
va 
qo 
'llaniladigan 
asbob 
turi 
bo 
'yicha: 
-tish frezalash; 
-tish o'yish; 
-tish randalash; 
-tish kesish (keskichli kallak yordamida); 
-tish sidirish; 
-tish dumaloqlash; 
-tishlarni jilvirlash; 
-shevinglash; 
-tishlarni xoninglash; 


-tishlarni pritirka qilish; 
d) ishlov berish aniqligi bo'yicha—-xomaki tish kesish, tozalab ishlov berish va tish 
ishchi yuzalarini maromiga yetkazish (dovodka qilish) stanoklari. 

Yüklə 472,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin