1 Dаvriy ish rejimidа ishlаydigаn induktsion qurilmаlаrni tаdqiqotlаsh


O‘zgarmas tok payvandlash generatorining misoli



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə20/22
tarix10.03.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#87238
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
E T Q fanidan Labaratoriya Oxirgisi

O‘zgarmas tok payvandlash generatorining misoli.
Tashqi xarakteristika shakliga qarab o‘zgarmas tok payvand generatorlari qiya tushuvchi, qattiq va qiyaligi kichik xarakteristikalilariga ajratiladi.
Uyg‘otish usuli va tashqi xarakteristikalarini shakllash usullariga qarab payvandlash uchun mo‘ljallangan o‘zgarmas tok generatorlari ketma-ket magnitsizlovchi chulg‘amli, parallel magnitlovchi va ketma-ket magnitsizlovchi chulg‘amli, bo‘lingan qutbli va ko‘ndalang maydonli mustaqil uyg‘otiluvchi generatorlarga bo‘linadi.

9.3-Rasm Mustaqil uyg‘otiluvchi generatorni elektr sxemasi va tashqi xarakteristikalari:


1-reostat to‘la chiqarilganda, 2-reostat to‘la kiritilganda, 3-reostat qisman kiritilganda, Mustaqil uyg‘otuvchi chulg‘am yarim o‘tkazgich to‘g‘rilagichiga ulangan, chulg‘am toki reostat bilan rostlanuvchi Fn oqimni uyg‘otadi. Magnitsizlovchi chulg‘am payvandlash zanjiriga ketma-ket ulangan, uning payvandlash toki I-ga proporsional bo‘lgan Fr oqimi Fn oqimga qarshi yo‘nalgan. YOydagi kuchlanish Uyo  s(Fn - Fr)-IRya; salt rejimda I  0, Fr  0 va Uyo  sFn. Payvandlashda I > 0 va Fr > 0, shuning uchun yoydagi kuchlanish kamayadi (rasm 3, b). qisqa tutashuv toki Iqt magnitsizlovchi chulg‘amni o‘ramlar sonini o‘zgartirib rostlanadi.
Tashqi xarakteristikalari rostlanuvchi universal payvand generatorlari ham mavjud. Masalan, aralash uyg‘otish sxemasida bajarilgan generatorda tushuvchi xarakteristikadan qattig‘iga ketma-ket chulg‘amni qarshi ulanishdan bir yo‘nalishda ulanishga o‘tkazish va uning o‘ram sonlarini o‘zgartirish bilan o‘tkaziladi; zanjirdagi drossel kerakli dinamik xususiyatlarni olishga imkon beradi.

9.4-Rasm Payvandlash transformatorining prinsipial sxemasi: Es2 , Es1 –birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarni tarqa-luvchi oqimlar hisobiga hosil bo‘luvchi EYUK; L-payvandlash zanjiridagi qo‘shimcha induktivlik; U-yoydagi kuchlanish.


YUqorida keltirilgan sxemani yoy kuchlanishini qiymatini qo‘yidagicha ifodalash mumkin: U =U2= E2 – j I2 X2= E2 - j I2 wLS2
Ishni bajarish tartibi

Quyida keltirilgan 9.4-rasmdagi sxemani yig‘ing.


Rasm 4. Tajriba ishini bajarish uchun sxema.
Tajriba ishini bajarish uchun kerakli jihoz va qurilmalar:

  1. TDM-tipli payvandlash transformatori.

  2. Ampermetr 300 A

  3. Voltmetr 250 V

  4. Voltmetr 50 V

  5. Kaska

YUqoridagi sxema yig‘ilgandan so‘ng zanjir uchlarini avtomat orqali 220 V-li kuchlanishli manbaga ulang. Olingan natijalarga asoslanib qo‘yidagilarni xisoblang.
Tanlangan elektrod uchun tok kuchini topish formulasi

bunda: , - tajribadan olinadigan koeffitsientlar (qo‘lda payvandlashda), =20 =6; dE–elektrodning diametri, mm.
Payvandlash vaqtidagi yoy hosil bo‘lgandagi kuchlanishni qo‘yidagi ifoda asosida aniqlash mumkin:

bu yerda: a-koeffitsient, o‘z navbatida katod va anod zonalarida kuchlanish pasayishini yig‘indisini fizik ma’nosini namoyon qiladi, V; b-koeffitsient, yoy uzunligi birligida o‘rtacha kuchlanish tushuvini ifodalaydi, V/mm; lD- yoy uzunligi, mm
Sinov savollari:
1.Elektr yoyining qanday texnologik xususiyatlari bor va ular qaerda qo‘llaniladi?
2. Payvandlash transformatori turlari va ishlash prinsiplarini ayting?
3. qo‘lda payvandlashda diametri 5 mm li elekrod uchun payvandlash transformatorining quvvati qancha bo‘lishi kerak?
4. Induktiv qarshilish nima?
5. Payvandlash toki nimaga asosan aniqlanadi?



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin