1. Dostonning o’rganilish tarixi Arabcha so’zlar – hamd g’oyasi va badiiyati asosi



Yüklə 59,37 Kb.
səhifə15/17
tarix02.01.2022
ölçüsü59,37 Kb.
#47056
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Dostonning ovvv

k-raviy

2. Ta‟sisli muqayyad qofiya uchramaydi.

3. Ta‟sis va daxilli muqayyad qofiya:

Avurtasi ezgu kishi tut, orig„,

O„g„ul-qiz arig„ ko„pg„a, turg„a forig„.

Murabbiyni yaxshi kishilardan olgin,

O‘g‘il-qiz pok o‘sadi, (nomatlub ishlardan) forig‘ turadi.

4. Radifi asliyli muqayyad qofiya:

Ey elig, bu nafsing yag„ila qatig„,

Tilakini berma, yeturma tatig„.



Ey elig, bu nafsingga (qarshi) shiddatli jang qil,

Tilagini berma, halovat yedirma.

g„-raviy, i-radifi asl

5. Radfi mufratli muqayyad qofiya:

Esizlar esizliklarini esmasa,

Sen esma, qinin berka tutg„il basa.

Yomonlar yomonliklarini kamaytirmasa(lar)

Sen (ham) azob (berish)ni kamaytirma, yana qamchini tutgin.



a-raviy, s-radifi mufrad

asarda boshqa turdagi qofiyalar ham mavjud.

Tekshirishlar shuni ko„rsatadiki, «Qutdag„u bilig``da klassik qofiya tipini 16 turi boshqalarga qaraganda faol qo„llangan.``Qutadg„u bilig”dagi bu faktni Alisher Navoiyning «Sabbai sayyor`` dostoni hamda H.Olimjonning «Zaynab va Omon`` dostonlari qofiyalari bilan solishtirsak, turkiy adabiyotda klassik qofiya tiplardan 16 tasidan kengroq foydalanilganligini ko„rish mumkin. Bulardan beshtasi, muqayyad qofiya va 11 tasi mutlaq qofiya turlaridandir. (Muqayyad qofiyadan: muqayadi mujarrad, dahilli, radfi mufradli, radfi murakkabli, qaydli muqayyad, mutlaq qofiyadan mutlaqi mujallad, radfi mufratli qaydli hurujli, radfi murad va hurujli, qayd va hurujli, mazidli, radfi mufrad va mazidli noyirali, radfi mufrad va noirali, radfi asliy va noyirali mutlaq qofiya).

Shu o„rinda radfi asliyli qofiyaning boshqalarga qaraganda eng ko„p qo„llanganiga sabab nima degan haqli savol tug„ilishi tabiiydir. Ma‟lumki,``Qutadg„u bilig” aruz vazning mutaqoribi musammani maqsur (solim va maxzuf turlari ham bor) baxrida yozilgan bo„lib uning paradigmasi v--v--v--v- (fauvlun fauvlun fauvlun faul)dir. Damak, vazning har bir rukni cho„ziq bo„g„in bilan tugashi shart, bu o„z-o„zidan (radifli va mutlaq qofiyalarni hisobga olmaganda) muqayyad qofiyaning raviysi oldida kelgan unli cho„ziq bo„lishi taqozo qiladi. Mana shu fonetik sharoit asar qofiya sistemasi tarkibida radfi asliyli qofiyalar salmog„ini oshirishga sabab bo„lgan.

IV. Qofiyaning yana bir maxsus turi borki, u ham she‟rning tovush tarkibiga, emotsional ta‟sirchanligiga katta kuch bag„ishlaydi. Sharqda uni qofiyayi hojibdor deyishadi. Shu o„rinda atamani tushunishga bir oz aniqlik kiritishga to„g„ri keladi. Turkiy she‟riyat qonuniyatlarini o„rgangan M.Hamroyev o„zining «Uyg„ur klassik va xozirgi zamon she‟riyatida qofiya`` degan asarida hojibni radif bilan shuningdek, ichki qofiya va anaforalar bilan qorishtirib yuborgan. Buni filologiya fanlari kondidati V.Rahmonov o„z vaqtida ko„rsatgan edi. Vaholanki, radif qofiyadan keyin takrorlanib keluvchi, ma‟lum misra yoki bandlar doirasida

45


qo„llanuvchi figura. Hojib ham she‟r ohangdorligi va emotsional quvvatini oshiruvchi element, ammo u qofiyadan oldin keladi. Atamaninglug„aviy ma‟nosi ham shuni taqazo qiladi: hojib-parda demakdir, ya‟ni qofiya va misraning boshqa so„zlari o„rtasigi aloqani ta‟minlovchi o„ziga xos poetik bo„lakdir.

Dostonda bunday qofiyalar ancha keng ishlatilgan. Hojibli qofiyalarni qo„llashda alohida mahorat ko„rsatilgan.hojib sifatida tub va yasama, sodda va qo„shma so„zlar, so„z birikmalaridan ham keng foydalanilgan, xatto ko„makchi, bog„lovchi va undovlarning ham shu vazifasida kelganligini ko„rish mumkin.

O„zung sizg„urursa o„g„ul-qiz tegu,

Bu emgag biligli o„g„ul-qiz qayu.



O‘g‘il-qiz deb o‘zingni ko‘ydirasan,

Bu mehnatni biluvchi o‘g‘il-qiz qani?!

Keltirilgan faktlardan ko„rinib turibdiki, yuqoridagi vositalar bilan shoir qofiya koeffetsentini eng oxirgi nuqtasigacha oshirishga erishgan. U qancha yuqorilashsa, baytning ritmik ohangdorligi va undagi lirizm ham shuncha ko„tariladi. Bu esa asardagi didaktik ruhning kitobxonga yetkazishda juda katta ta‟sir kuchini ko`rsatadi.




Yüklə 59,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin