CHorvachilik binolarini elektroisitish qurilmalari uch xil bo‘lishi mumkin: umumiy isitish, maolum bir joylarnigina isitish va xam aloxida joylarni qo‘shimcha isitish (yaoni kombinasiyalangan isitish). SHular ichida kerakli yerlarnigina aloxida isitish yuqori unumdorlikka egadir.
CHorvachilik binolari umumiy xolda isitishni quyidagilar yordamida amalga oshirish mumkin.
5.1 – rasm. SFOA tipidagi elektrokalorifer qurilmasining umumiy qo‘rinishi: 1 – rama, 2 – kamera, 3 – kalorifer, 4 – xavoni kesish kamerasi, 5 – ventelyator,
6 – elektrodvigatelp, 7 – vqbroizolyator.
Elektrokalorifer qurilmalaridan chorvachilik binolarini isitishda keng foydalaniladi. Bu qurilma bir paytning o‘zida ikkita funksiyani bajaradi, isitadi va shabalatadi. Ularni issiqlikni ishlab chiqarish bo‘yicha xamda xavoni o‘tkazish miqdorini o‘zgartirish bo‘yicha oson avtomatlashtirish mumkin. SHu maqsadlarda qishloq xo‘jaligi uchun sanoatiga SFOS tipidagi quvvatlari 5, 10, 16, 25, 40, 60 va 100 kVt larga teng b o‘lgan elektrokalorifer qurilmalari ishlab chiqariladi. Kalorifer qurilmasining konstruksiyasi 1–rasmda ko‘rsatilgan, texnik ko‘rsaktkichlari esa 1–jadvalda berilgandir.
Jadvalda keltirilgan kaloriferning oziqlanish kuchlanishi 380/220 V fazalar soni 3ga teng, qizdirgichlarning qobir’asimon yuzasidagi maksimal temperatura 1800S, ulanish usuli esa yulduz usulidadir.
SHunday kalorifer qurilmalarda ishlatiladigan naysimon qizdirish elemenlari xaqida maolumot 2–jadvalda keltirilgan. Kalorifer qurilmasining asosiy kamchiliklaridan biri uning erkin grafik bo‘yicha elektr energiyasini isteomol qilishidir. U sutkaning xar qanday paytida xam ulanishini taqazo qilishi mumkin, jumladan elektrenergiyasini maksimal qiymatda isteomolchilar qabul qilayotgan paytda xam. Undan tashqari issiqlik xarakteristikasi jiddiy nazorat ostida bo‘lgan binolarda ishlayotgan paytda mutloqo elektrenergiyasini liniyasida tanaffus yuz berib uzilib qolishi mumkin emas.