1. Ekalogiya haqida umumiy tushuncha. Ekalogik madaniyat nima



Yüklə 25,74 Kb.
səhifə2/3
tarix21.06.2023
ölçüsü25,74 Kb.
#133430
növüReferat
1   2   3
REFERAT. Ekalogik madaniyatning o\'ziga xosligi.

XULOSA
Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, mamlakimizning har bir fuqarosi ekotizimning yaxshilanishiga munosib hissa qo‘shish uchun ekologik qoidalarga qat’iy amal qilsagina, kelajak avlod uchun ulkan tabiiy nemat hadya etgan bo‘lamiz.
Sobiq sovet davrida qishloq xo'jaligida suvni tejash texnalogiyalarini joriy etish o'rniga xosil olish maydonlarini kengaytrib borildi.Yersug'orishda qadimdan qolgan eski sug'orish texnikasidan foydalanildi.Bu esa suvni haddan tashqari isrof bo'lishiga olib keldi.Dengizdan tonna-tonna baliq ovlandi. Orol bo'yida yashovchi keksa baliq ovlovchi,orol dengizidan 500kg dan ziyod balikni bir kunda ovlagani haqida eslab o'tgandi.Bir kuni tongda dengizga qarasa u ancha uzoqlashganini,to'riga o'lik baliqlar to'lib chiqqanini,suvga

tushganida esa butun tanasi oppoq tuz bilan qoplangani haqida aytilgan edi.5Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev orol bo'yiga qayta jon baxsh etish ,muvozanatni tiklash yo'lida ko'pgina ishlar amalga oshirmoqda.Mo'ynoq hududiga toza ichimlik suvini borishi,orol atrofiga yantoqlarni ekilishi .. .tabiatni qayta tiklash yo'lida amalga oshirilayotgan ishlarga misol. Orol dengizining zaharli tuzlari Antarktida sohillarida,Grelandiya muzliklarida, Norvegiya o'rmonlarida va yer kurrasining ko'plab joylaridan topilgannini olimlar aniqlashgan. Shuni o'zi ham orol dengizi qurishi Global muammo ekanligini ko'rsatadi. Keksa sobiq baliqchi kabi tongda turib biz ham tabiatimizni tanib bo'lmas holatda ko'rmaslik uchun ,hozirdan tabiatimizni atrof muhitni asrashimiz tabiiy resurslardan oqlona, meyorida foydalanishimiz kerak. Yerga bitta nihol ekishimiz ham tabiatga bo'lgan foydamizdir.


Ekologik partiyaning maqsadlaridan biri: "-Ekologik toza chiqindilarsiz texnalogiyalar innovatsion yechimlarni ekologik sohasida joriy etishga ko'maklashish." Zavodlardan chiqadigan zaharli gazlarni, tutunlarni miqdorini kamaytirish va bu zaxarli moddalarni zararini kamaytiruvchi innovatsion mashinalarni ishlab chiqarishga undash.Chiqindilarni qayta ishlovchi g'oyalarni ishlab chiqish,amaliyotga tadbiq etish va bu g'oyalarni qo'llab quvvatlash ko'zda tutiladi. Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish lozimki tabiatni asrash va loyihalarda ishtrok etish, faqatgina partiyaning ishi emas.Buning uchun butun jamiyat fuqarolar birga kurashmog'i lozim. Tabiatni biz asrasak,tabiat bizni asraydi.



Yüklə 25,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin