1. Dostonning o’rganilish tarixi Arabcha so’zlar – hamd g’oyasi va badiiyati asosi



Yüklə 59,37 Kb.
səhifə13/17
tarix02.01.2022
ölçüsü59,37 Kb.
#47056
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Dostonning ovvv

Kunun yemadi ko’r, tunun yatmadi

Seni quldi Rabbda adin qulmadi

Seni quldi tun kun bu emgak bila

Ani o’g sen emdi sevunchin tila48

Kunduzlari yemadi, ko’rgin, kechalari yotmadi,

Rabbdan (faqat) seni so’radi, bo’lakni so’ramadi.

Tun-u kun bunday tashvishlar bilan seni(gina) so’radi.

Sen endi uni hamd et, sevinchini tila.49

“Rabb” so’zi “Alloh”, “Xudo”, “Tangri”, “Parvardigor” so’zlari bilan ma’nodosh bo’lgan, arab tilidan o’zlasgan ekvivalentdir.

Har bir payg’ambarga so’zsiz ijobat bo’ladigan maxsus duo qilish sharafi berilgan. Muhammad Mustafo (s.a.v.)ning Fotima onamizdan boshqa hamma farzandlari o’zi tirikligidayoq olamdan o’tadi, ularning har birini o’z qo’li bilan dafn etadi. Alloh Payg’ambarimiz (s.a.v.)ga oltmishdan oshganida yana bir o’g’il ato qiladi. Unga Ibrohim deb ism qo’yadi. Bola go’dakligidayoq o’lim soati yaqinlashadi. Muhri nubuvvat Nabiyyimiz (s.a.v.) bilan xotima topishligi uchun o’g’il farzand voris qolmasligi kerak edi. Bu ummatning kelajakda tafriqaga bo’linib ketishiga olib kelardi. Shuning uchun, Rosulimiz (s.a.v.) oldida ikki yo’ldan biri – yo ummatni, yo farzandni tanlash turardi. O’n sakkiz ming olamning yaralishiga sababchi bo’lgan inson (s.a.v.) mana shu o’rinda payg’ambarlarga berilgan bir martalik duo qilish imkoniyatini ishlatib, yosh go’dak o’g’lini saqlab qolishi mumkin edi. Lekin, Habibimiz (s.a.v.) ushbu duoni Qiyomat kuniga, gunohkor ummatlarini shafoat qilib, jannatga olib kirishlik uchun saqlab qo’ydi. Butun umri davomida biz, ummatlarini deb yashadi:


Yüklə 59,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin