1. Ekologiyada muhit tushunchasi Moslashish Ekologik omillar va ularning tasnifi



Yüklə 20,19 Kb.
tarix01.06.2023
ölçüsü20,19 Kb.
#121818
növüReferat
REFERAT.Muhitga organimning moslashishi.


REFERAT
MAVZU:MUHIT VA EKOLOGIK OMILLAR. MUHITGA ORGANIZMLARNING MOSLASHISHI.

REJA:
1. Ekologiyada muhit tushunchasi
2. Moslashish
3. Ekologik omillar va ularning tasnifi
4.Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta‘siri

Ekologiyada muhit tushunchasi. Havo muhiti


Muhit – hamisha har xil elementlarning murakkab kompleksidir.


Sayoramizda tirik organizmlar bir-birlaridan keskin farq qiluvchi o’ziga xos to’rtta muhitda tarqalgan ekan, ular ana shu muhitlarga xos moslanishlar hosil qilgan.
Sayoramizda tirik organizmlar bir-birlaridan keskin farq qiluvchi o’ziga xos to’rtta muhitda tarqalgan ekan, ular ana shu muhitlarga xos moslanishlar hosil qilgan.
Organizmlarni ma’lum muhitga yashashga moslashishi adaptastiya deyiladi.
Moslanish asosan uch xil ko’rinishda bo’ladi.
Morfologik moslashish: Organizmlar tana, gavda tuzilishi {shakli} moslashishi masalan. Gidrobiontlar tanasining suv qarshiligini engishiga moslashish va hokazo.
Fiziologik moslashish: Organlar funkstiyasini moslashishi masalan. Cho’lda yashovchi hayvonlarda suvga bo’lgan tanqislikni qondirish uchun yog’larning biokimyobiy oksidlanishidan foydalanish.
Xulqiy-etologik moslashish: Xatti-harakat, xulqi moslashishi masalan. Tashqi muhit bilan hayvon tanasi o’rtasida normal issiq almashinuvi uchun uya qurish, qulay haroratli joyni izlab topish, qushlar, sut emizuvchilar va hokazolarning mavsumiy ko’chishi.
THE CURRICULUM
Saturn is a gas giant, composed mostly of hydrogen and helium
Despite being red, Mars is actually a cold place full of iron oxide dust
Mercury is the closest planet to the Sun and the smallest one in the Solar System

Muhitning organizmlar bilan o’zaro ta’sir etadigan ayrim elementlari ekologik omillar deyiladi. Ekologik omillar juda xilma-xil. Muhitning ekologik omillari organizmlarga bevosita va bilvosita ta’sir qiladi. Ekologik omillarni ta’riflashda rus olimlari D.N.Kashkarov {1933}, V.V.Alyoxin {1950} xizmatlari katta.


Ekologik omillar o’z tabiatiga ko’ra qo’yidagi guruhlarga bo’linadi.
Abiotik omillar {olik}: ularga quruqlik biostenozlarida qo’yidagilar kiradi:
1) iqlim omillari - yorug’lik, namlik,harorat, havo va hokazo.
2) Edafik {yoki tuproq grunt} tuproqning ximiyaviy va fizik xossallari.
3) Topografik {relef sharoiti}.
Biotik omillar {tirik}ikki guruhga.
1.Fitogen – birgalikda yashayotgan o’simliklarning bir-biriga ta’siri.
2.Zoogen-hayvonlarning {oziqlanishi, payhon qilishi,changlanishi, tarqatish.
3.Mikrobiogen va mikogen: mikroorganizmlar va zamburug’larning ta’siri.

Antropogen omil: Insoning xo’jalik yuritish faoliyati, mehnat vositalari, zavod, fabrika, shahar, qishloq, turli-tuman inshootlar, texnika vositalari, madaniy landshaftlar va hokazo.


Muhitning ayni bir faktori har xil organizmlar uchun turlicha ta’sir etadi va ahamiyatga ega. Masalan: Suv pardasining sirt tortishish kuchi suvdagi mayda qisqichbaqalar {dafniya, stiklonlar } uchun xavfli, chunki ular bu kuchga bardosh bera olmaydi, chunki ular suv sathiga yopishib qoladi. Suv qandalalari esa bemalol so’zib yuraveradi.

Har qaysi faktorning organizmga ta’sir etish darajasi uning dozasi (normasi) ga bog’liq. Faktorning yashash mumkin bo’lgan minimal va maksimal ahamiyati organizmning chidamlilik chegarasini belgilaydi. Har bir turning turli faktorlarga o’ziga xos chidamlilik chegarasi bor.


Faktorning organizmga eng qo’lay ta’sir etadigan chegarasi OPTIMUM zona deyiladi.


M: Rif hosil qiluvchi marjon poliplar faqat +20-300 doirasida yashaydi. Tilogoch esa yakutiada 69-350 C t da yashaydi. Fil,oq ayiq va hokazo


Optimum faktorning ko’payishi yoki kamayishi o’zgarganda individlarning hayot faoliyati o’zgaradi, yomonlashadi.Eng ko’p ta’sirida organizmlar nobud bo’ladi. Bu esa pessimum deyiladi.


Organizmlarning optimum va pessimum zona orasidagi chegarasi muhit faktoriga ekologik valentligi deb ataladi.


Agar faktorlardan loaqal bittasining miqdor qiymati chidamlilik chegarasidan tashqarisiga chiqsa, qolgan sharoit har qancha qo’lay bo’lgani bilan tur yashay olmaydi.

Maksimum va minimum chegarasidan chiqadigan bunday faktorlar cheklovchi faktorlar deyiladi.M:Shimolda issiq etishmasligi, odatda ko’pgina hayvonlarni tarqalishini cheklaydi yoki dengiz suvining o’ta sho’rligi amfibiyalarning tarqalishini chegaralaydi.


Muhit tushunchasi fanda turli ma‘nolarni anglatadi. Bular ekologik, geografik, fizik, falsafiy, ijtimoiy va boshqalar. Ekologiyada muhit deb tirik organizmni o‘rab turgan fizik qurshovga aytiladi. Muhit tevarak-atrofdagi o‘zaro bog‘lanishlardagi shart-sharoitlar va ta‘sirlar majmuyidir.
Odatda tabiiy va sun‘iy muhitlar farqlanadi. Tabiiy muhitni suv, quyosh, shamol, havo, yer, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmuyi tashkil etadi. Sun‘iy muhit inson tomonidan yaratilgan bo‘lib, bunda insonning mehnat mahsuli yotadi. Tabiiy va sun‘iy muhitlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Ularning bog‘liqligini ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi. Ekologik muhit tabiiy va sun‘iy atrof-muhit bo‘lib, tirik mavjudotlar subyekt va obyekt ta‘sirlar sifatida qatnashib, ta‘sirlar soni esa tevarak-atrofni saqlab qolish yoki xavf solish sharoitini keltirib chiqaradi. Ekologik muhit muayyan ekologik tizim hisoblanib, uni tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy qismlarga ajratish mumkin.
Tabiiy ekotizim yoki ekosfera hayotni rivojlanishiga imkon beradigan yerning tavsifi va abiotik jismlarning majmuyidan iborat. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim esa insonning atrof-muhitga (jonsiz va jonli tabiatga) bo‘lgan munosabatini ifodalaydi.
Ekologik muhit muvozanatda yoki muvozanat buzilgan holatlarda bo‘ladi.
Tirik organizmlarning hayoti o‘zgarmagan shart-sharoitlar va ta‘sirlar barqaror holatida muvozanat o‘zgarmaydi, aksincha, muhitning shart sharoitlari va ta‘sirlar buzilganda muvozanatsiz holat kelib chiqadi.
Ekologik muhitning buzilishida atmosferaning yer ostki suvlarining ifloslanishi, qattiq chiqindi moddalarning to‘planishi va ozuqalarning zaharlanishi, shovqinlarning ko‘payishi, radioaktiv moddalar va boshqalar ta‘sirini ortib borishida ko‘rinadi. Inson tabiat qonunlarini chuqurroq o‘rganish o‘rniga hayot muhitini tezkorlik bilan buzib ifloslantira boshladi. Tirik organizmlar – to‘rtta asosiy muhitda tarqaladi. Ulardan ikkitasi, ya‘ni suv va havo muhitlari o‘lik, tuproq muhiti oraliq va organizm (muhit sifatida) tirik xususiyatga ega. Har bir hayot muhiti o‘z navbatida organizmlar yashashi uchun turli yashash joylaridan iborat. Masalan suv muhiti quyidagi holatda uchrashi mumkin, chunki sho‘r suv, ko‘lmak va oqar suv, chuqur va sayoz, iliq hamda sovuq va hokazolar. Havo va tuproq ham nihoyatda xilma-xil yashash joylarini tashkil etadi. Tirik organizmlar (o‘simliklar, zamburug‘lar, hayvonlar) ham parazit va simbiontlar uchun muhit sifatida o‘ziga xosdir.
MOSLASHISH
Sayyoramizda tirik organizmlar bir-birlaridan keskin farq qiluvchi o‘ziga xos to‘rtta muhitda tarqalgan ekan, ulardan biri hisoblangan suv muhitida dastlab hayot kelib chiqqan. Keyinchalik tirik organizmlar quruqlikka chiqib, tuproq hosil bolishida qatnashadi va uni egallaydi. Shuningdek, havo va boshqa bir tirik organizmni ichida yoki sirtida ham tarqaladi. Demak, bizga ma‘lum bo‘lgan tirik tabiat va uning tarkibiy qismlari hisoblangan uvoqlilar, zamburug‘lar, o‘simliklar va hayvonlar ana shu muhitlarda yashashga moslashganlar. Xo‘sh, moslashishning o‘zini qanday tushunish kerak?
Moslashish yoki adaptatsiya ayrim individlar, populatsiyalar, tur yoki jamoalarning morfofiziologik xulqiy va axborot biosenotik xususiyatlarining majmuyidan iborat bo‘lib, boshqa individlar, populatsiyalar, tur yoki jamoalar bilan yashash uchun kurashda g‘olib chiqishga sababchi bo‘ladigan, shuningdek, abiotik muhit omillarining ta‘siriga chidamliligini ifodalaydi.
Moslashish turli darajalarda va ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Masalan,harorat omiliga moslashish molekular darajadan boshlab to biosenotik darajagacha kuzatilishi mumkin. Ko‘pchilik o‘simliklar ortiqcha qizib ketishdan saqlanish uchun boshqa o‘simlik turining soyasida o‘sadi. Bu yerda moslashish biosenotik darajada namoyon bo‘lmoqda. Asalarilarning uyalari haddan tashqari qizib ketganda qanotlarini qoqib uyani sovutishi jamoa darajasidagi moslashishga misol bo‘ladi. Hayvonlarning ter bezlari orqali tanasini sovutishi yoki o‘simliklarni transpirasiya yordamida barg yuzasini sovutishi kabilar organizm darajasidagi moslanishlardir. Kuchli yorug‘lik ta‘sirida xloroplastlarning hujayra devori ostida ma‘lum bir tartibda joy olishi hujayra darajasidagi, termofil mikroorganizmlarning oqsillarini yuqori harorat ta‘siriga chidamliligi esa molekular darajadagi moslashish hisoblanadi.
Moslashishning ko‘rinishlari morfologik, fiziologik va xulqiy moslashishlarga ajratiladi.
Morfologik moslashishlarga misol qilib, suv muhitida gidrobiontlarning suvning qarshiligini kesib yurishga mos tana tuzilishi, shuningdek, plankton organizmlarning suvda osilgan holda yashashi kabilar hisoblansa, o‘simliklar dunyosida cho‘l sharoitida minimum suv sarflashga moslashish sifatida barglarning reduksiyalanishi yoki butunlay bo‘lmasligi kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Fiziologik moslanishlarga hayvonlarda ozuqa tarkibiga ko‘ra ovqat hazm qilish tizimida fermentlarning ma‘lum turlarini uchrashi yoki cho‘lda yashovchi hayvonlarning suvga bo‘lgan talabini qondirish uchun yog‘larning biokimyoviy oksidlanishdan foydalanishi kabilar kiradi. O‘simliklarda kuzatiladigan fotosintez jarayoni ham boshqa biokimyoviy jarayonlar atmosferadagi gazlar tarkibiga bog‘liqdir.
Xulqiy yoki ekologik moslashishlar hayvonlar uchun xos bo‘lib, turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Masalan, tashqi muhit bilan hayvon tanasi o‘rtasida normal issiq almashinuvi uchun uya qurish (boshpana topish), qulay sharoitlijoyni izlab topish, shuningdek, qushlar va sut emizuvchilarda sutkalik va mavsumiy ko‘chib yurishlari ma‘lum. Hayvonlar faqat harorat omiliga xulqiy tomondan moslashib qolmay, balki namlik, yorug‘lik va boshqa ko‘pchilik ekologik omillarga ham moslashadi. Xulqiy moslanishlar yirtqichlarning o‘ljani izidan yurish, kuzatish kabilarda hamda o‘ljaning javob reaksiyalarida ko‘rinadi.
Ekologik omillar va ularning tasnifi
Muhit organizmning fizik qobig‘i hisoblanib, har qanday muhit fizik, kimyoviy va boshqa omillarning majmuyi bilan namoyon bo‘ladi. Omil tirik organizmlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘sir etuvchi muhitning ayrim bir tarkibiy qismidir. Shunday qilib, ekologik omilni tirik organizmlar moslashish reaksiyalari orqali javob beradigan har qanday muhitning shart-sharoiti deb qarash kerak.
Ekologik omillar juda xilma-xildir. Shuning uchun ularni tasniflash zarur bo‘ladi. Ekologiyaning tarixidan ma‘lumki, omillarning tasnifi ancha murakkab masalalardan biri hisoblanadi. Tabiatda omillar tirik organizmlarga bir butun yoki birgalikda ta‘sir etadi. Ular ekologik, fiziologik, genetik va hokazolar tarzida ta‘sir etadi. Omillarni tasniflashda ularning xilma-xil ta‘sir etishi emas, balki kelib chiqish manbayiga qarab ajratish lozim. Omilni aniqlashda uni tirik organizmlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va o‘ziga xos ta‘siri muhim ahamiyatga ega.
Ekologik omillarni tasniflashda uning tabiati, harorat, nurlanish, bosim, muhitning reaksiyasi va boshqalar doimo o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. D.N. Qashqarov (1933) omillarni uch guruhga ajratadi: iqlim, edafik va biotik. V.V.Alexin (1950) iqlim, edafik, orografik, biotik, antropogen va tarixiy omillarga ajratadi.
Ta‘rifga binoan omil muhitning ayrim elementi hisoblanib, organizmga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta‘sir ko‘rsatadi. Ammo tarixiy, orografik kabi omillar tirik organizmlarga hech qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘sir etmaydi. Shubhasiz, ma‘lum bir joyning dengiz sathidan absolyut balandligi, tog‘liklarning qiyalik burchagidarajasi yoki suv havzasining chuqurligi kabilar ham ana shunday xususiyatga ega. Ular tirik organizmlarga to‘g‘ridan-to‘g‘rita‘sir etmay, balki bevosita ta‘sir etgan holda boshqa omillar, ya‘ni harorat, bosim va hokazolarni ta‘rif etish xususiyatini o‘zgartiradi.
Muhit keng ma‘noda qaralib, uning tarkibida faollik ko‘rsatuvchi omillar mavjud. Omillarni ta‘sir etuvchi va hayot sharoiti uchun zarur guruhlargaajratish mumkin. Ta‘sir etuvchi omillar tirik organizmlar hayotiga kuchli ta‘sir etib, ularning hatto irsiy xususiyatlari yoki boshqa ko‘rinishlardagi o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi. Bularga misol sifatida har xil mutagen omillarni (nurlanish va boshqalar) ko‘rsatish mumkin.
Hayot sharoiti uchun zarur bo‘lgan omillar o‘z navbatida tirik organizmlarning yashashi uchun zarur bo‘lgan hayoti va o‘sishini ta‘minlovchi omillar hamda rivojlanish sharoiti (ontogenezni ta‘minlovchi) omillariga bo‘linadi.
Yashil o‘simliklarning hayoti uchun zarur bo‘lgan omillar kosmik (yorug‘lik, harorat) va Yerdagi suv hamda ozuqa omillarga ajratiladi. Ushbu omillar mavqeyi jihatidan bir-biri bilan barobar, shuningdek, boshqa omil bilan almashtirib bo‘lmaydi. Ilmiy-texnik taraqqiyot tufayli inson yashil o‘simliklar uchun, zarur bo‘lgan kosmik omillarni boshqara olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Shunday qilib, hozirgi vaqtda ekologik omillar kelib chiqishiga vaqt bo‘yicha, muhitga, xarakteriga, obyektga ta‘sir etishiga va boshqa tomonlarini hisobga olib tasniflanadi.
Ekologik omillarni abiotik (o‘lik tabiatning ta‘siri), biotik (tirik organizmlar bilan bog‘liq bo‘lgan ta‘sir) va antropogen (insonning faoliyati natijasida kelib chiqadigan ta‘sir) omillarga bo‘lib o‘rganiladi.
Abiotik omillarga quyidagilar kiradi:
1. Iqlim, yorug‘lik, harorat, havo, namlik (har xil shakllardagi yog‘ingarchiliklar, tuproq va havoning namligi, qor qoplami).
2. Edafik (yoki tuproq gurunt) – tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibi, uning fizik xossalari va boshqalar.
3. Topografik (yoki orografik) – relef sharoiti.
Biotik omillarga quyidagilar kiradi:
1. Fitogen –birgalikda yashayotgan o‘simliklarning tog‘ridan-to‘gri
(mexanik ta‘sirlar, simbioz, parazitlik, epifitlarnnng yashashi) va bilvosita (tirik organizmlar yashayotgan muhitni o‘zgartirishi) kabi ta‘sirlari;
2. Zoogen – hayvonlarning (oziqlanishi, payhon qilishi va boshqa mexanik ta‘sirlar, changlatish, meva va urug‘larni tarqatishi, muhitga ta‘sir etishi kabi ta‘sirlar;
3. Mikrobiogen va mikogen-mikroorganizmlar va zamburug‘larning (parazitlilik, tashqi muhitni o‘zgartirish) ta‘siri.
Antropogen omillar insonning faoliyati natijasida kelib chiqadigan omillardir. Antropogen ta‘sir natijasida tirik organizmlar yashash muhitining o‘zgarishi o‘z navbatida ekotizimlarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bog‘lanishlarning buzilishiga, inqirozga yuz tutishiga (chollarni o‘zlashtirish, o‘rmonlarni kesib yuborish, pichan o‘rish va mol boqish, suv, tuproq va havoni sanoat chiqindilari, zararli kimyoviy moddalar, maishiy chiqindilar bilan ifloslantirish va zaharlashga olib keladi. Ba‘zi hollarda biosenozlarning butunlay yo‘q bo‘lib ketishiga sababchi bo‘ladi.
Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta‘siri
Ma‘lum sharoitda yashayotgan organizmlarga ekologik omillar turlicha ta‘sir etishi mumkin. Ammo ekologik omillar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ularning tirik organizmlarga ta‘sir etish xarakteri nuqtayi nazardan umumiy bo‘lgan qonuniyatlar ham mavjud. Organizmning normal rivojlanishi uchun ma‘lum darajada qulay ekologik omillar majmuyi talab etiladi.Har bir omilning organizmga ta‘sir etish kuchi hamda quyi va yuqori ta‘sir etish chegaralari bo‘ladi. Omilning kuchli ta‘sir etuvchi kuchi optimum zona deb qaraladi yoki optimum deb ataladi.
Ekologik omil organizmga haddan tashqari kuchsiz.(minimum) va kuchli (maksimum) ta‘sir etishi mumkin. Shunday qilib, har qanday ekologik omilning optimum, minimum va maksimum ta‘siri bo‘lar ekan. Minimum va maksimum chegaralari kritik nuqta deb ataladi. Kritik nuqtalardan ortiq kuch ta‘sirida organizm nobud bo‘ladi.
Omilning kuchli ta‘sir etishi, ya‘ni optimum qonunning organizmlarga ta‘sirini tushunib olish uchun g‘o’za o‘simligini havo haroratiga bo‘lgan munosabati va uning optimum, minimum va maksimum nuqtalari haqida to‘xtab o‘tamiz. Ma‘lumki, chigitning unib chiqishi uchun harorat 14–16°C bolishi zarur. Bahorda harorat past kelsa, chigitning unib chiqishi kechikadi. Bizning sharoitda g‘o’za nihollari paydo bo‘lgan vaqtda havo bilan tuproq harorati sekinasta ko‘tariladi va odatda, normal darajada bo‘ladi. Harorat 38°C dan yuqori bo‘lganda, ayniqsa, nam kam bo‘lsa, o‘simlik qizib ketadi. Harorat 1–2°C bo‘lsa, g‘o’za nihollarini sovuq uradi. Kuzdagi 3–4°C sovuq ham g‘o’zani nobud qiladi. Shunday qilib, g‘o’za o‘simligining vegetatsiya davomida minimum nuqtadan haroratni 1–4°C pasayishi uni nobud bolishiga olib keladi.
14–16°C dan 38°C gacha oraliqdagi harorat o‘simlik o‘sishi uchun qulay, undan yuqorisi esa, noqulay hisoblanadi. G‘o’za o‘simligi uchun maksimum nuqta 46–47°C deb qarash mumkin.
Muhitning biror omiliga keng doirada moslashgan ekologik turlarga evriold qo‘shimchasini qo‘shib, tor doirada moslashganlarga steno-old qo‘shimchasini qo‘shib nomlanadi. Haroratga nisbatan evriterm, 8stenoterm, namlikka nisbatan evrigidrid, stenogidrid, sho‘rlanishga nisbatan evrigal, stenogal deb nomlanadi. Ekologik omillarning ta‘sir etish kuchi bilan organizmda bo‘ladigan o‘zgarishlarning o‘zaro ta‘siri bosimga nisbatan evribat, stenobat ekologik guruhlar ajratiladi.
Tashqi muhitning turli omillarga nisbatan ekologik valentliklar yig‘indisi turning – ekologiya spektrini tashkil etadi. Masalan, cho‘lda o‘suvchi sho‘ralar tuproqning sho‘rligiga, qurg‘oqchilik va yuqori haroratga yaxshi moslashgan. Ushbu omillarga moslanish sho‘raklarning ekologik spektrini tashkil etadi.
Eng muhim ekologik omil va hayot omillaridan biri – bu yorug‘lik hisoblanadi. Ultrabinafsha nurlar orasida yer yuzasiga yetib keladigan faqat uzun to‘lqin uzunlikdagilar (to‘lqin uzunligi 290–380 nm) hisoblanadi. Qisqa tollqin uzunlikdagi nurlar esa tiriklikni halok qiluvchi hisoblanib, 20–25 km balandlikda O3 molekulasidan tashkil topgan ozon ekrani tomonidan to‘liq yutiladi. To‘lqin uzunligi uzun bo‘lgan ultrabinafsha nurlar yuqori kimyoviy faollikga ega. Uning katta miqdori organizmlar uchun zarar bo‘lib, kamroq miqdordagisi esa ko‘pchilik turlar uchun zarur hisoblanadi.
Demak, yorug‘lik manbayi quyosh radiatsiyasi hisoblanadi. Butun tushayotgan quyosh radiatsiyasining 42 foizi atmosfera orqali qaytariladi, 15 foizi atmosferani isitishga ketadi, faqatgina 43 foizi yer yuziga yetib keladi.
O‘simliklar tomonidan yil bolyi qabul qilinadigan yorug‘lik - faqatgina yorug‘lik tezligiga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, u kunning uzunligiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Kunning uzunligi ekvatordan qutblarga tomon oshib boradi. O‘simliklar qoplami uchun butun yil bo‗yi qabul qilinadigan radiatsiya yig‗indisi emas, balki yil davomida o‘simliklar o‘sish mavsumidagi yorug‘lik miqdori ahamiyatga egadir.
O‘simliklar faqat o‘ziga bevosita to‘g‘ri tushadigan yorug‘likdan emas, balki tarqoq holda tushadigan yorug‘likdan ham foydalanadi.To‘g‘ri tushadigan quyosh nurlari ko‘pincha o‘simliklar uchun xavfli hisoblanadi. Chunki nurning ta‘siri natijasida o‘simliklar sitoplazmasi va xlorofillari nobud bo‘ladi.
Tarqoq holda tushadigan yorug‘lik o‘simliklar tomonidan to‘la o‘zlashtiriladi. U foydaliroq bo‘lib, uning 50–60% fotosintez jarayoni uchun muhim bo‘lgan zangori-qizil nurlardan iboratdir. To‘g‘ri tushadiigan yorug‘likda bu xildagi nurlar miqdori 30–35% dan oshmaydi.
Yorug‘lik sezuvchi o‘simliklardan barglar asosan kunning eng xavfli soatlarida radiasiyani kam qabul qilishga moslashgan. Barglar gorizontal tekislikka nisbatan katta burchak ostida joylashadi, barglarning bunday joylanishini daraxtlardan evkalirt, mimozada hamda juda ko‘p o‘tchil o‘simliklarda ko‘rishimiz mumkin.
Yüklə 20,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin