Harakatni bir valdan ikkinchi valga tishli g`ildiraklar vositasida uzatish mexanizmi tishli uzatma deb ataladi. Hozirgi vaqtda mashinasozlik sanoatida tishli uzatmalar keng ko`lamda ishlatilmoqda va ulardan texnikaning turli sohalarida foydalanilmoqda. Aniq asbobsozlikda diametri 1 mm dan kichik bo`lgan tishli g`ildiraklar ishlatilgan bir vaqtda, og`ir sanoatda diametri bir necha 10 m ga yetadigan tishli g`ildiraklarni ham uchratish mumkin.
Vallari o`qlarining joylashuviga qo`ra tishli uzatmalar quyidagi turlarga
bo`linadi:
vallarining o`qlari o`zaro parallel bo`lib, sirtqi yoki ichki tomondan ilashgan silindrik g`ildirakli uzatmalar;
vallarining o`qlari o`zaro kesishuvchi konussimon g`ildirakli uzatmalar;
vallarining o`qlari ayqash bo`lgan vintaviy silindrik va gipoid deb ataluvchi konussimon g`ildirakli hamda chervyakli uzatmalar.
Tishli uzatmalarning bu ususiyatlar bo`yicha turlanishi 1-sxemada keltirilgan.
Tishlarning g`ildirak sirtida joylashuviga qarab, tishli uzatmalar to`g`ri tishli
(1-shakl), qiya tishli g`ildirakli uzatmalarga bo`linadi (2-shakl).
1-sxema
Tish profili bo`yicha evolventali va doiraviy bo`ladi. Evolventa profilni 1760 yilda L. Eyler, doiraviy profilni esa 1954 yilda M.L. Novikov tavsiya etgan.
Tishli uzatmalarning afzalliklari:
• yuqori yuklanish qobiliyatiga ega;
• umrboqiyligi yuqori (30 000 soat) va ishlashi ishonchli;
1-shakl
a) b)
2-shakl
• f.i.k. yuqori (0,97…0,98 gacha);
• uzatish nisbatining doimiyligi;
• sekundiga 150 m/s gacha tezlik bilan katta quvvat (bir necha ming kVt) uzata
oladi va uzatish nisbati bir necha yuzgacha etadi;
• xilma-xil materialdan tayyorlanishi mumkin.
Tishli uzatmalarning kamchiliklari:
• tayyorlanishi nisbatan murakkabligi;
• katta tezlik bilan ishlayotganda shovqin chiqishi;
• zarb bilan ta’sir etuvchi kuchlarning zarari ko`proq sezilishi va shu kabilar