1. Didaktika tushunchasi Didaktikaning asosiy tamoyil va kategor
Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: dars, bilim olish, taiim, bilim, ko‘nikma, rnalaka, taiim maqsadi, ta’lim mazmuni, ta’lim jarayoni, taiim jarayonini tashkil etish, taiim turlari, shakllari, metodlari va vositalari, taiim natijasi.
So‘nggi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta’limning didaktik tizimi va ta’lim texnologiyasi kabi tushunchalami ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda.
1) bilim - shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui;
2) bilim olish - idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib,boyib borish jarayoni;
3) ko‘nikma - olingan bilimlarga asoslanib qo‘yilgan vazifalar va shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yigindisi;
4) malaka - ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi;
5) ta’lim - o‘quvchilarga nazariy bilimlami berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalami shakllantirish, ulaming bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon;
6) ta’lm metodlari - taiim jarayonida qoilanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmui;
7) ta’lim mazmuni - shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati;
8) ta’lim vositalari - ta’lim samaradorligini ta’minlovchi obyektiv (darslik, o‘quv qollanmalari, o‘quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, kompyuter va boshqalar) va subyektiv (o‘qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar;
9) ta’lim jarayoni - o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon;
10) ta’lim mazmuni - davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo'yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati;
11) ta’lim maqsadi ( O‘qish, bilim olish maqsadi) -- ta’limning aniq yo‘nalishini belgilab beruvchi yetakchi g‘oya;
12) ta’lim natijasi (ta’lim mahsuli) - ta’lim yakunining mohiyatini qayd etuvchi tushuncha; o‘quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi;
13) ta’limni boshqarish - ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash;
14) ta’lim tizimi - yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo’lida davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o‘quv-tarbiya muassasalari majmui.