1 Dаvriy ish rejimidа ishlаydigаn induktsion qurilmаlаrni tаdqiqotlаsh



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə12/22
tarix10.03.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#87238
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
E T Q fanidan Labaratoriya Oxirgisi

2. Ishga oid nazariy tushunchalar
O‘ta yuqori chastotali (O‘YUCH) qizdirish qurilmalarida chastota qiymati 300, 2375 va 22125 MGs bo‘lgan o‘zgaruvchan tok kuchlanishlari qo‘llaniladi va ularning quvvati 100 Vt dan bir necha o‘n kVt larni tashkil etadi. O‘YUCH li o‘zgaruvchan toklarni dielektrik materiallarni qizdirishda qo‘llanilishi qizdirish jarayonini jadallashtirga, yuzalarini qizdirish effekti hisobiga esa bir muncha texnologik afzalliklar beradi va shu bilan birga ba’zi holarda konstruktiv qulayliklarga ham olib keladi.
«Elektronika 3S» mikroto‘lqinli pechi (MTP) faqat stol ustiga qo‘yilib ishlatiladi ( 6.1- rasm). Pech konstruktiv jihatdan ishchi kamera, ventilyator, boshqarish paneli, to‘lqin tarqatuvchi tizimli elektromagnit to‘lqinlar generatori, elektr elementlari bloki va yuqori kuchlanishli transformator kabi qismlardan iborat.
Ishchi kameraning ichida masaliqli idish qo‘yiladigan aylanuvchi likopcha joylashgan. Kamera ko‘rish oynasi va qulfli 7 eshikcha bilan zich yopiladi. Eshik ochilgan vaqtda pech qanday ish rejimida ishlayotganidan qat’iy nazar avtomatik ravishda tarmoqdan uziladi. Ventilyator generatorni sovutadi hamda ishchi kamerani shamollatadi. Boshqarish paneli elektron vaqt relesi va tarmoqqa ulanish ulagichidan iborat.
Barcha funksional bloklari o‘zaro bir – birlari bilan ajraluvchilar yordamida biriktirilgan bo‘lib, metalldan yasalgan va usti lok bilan qoplangan 6 korpusga montaj qilingan. Boshqarish paneli raqamli tablo 2, vaqtni boshqarish knopkasi 3, ish rejimlari knopkasi 4 va «tarmoq» knopkasi kabi elementlardan tashkil topgan.

6.1– rasm. mikroto‘lqinli pechning umumiy ko‘rinishi
Vaqt oralig‘ini boshqarish ikki «tez» va «sekin» knopkalar yordamida amalga oshiriladi. Berilgan oraliqning hisoblanadigan vaqti 10 s. Ish rejimini tanlash quyidagi knopkalardan birini bosish bilan amalga oshiriladi («pishirish», «bug‘latish», «muzdan tushirish»). Korpus panelining ustki qismida ventilyasiya kanalining qopqog‘i 9 joylashgan. Korpus panelinig chap yonida lyuk oynasining qopqog‘i 8 joylashgan bo‘lib, shu qopqoq orqali kamerani yorituvchi lampasi almashtiriladi. Korpusning orqa panelida saqlagichlar va tarmoqqa ulanuvchi shnur joylashtirilgan.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin