2-§. Silindrik uzatmani geometriyasi va kinematikasi.
Tishning mavjud profillaridan eng ko`p qo`llaniladigani evolventa profili
bo`lgani uchun ushbu profilli tishli g`ildiraklar geometriyasini ko`rib chiqamiz.
Odatda, ilashishda bo`lgan bir juft g`ildirakdan kichigi shesternya, kattasi esa
g`ildirak deb ataladi. Bordi-yu ilashishdagi ikkala g`ildirak bir xil bo`lsa, u holda yetakchisi shesternya, etaklanuvchisi g`ildirak deyiladi.
Tishli g`ildirak termini umumiydir. Shesternya parametrlarini belgilashda 1 indeksi, g`ildiraklarnikiga esa 2 indeksi qo`yiladi (1-rasm).
1-rasm
Ilashish moduli, 𝑚 = 𝑃𝑡/𝜋 uning qiymatlari ГОСТ 9563-60∗(mm) bo`yicha standartlashtirilgan bo`lib uning qiymatlari (0,01-0,02) 𝑎𝑤 oralig`ida quyida keltirilgan qatordan olinadi:
1-qator: 1; 1,25; 2; 2,5; 3; 4; 6; 8; 10; 12; 16; 20.
2-qator: 1,375; 1,75; 2,25; 2,75; 3,5; 4,5; 7; 9; 11; 14; 18; 22.
To`g`ri tishli g`ildiraklar uchun:
bo`luvchi diametri − 𝑑1 = 𝑚𝑧,
tish ustidan o`tuvchi aylanalar diametri − 𝑑𝑎 = 𝑑1 + 2𝑚,
tish tubidan o`tuvchi aylanalar diametri − 𝑑𝑓 = 𝑑1 − 2,5𝑚,
o`qlararo masofa − 𝑎𝑤 = (𝑑1 + 𝑑2)⁄2,
tishning balandligi − ℎ = 2,25𝑚,
uzatish soni − 𝑢 = 𝑧2⁄𝑧1
Odatda 𝑎𝑤 ning qiymatlari ГОСТ 2185-66 (mm) bo`yicha standartlashtirilgan, hisoblab topilgan qiymatga yaqin bo`lgan qiymat quyidagi qatordan tanlab olinadi:
1-qator: 40, 50, 63, 80, 100, 125, 160, 200, 250, 315, 400, 500, 630, 800, 1000,
1250, 1600, 2000, 2500.
2-qator: 71, 90, 112, 140, 180, 224, 280, 355, 450, 560, 710, 900, 1120, 1400,
1800, 2240.
Tishli uzatmalarning ishdan chiqish sabablari va turlari
Ilashishda bo`lgan tishlarga asosan ikki xil kuch ta’sir etadi. Ulardan biri 𝐹𝑛 normal kuch, ikkinchisi esa tishlar orasidagi ishqalanishdan hosil bo`ladigan ishqalanish kuchi 𝐹𝑖𝑠ℎ=𝐹𝑛𝑓. Bu kuchlar ta’sirida tishlar murakkab kuchlanish holatida bo`ladi.
Tishlarning ishchanlik qobiliyatini belgilovchi asosiy kuchlanishlar tish sirtida hosil bo`ladigan kontakt (a) kuchlanish 𝜎𝐻 va tishning tubida paydo bo`ladigan eguvchi (b) kuchlanish 𝜎𝐹 dir (2-shakl).
2-shakl
Har bir tish uchun 𝜎𝐻 𝑣𝑎 𝜎𝐹 o`zgarmas muayyan qiymatga ega bo`lmay, vaqt oralig`ida o`zgarib turadi va pulsatsiyalanuvchi uzlukli sikl bilan ta’sir etadi.
O`zgaruvchan kuchlanishlar tishlarning toliqishdan emirilishiga sababchi bo`ladi: kontakt 𝜎𝐻 kuchlanish tish sirtlarning uvalanishiga, eguvchi 𝜎𝐹 kuchlanish esa tishlarning toliqishdan sinishiga olib keladi. Ilashmadagi kontakt kuchlanish va ishqalanish ta’sirida tishlarning yeyilish, yemrilishi va tishlar sirtining boshqa turlari shikastlanishlari kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |