MAVZU: O’qituvchining irodasi,sabr-toqati,maqsadga intilish va boshqa ta’sir o’tkazish qobiliyatlari Reja:
Pedagogik qobiliyot haqida tushuncha va pedagogik qobiliyatning turlari.
O’qituvchi irodasi, sabr-toqati, uning o’z-o’zini iroda qilishi hamda boshqalarga ta‘sir o’tqaza olish qobiliyati.
Qobiliyat va zexn. O’qituvchi o’z qobiliyatini rivojlantirib borishi.
Pedagogik qobiliyat haqida tushuncha va pedagogik qobiliyatning turlari.SHaxsning muayyan faoliyatini muvaffakkiyatli egallashi, shuningdek uni ijodiy ravishda amalga oshirishning shartlari xisoblangan xususiyatlariga qobiliyat deb ataladi. Har bir inson takrorlanmaydigan individ bo’lib, uni muayyan faoliyat turiga layokatli kiluvchi omil kishining o’z xususiyatidir. Ishdagi muvaffakkiyat ko’p jixatdan uning qobiliyati bilan belgilanadi.
Demak, qobiliyat -- shaxsning muayyan faoliyat turini yukori darajada bajarishga bo’lgan layokat darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida xosil qilingan individual xususiyatlar yigindisi xisoblanadi.
Masalan, qobiliyatli o’qituvchi bir xil ish sharoitlarida o’z hamkasblariga karaganda yaxshirok natijaga erishadi. Biz ko’pincha, falon o’qituvchining xali tajribasi kam, lekin u shubxasiz, qobiliyatli o’qituvchi, degan iboralarni eshitamiz. Bu usha o’qituvchining xali kam tajribasi bo’lishiga karamasdan o’qituvchilik ishini muvaffakkiyatli olib borishga yordam beradigan bir kancha pedagogik qobiliyatlar (ko’zatuvchanlik, pedagogik nazokat, muomalaga) ega ekanligidan darak beradi.
O’qituvchilik faoliyatida muvaffakkiyatli ishlash uchun har bir o’qituvchi -- pedagogik mahoratga ega bo’lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mexnat sarf kilib, katta natijaga erishadi, o’z ishining natijasi bilan yangiliklar yaratadi. Ijodkorlik hamisha uning hamroxi bo’ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste‘dodli kishigina loyik bo’ladi va pedagogik mahoratga erishadi.
Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq kiladi. Malaka va uddaburonlik mashk va ukish natijasi xisoblansa, qobiliyatni rivojlantirish uchun esa yana iste‘dod va zexn, inson nerv sistemasida anatomiya va fiziologiyaga oid xususiyat tarakkiy etadi.
Kishi qobiliyati ikkita asosiy to’rga bulinadi:
Maxsus qobiliyatlar;
Umumiy qobiliyatlar.
Pedagoglik faoliyatining samarali bo’lishi uchun o’qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bulmogi va uni rivojlantirilib borilmogi lozim.
Bilish qobiliyati – fanning tegishli soxalariga oid (matematika, fizika, adabiyot va bashqalarga oid) qobiliyatlar. Bunday qobiliyatlarga ega o’qituvchi fanni o’quv ko’rsi xajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurrok biladi. O’z fani soxasidagi kashfiyotlarni hamisha ko’zatib boradi, unga nixoyatda qiziqadi, ayrim tadkikot ishlarini ham bajaradi.
Tushuntira olish qobiliyati – o’quv materialini o’quvchilarga tushunarli kilib bayon eta olish, material yoki problemani anik, tushunarli kilib gapirib berish, o’quvchilarda mustakil ravishda aktiv fikrlashga qiziqish uygotish qobiliyati. O’qituvchi zarur hollarda o’quv materialini o’zgartira olishi, soddalashtira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noanik narsani tushunarli kilib o’quvchilarga yetkaza olishi lozim. Qobiliyatli o’qituvchi o’quvchilarning bilim va kamolot darajasini xisobga oladi, ularning nimani bilishlari-yu, nimani bilmasliklarini, nimani unutib qo’yganliklarini tasavvur etadi. Ba‘zi o’qituvchilarga, ayniksa, tajribasi kam o’qituvchilarga o’quv materiali oddiy, tushunarli, aloxida izoxni talab etmaydigan tuyuladi. Qobiliyatli, tajribali o’qituvchi o’zini o’quvchi o’rniga qo’yadi. U kattalarga anik va tushunarli bo’lgan narsani o’quvchilarga tushunilishi qiyin bir narsa bo’lishi mumkinligiga ishonib, unga asoslanib ish tutadi.
Ko’zatuvchanlik qobiliyati – o’quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o’quvchi shaxsini juda yaxshi tushuna olish, psixik qobiliyatlarni ko’zata olish qobiliyati. Bunday o’qituvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta bulmagan tashki belgilar asosida, o’quvchining ruhiyatidagi ko’z ilgamas o’zgarishlarni ham faxmlab oladi.
Nutk qobiliyati – nutk yordamida, shuningdek, imo – ishora vositasida o’z fikr hamda xis – tuygularini anik va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o’qituvchilik qobiliyati uchun juda muxim.
Tashkilotchilik qobiliyati – birinchidan, o’quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muxim vazifalarni xal etishda ruhlantirishni, ikkinchidan, o’z ishini to’g’ri uyushtirishni nazarda tutadi.
Obru orttira olish qobiliyati – o’quvchilarga bevosita emotsional – irodaviy ta‘sir ko’rsatish va shu asosda obru kozona olishdir. Obru faqat shu asosda emas, balki o’qituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatliligi va bashqa asosida ham kozonadi. Bu qobiliyat o’qituvchi shaxsiy sifat bir majmuasiga, xususan, irodaviy sifatlariga (dadilligi, chidamliligi, kat‘iyligi, talabchanligi va bashqalarga) o’quvchilarga ta‘lim – tarbiya berish mas‘uliyatini xis etishga ham bog’liqdir. O’quvchilar ko’pollik kilmaydigan, ko’rkitmaydigan, to’g’ri talab kuya oladigan o’qituvchilarni juda xurmat kiladilar. Bushang, lakma, irodasiz, printsipsiz o’qituvchilarni bolalar yoktirmaydilar. Bolalar bilan to’g’ri muomala kila olish, bolalar bilan dustlasha olish, ular bilan samimiy munosabat urnata olish pedagogik nazokatning mavjudligidan darak beradi.
Kelajakni ko’ra bilish qobiliyati – o’z harakatlarining oqibatini ko’ra bilish, o’quvchining kelajakda qanday odam bo’lishini tasavvur qilishda. Bolani kelgusida qanday qobiliyatlarini rivojlantirsa, qanday kasb egasi bo’lib chikishi oldindan bashorat kilib aytishda ( pedagogik diagnostika).
Dikkatning taksimlay olish qobiliyati – o’qituvchi uchun dikkatning barcha xususiyatlari – xajmi, kuchi, kuchuvchanligi, idora kila olishi, safarbarli tarakkiy etgan bo’lishi juda muximdir.
Kommunikativ qobiliyat – kishilar bilan bo’ladigan munosabatni yaxshilaydigan, bir – biri bilan til topib ishlashni ta‘minlaydigan qobiliyat. Bundan tashkari, konstruktiv - o’qituvchining o’z ishini loyixalashi, rejalashtirishi, pertseptiv – idrok jarayonining ob‘ektlarini birinchi bo’lib bilib olish va uni xotira obrazlari bilan solishtirish, empatiya – bashqa kishilarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik qilish, didaktik qobiliyat – o’quvchi va bashqa kishilar bilan mulokat qilishda pedagogikaning qonun – koidalariga amal qilish kabi qobiliyatlar ham mavjud.
O’qituvchi yukorida sanab utilgan qobiliyatlardan tashkari bir kancha ijobiy sifatlarga, anik maksadni ko’zlash, kat‘iylik, mexnatsevarlik, kamtarlik kabilarga ega bo’lgandagina pedagogik kasbning yukori pogonasiga kutarila oladi.