1. Dj Xiksning daromad haqidagi ta’limoti mhtdagi daromad ko’rsatkichlari



Yüklə 221,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix23.06.2023
ölçüsü221,44 Kb.
#134570
1   2   3
1. Dj Xiksning daromad haqidagi ta’limoti mhtdagi daromad ko’rsa

Birlamchi daromad bu - institutsion birliklarning boshqa birliklarning iqtisodiy
faoliyatida bevosita va bilvosita (moliyaviy va ishlab chiqarilmagan aktivlari bilan)
qatnashganliklari natijasida ega bo’ladigan daromadlaridir. 
Mehnat haqi uy xo’jaligi sektorining birlamchi daromadi hisoblanadi. 


Mahsulot uchun soliqlar rezident birliklar tovar yoki xizmatni ishlab 
chiqarganda va uni sotganda mahsulot birligiga nisbatan bevosita va yashirin 
to’lanishi lozim bo’lgan (to’langan emas) soliqlar miqdoridan iborat. Ular tarkibiga 
qo’shilgan qiymat, aksiz, mahsulot narhiga ustama va qo’shimchalar va yashirin 
soliqlar kiradi. 
Mahsulot uchun subsidiyalar rezident birliklariga davlat byudjeti tomonidan 
tovar yoki xizmatni ishlab chiqarganda yoki uni sotganda mahsulot birligiga 
nisbatan bevosita va yashirin to’lanishi lozim bo’lgan (to’langan emas) 
subsidiyalar miqdoridan iborat. 
Sof foyda nomoliya, moliya, davlat boshqaruv idoralari va uy xo’jaligiga xizmat 
ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlarning birlamchi daromadi hisoblanadi. 
Mulk uchun daromad deganda, - institutsion birliklarning boshqa birliklar 
iqtisodiy faoliyatida o’zlariga tegishli bo’lgan moliyaviy va ishlab chiqarilmagan 
aktivlari bilan qatnashganliklari natijasida ega bo’ladigan daromadlarini 
tushunamiz.
Transfertlar - bir tomonlama iqtisodiy operatsiyalardan iborat. Bu 
operatsiyalar orqali bir institutsion birlikning boshqa institutsion birliklarga tovar 
va xizmatlarni, moliyaviy va nomoliyaviy aktivlarni, egalik huquqini bepul berish 
jarayonlari aks ettiriladi. 
Transfertlar pul va natura holatida berilishi mumkin. Pul holatidagi 
transfertlar bir birlikning ikkinchi birlikka naqd pul yoki hisob raqamiga pul 
o’tkazish yo’li bilan bergan pul miqdoridan iborat. Natura holatidagi transfertlar 
deganda, bir birlikning ikkinchi birlikka evaziga hech narsa olmay, tovar va 
aktivlarni berish, hamda xizmatlarni ko’rsatish jarayoni tushuniladi. 

Yüklə 221,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin