7-sinflarda «Ko’ylak haqida umumiy ma’lumot» mavzusida o’tkazgan bir soatlik



Yüklə 15,53 Kb.
tarix19.04.2023
ölçüsü15,53 Kb.
#100425
7 sinf koylak haqida umumiy malumot


7-sinflarda «Ko’ylak haqida umumiy ma’lumot» mavzusida o’tkazgan bir soatlik
DARS ISHLANMASI

Mashg’ulot mavzusi: Ko’ylak haqida umumiy ma’lumit.


Mashg’ulot maqsadi: Bilim ko’nikma va malakalami shakillantirish hamda rivojlantirish.
Ta’Iimiy maqsad: o’quvchilami o’z o’zini tarbiyalashga o’rgatish hamda tikishga bo’lgan qiziqishlarini shakillantirish ularda o’zi hohlagan yo’nalishda kiyimlaming modullarini yaratib, tika olish ko’nikmasini paydo qilish.
Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilami tikish jarayonida matolami ozoda tutush toza saqlashga hamda saranjon-sarishtalikka o’rgatish va estetik didni oshirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilami ijodiy faoliyatini rivojlantirish.
Dars turi: Noan’anaviy, aralash
Darsda foydalanadigan turli hil metodlar: “lato” o’yini, “sehirli sandiqcha”, “baliq skeleti”
Darsda foydalanadigan jihozlar: Rasmli ko’rgazma, ip lenta, qog’az qalam
Tashkiliy qisin: o’quvchilami mashg’ulotga tayyorgarligini va sinf xonasining gigienik holatini nazorat qilish. O’quvchilami mahsus kiyimini ko’zdan kechirish .
Darsning shiori: Tikansiz gul, sadafsiz dur.
Mashaqqatsiz hunar yo’qdur.
O’quvchi qoidasi:
1. Intizom
2. O’zaro hurmat
3. Hamkorlikda ishlash
4. Bir birini fikrini tinglash
5. Chaqqonlik
6. Bilimdonlik
7. Vaqtdan unumli foydalanish
Haftada bor yeti kun,
Yetti kunu yeti tun.
Qani aytingchi qizlar,
Bugun qqnday qaysi kun.

“Baliq skleti” metodi


Bichish y Pazanda- y Mehnat- y O’zgalar tikishni / chilikni / sevarlikm£ mehnatini M f qadrlashni
r MEHNAT TA’LIMI FANI BIZGA NIMANI O’RGATADI
Saraniom sarishtalik y gozallikni
Kasb — hunarli\ Tejamkorlik\ Sabr toqatni
bo’lishni va ish- izlanuv-
bilarmonlikni chanlikni
Yanvar oyining 16-kuni 2015-yil XXI asr qish faslining 2 oyi.
Qish faslida qanday bayramlar nishonlaymiz?
8-dekabr Kanstitutsiyamizning 23 yilligi 31-dekabr Yangi yil bayrami 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni Bu yilni yurtboshimiz qanday yil deb nomladi?
Bu yil “Qariyalami ezozlash yili ” deb nomlandi.
Hozirgi sabog’imizning nomi mehnat ta’limi fani; bu fan bizga nimani o’rgatadi? Bu savollarga javobni baliq skeleti metodi orqqali aniqlab olamiz.
1. Tikuv mashinasi nechta guruhga bo’linadi?
2. Tikuv mashinasida nechta asosiy mehanizm bor?
3. Nima uchun mashina moylanadi?
4. Mashina qanday moy bilan moylanadi?
O’tilgan mavzuni mustahkamlash

O’tilgan mavzu qalamchalar mashqi orqali mustahkamlandi.


Yangi mavzuni tushuntirish.
Bugungi sabog’imizda biz siz bilan “Ko’ylak haqida umumiy ma’lumot ” mavzusini o’tamiz.
Odamlaming kundalik hayotida kiyim oziq-ovqat va turar joy kabi muhum o’rin tutadi.
Odam tanasini butunlay yoki qisman o’rab turuvchi buyumlar yig’indisi kiyim deb ataymiz.
Kiyim tikish jarayoni 3 bosqichdan i bo rat.
1. Kiyim uchun o’lcham olish modellashtirish chizmasini chizish va andozadan foydalanish.
2. Gazlamani bichishga tayyorlash va bichish.
3. Buyumni tikish, oxirgi ishlovni berish.
Ustki buyumlar ikkita guruhga bo’linadi Kamarli va Yelkali
Kamarli kiyimlarga : shim, sho’rti, lozim va yubkalar kiradi. Yelkali kiyimlarga esa kuylak, xalat, bluzka, polto, kastyum kabi yelkada turuvchi kiyimlami barchasi kiradi. Biz siz bilan bugungi sabog’imizda yelkali kiyimlar guruhiga kiruvchi ko’ylak haqida ma’lumotga ega bo’lamiz. Ko’ylaklaming fasonlari xilma xil bo’lib ular ko’ylakning bichilishiga bog’liq

holda burmali, beldan ulangan, telcis, klyosh yengning shakli esa turlicha: yengsiz, oddiy, uzun, kalta, manjetli va manjetsiz bo’ladi.


Kiyim andozasini chizishda uni kiyadigan kishining bo’yi bastiga e’tibor berish kerak, chunki kiyim tikishda bu ahamiyatga ega.
Odamlar qaddi-qomatiga ko’ra asosan quyidagicha bo’ladi.
1. Bo’y basti kelishgan odam
2. Gavdasi sal bukchaygan odam
3. Qaddi kekeaygan odam
Kiyimni to’g’ri tikish uchun o’lchov to’g’ri olinishi kerak. O’lchov olinayotgan kishi o’zini erkin tutib tik turishi lozim. O’lchov olishda hato qilinsa andozaning chizmasi to’g’ri chiqmaydi gazlama noto’g’ri bichilib kiyim hunuk bo’lib qoladi. O’lchov santimetrli lenta yordamida amalga oshiriladi. Aylana o’lchovlarining yarmi uzunlik o’lchavlari esa to’liq yoziladi chunki andoza gavdaning yarmiga tayyorlanadi.
Ko’ylak tikish uchun o’lchov quyidagicha olinadi.
1. Ko’krak aylanasi
Bukiyimning razmerini belgilaydigan asosiy o’lchov
2. Bel aylanasi Belning eng hipcha joyi
3. Bo’ksa aylanasi ikkala sonning eng ko’p chiqib turgan joyi beldan 18-20 sm chiqib turgan joydan o’lchanadi.
4. Ko’kraklar oralig’i
5. Yelka kengligi
6. Orqa bo’lakni belgacha uzunligi.
7. Yengning uzunligi
8. Kiyim uzunligi
Ko’ylak tikishda narmal odam to’kisligi haqi uchun 2 sm
To’la odam to’kisligi haqi uchun 4 sm qo’shib yoziladi.
Masalan: A.B — K.A yar+ 2=44+2=:46sm yoki A.B-K.A yar+4=44+4=48sm Bel A yar va BK A yarmiga ham shu qo’shimcha haq qo’shiladi.

Yangi mavzuni mustahkamlash:


Yangi mavzuni “lato” o’yini orqali mustahkamlab olamiz.

Mehnat darslarida topishmoqlardan foydalanish o’quvchi yoshlami fikrlash doirasini kengaytirishga hizmat qiladi va shu bilan birga ushbu metod o’quvchilaming intiluvchanligi tirishqoqligi va qiziquvchanligini oshiradi.

1. Sakrab sakrab yuradi Izigaip uradi (nina)
2. Har bir ishni birlashib bajarar Bajarar ikki o’rtoq
O’rtaga tushganlami Ahvoli bo’lar chatoq. (qaychi)
3. Bir chuqurda ming o’ra (angishvona)
4. Tangadek silliq yuzi

Border ikki to’rt ko’zi


Issiq sovuqqa qalqon
Ogoh etib u har on
Bo’lma der yoqa vayron (tugma)
O’quvchilarni baholash Uyga vazifa berisfa
Har bir o’quvchi o’z o’lchavuni aniqlab jadvalga yozib kelish.
Yüklə 15,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin