1. Dostonning o’rganilish tarixi Arabcha so’zlar – hamd g’oyasi va badiiyati asosi



Yüklə 59,37 Kb.
səhifə8/17
tarix02.01.2022
ölçüsü59,37 Kb.
#47056
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Dostonning ovvv

Bayat rahmati erdi xalqi uza

Qilinchi silig erdi qilqi tuza

Tuzun erdi alchaq qilinchi silig

Ovutlug’ bag’irsaq aqi keng alig38

U Xudoning xalq uzra yuborgan rahmati edi,

Fe’l-atvori muloyim, xulqi xush edi.

Muloyim, yumshoq tabiatli, xushfe’l (edi),

Andishali, mehribon, saxovatli, ochiq qo’l (edi).39

Ushbu o’rinda arabcha kalimalardan rahmat so’zi ishlatilib, bu kalom Payg’ambarimiz (s.a.v.)ning sifatlaridan biri sifatida qo’llangan. “Rahmat” lafzi “shafqat”, “marhamat”, “mehribonlik”; “achinish” tushunchalari bilan izohlanadi. Shoirning g’oyaviy-badiiy maqsadini ko’rib chiqamiz. Jamiki insoniyatning eng sharaflisi bo’lgan Payg’ambarimiz (s.a.v.) Allohning yaratiqlari ustiga yuborgan rahmati edi. O’zining hamida axloqi, halim tabiati, husn-u xulqi, muloyim kelbati, yumshoq muomalasi, chiroyli andishasi, beta’ma saxovati, odamoxunligi, dilrabo so’zlari, purma’no fikrlari bilan o’z ortidan insonlarni ergashtira oldi. Nabiylik va rosullik sharafiga ega bo’lgan shaxs, darhaqiqat, mana shunday komillik sifatlari bilan burkanmog’i zarur edi. U muborak zotning hali nubuvvat kelmasdanoq arablar orasida “Sodiq ul-amin” nisbasini olishi ushbu xislatlarning hayot tajribasi orqali erishilmaganidan, balki ruhoniyatida mavjudligidan dalolat berib turadi.

Payg’ambarlar sayyidi (s.a.v.) nafaqat musulmonlar uchun, balki dinimiz dushmanlari bo’lgan mushriklar uchun ham mehribon, rahmdil, yaxshilik istovchi edilar. Ushbu birgina hadisning o’zi ham Islom dini insonlar hayotiga hududlar fathi bilan emas, qalblar fathi bilan kirib kelganini, shu orqali bir ming to’rt yuz ellik yildan ortiq vaqt mobaynida yashab kelayotganini ko’rsatadi. O’ldirish qasdida yurgan dushmanlariga ham yaxshilik istovchi go’zal axloq egasi qanday qilib kishilarning eng sarasi va eng yaxshisi bo’lmasligi mumkin?!

Sarvari koinot (s.a.v.) umrlarining so’nggida, jon chiqar vaqtida pichirlardilar. Ali (r.a.) nimani so’zlayotganliklarini bilish uchun quloq tutganda “ummatim, ummatim” deyotgan ekanlar. Butun umri davomida faqat ummatlarining saodatini tilab yashagan Habibimiz (s.a.v.) bu yo’lda o’zida bor bo’lgan hamma narsasidan: oilasidan, tinchligidan, boyligidan, sog’ligidan, halovatdan, jonidan voz kechdi. Ijodkorning ushbu misralarida ham bu g’oya o’z ifodasini topgan:




Yüklə 59,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin