Do’rud ul o’dirmish rasulqa salam
Yema eshlarika salam ham ulam46
Saylangan rasulga durud (va) salom(lar)
Shuningdek, chahoryorlarga ham cheksiz salom(lar47)
“Rasul” – “elchi” degani. Alloh taolo tomonidan gunohkor bandalarini zalolatdan hidoyatga chorlash uchun yuborilgan haq payg’ambarlarga nisbatan rasul va nabiy nisbalari ishlatiladi. Parvardigor o’z marhamatidan qaysiki payg’ambarga ilohiy kitob yoki sahifalar nozil qilgan bo’lsa, bunday payg’ambar rasul darajasiga, kitob yuborilmasdan faqat vahiy orqali muloqot qilingan bo’lsa nabiylik sharafiga sazovor bo’lgan. Odam (a.s.), Shis (a.s.), Idris (a.s.)larga sahifalar nozil bo’lgan bo’lsa, Dovud (a.s.), Muso (a.s.), Iso (a.s.) hamda Muhammad (s.a.v.)larga muqaddas kitoblar rohmat va rohiym sifatida yuborilgan. Ya’ni ular ham rasullik, ham nabiylik maqomiga musharraf bo’lganlar. Mana shundan kelib chiqqan holda Yusuf Xos Hojib ham o’z asarida payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga nisbatan ham rasul, ham nabiy nisbatlarini qo’llagan. Biroq,
Dostları ilə paylaş: |