O‘simlik va hayvon turlarini davlat muhofazasiga olish qonunlar orqali ovchilikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, shuningdek qo‘riqxonalar, milliy bogiar, botanika bog‘lari hamda «Qizil kitob» lar o‘simlik va hayvon turlarini saqlashda katta rol o‘ynaydi.
Mintaqaviy ekologik muammolar. Yer yuzasining muayyan mintaqasi o‘ziga xos tabiiy - iqlim, ijtimoiy, ekologik, etnografik xususiyatlari uni tabiat bilan inson o‘rtasidagi o‘zaro aloqa munosabatlari xarakterini belgilab beradi. Mintaqaviy ekologik muammolarga barham berishning me’zoni havo va suvning ifloslanishi, belgilangan miqdordan oshib ketishi, oimonlarda daraxtlarni kesish va boshqalar hisoblanadi.
Markaziy Osiyodagi mintaqaviy ekologik muammolardan eng muhimi Orol va Orol bo‘yi ekologik muammosidir. Orol dengizi yaqin vaqtlargacha dunyodagi eng yirik dengizlardan biri hisoblangan. U muhim baliqchilik, ovchilik, transport va reaksion ahamiyatga ega edi. Sug‘oriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida, shuningdek qurg‘oqchilik yillari Amudaiyo va Sirdaryoning suv quyishi 1970-yilga kelib 37,8 km, 1980-yilda esa 11,1 km3 ga kamayib ketdi. 80-yillaming boshlarida ushbu daryolarning dengizga quyilishi butunlay to‘xtadi.
Suvning sho‘rlanish darajasi 9-10 g/1 dan 34-37 g/1 gacha ortdi. Hozirgi kunda dengiz sathining yillik o‘rtacha pasayishi 80-110 sm. Orolning qurigan tubi yirik chang-to‘zon makoniga aylandi. Aholi ichadigan suv pestitsidlar bilan ifloslangan, keyingi 10 yil ichida oiish ikki marta ortgan. Bolalar oiim i 1000 kishi hisobiga 45-90 taga to‘g‘ri keladi. Ayollarning 80% dan ortig‘i kamqonlik xastaligiga mubtalo boigan. Bolalaming 90% ida siydigida tuzlar miqdori ortib ketgan. Yuqumli kasalliklar tez-tez takrorlanib turadi.
Orol va Orol bo‘yida murakkab ekologik muammolar majmuyi shakllangan boiib, kelib chiqishi va oqibati darajasi jihatidan davlatlararo xarakterga ega.
Kelajakda ushbu mintaqaviy muammoni hal etilishi Markaziy Osiyoning ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy ahvoli, shuningdek demografik holati, sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holati va mahsuldorligini oshirish, aholini ichimlik suv bilan ta’minlash kabilar bilan bogiiq.
0 ‘zbekistondagi ekologik muammolar. Bugungi kunda Mustaqil 0 ‘zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa boiib, kelajakda dunyoga yuz tutgan mashinasozlik, energetik, kimyo, oziq-ovqat sanoati, transport majmuyini yanada rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda. Holbuki, ishlab chiqaruvchi kuchlaming rivojlanishi Respublikada ijtimoiy ekotizimlarning holatiga muayyan darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Respublikada keskin boiib turgan ekologik va tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar quyidagilar:
1. Yirik hududiy-sanoat majmualari joylashgan rayonlarda (Angren, Olmaliq, Chirchiq, Farg‘ona, Margilon, Navoiy va hokazo)tabiatni muhofaza qilish muammolari.
2. Orol va Orol bo‘yi muammolari, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan maqbul tarzda foydalanish.
3. Agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar.
4. Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari, pestitsidlar va mineral o‘g‘itlar bilan ifloslanishi.
5. 0 ‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza hamda qayta tiklash muammolari, qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar tarmog‘ini kengaytirish.
Yuqorida keltirilgan muammolarni e’tiborga olib, Respublikada noqulay ekologik vaziyat yuzaga kelgan tuman va hududlami aniqlab, ishlab chiqaruvchi kuchlami joylashtirish va rivojlantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.