1. Didaktika tushunchasi Didaktikaning asosiy tamoyil va kategoriyalari


Malaka — o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish; Malaka



Yüklə 33,95 Kb.
səhifə2/12
tarix18.12.2022
ölçüsü33,95 Kb.
#76161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1. Didaktika tushunchasi Didaktikaning asosiy tamoyil va kategor

Malaka — o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;
Malaka – о’quvchi yoki talabada muayyan о’quv materiali va kasbni chuqur о’zlashtirish natijasida hosil bо’lgan avtomatlashgan mahorat.
Kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati
Usul - biror narsa, hodisa, jarayonni o‘rganish yoki amalga oshirish tartibi.
Uslub - biror narsa, hodisa, jarayonni o‘rganish yoki amalga oshirish uchun qo‘llash lozim bo‘lgan usullar majmuasi.
Ta’lim – о’quvchi va talabalarga bilim berish, ularni tarbiyalash,rivojlantirish kо’nikma va malakalar hosil qilish jarayoni, yoshlarni hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi.
Ta’lim axboroti muayyan faoliyat turi, ixtisosini amalga oshirishda qо’llashi uchun ta‘lim oluvchiga taqdim etiladigan bilim.
Ta’lim berish, o’qitish – 1) ta‘lim jarayonining asosiy tomonlaridan biri, О’quvchining tezkor faoliyati, bilimlar zahirasini о’zlashtirishi, ularni mustaqil egallash usullarini о’rganishi hamda amalda qо’llashni bilishiga yо’naltiriladi; 2)о’qituvchi tomonidan о’quvchi va talabalarga bilim berish, rivojlantirish va ijtimoiy hayotga tayyorlash jarayoni
Ta`lim vositasi – muayyan о’qitish metodi yoki usullaridan muvaffaqiyatli foydalanish uchun zarur bо’lgan yordamchi о’quv materiallari
Ta’lim mazmuni – о’quvchilarni haqqoniy, ilmiy dalillar, tushunchalar, qonuniyatlar, nazariyalar bilan tanishtirishga qaratilgan bilimlar tizimi
Ta’lim metodikasi – muayyan о’quv predmetini о’qitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullar tizimi
Ta’lim metodi – voqelikni amaliy va nazariy egallash, о’zlashtirish, о’rganish, bilish uchun yо’l-yо’riqlar, usullar majmuasi, pedagogik bilimlarni yaratish va asoslash usuli.
Ta’lim monitoringi – ta‘limdagi biror jarayonni baholash maqsadida maxsus tashkil etilgan muntazam kuzatuv va nazorat qilish.

Yüklə 33,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin