1. Ekonometrika fanining maqsadi, metodi va vazifalari. Iqtisodiy ma’lumotlarning statistik tabiati


-variant 1. EKONOMETRIK MODELLARNI TUZISHDA QATNASHADIGAN IQTISODIY MA’LUMOTLARGA QO’YILADIGAN TALABLAR



Yüklə 3,42 Mb.
səhifə17/37
tarix15.09.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#143789
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
Ekonometrika fanining maqsadi

13-variant
1. EKONOMETRIK MODELLARNI TUZISHDA QATNASHADIGAN IQTISODIY MA’LUMOTLARGA QO’YILADIGAN TALABLAR.
Korrelyatsion va regression tahlilni qo‘llash vaqtida, omillarni tanlab olish va ulardan modellarda foydalanish hamda baholashdagi asosiy qoidalar quyidagilardan iborat:
1. Omillarni o‘rganish bilan qamrab olinadigan ro‘yxat chegaralangan, omillar esa nazariy asoslangan bo‘lishi lozim.
2. Modelga kiritilgan barcha omillar miqdor o‘zgarishlarga ega bo‘lishi kerak.
3. Tadqiq qilinayotgan to‘plam sifatli bir jinsli bo‘lishi lozim.
4. Omillar o‘zaro funksional bog‘lanmasliklari shart.
5. Kelajakda omillar o‘zaro ta’sirini ekstrapolyatsiya qilish uchun modellardan foydalanilayotgan vaqtda xarakter jiddiy o‘zgarmasligi, statistik mustahkam va barqaror bo‘lishi lozim.
6. O‘rganilayotgan omillar tadqiq etilgan, natijaviy ko‘rsatkichli, mantiqan davriy bo‘lishi lozim.
7. Regression tahlilda har bir omilning qiymatiga bir xil regressiyali natijaviy o‘zgaruvchi taqsimoti normal yoki yaqin darajada mos kelish lozim.
8. Natijaviy ko‘rsatkichga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan faqat muhim omillar ta’sirini ko‘rib chiqish lozim.
9. Regressiya tenglamalariga kiritilgan omillar soni katta bo‘lmasligi lozim. Chunki omillar sonining katta bo‘lishi, asosiy omillardan chetga olib kelishi mumkin. Omillar soni kuzatishlar sonidan 3-5 marta kam bo‘lishi kerak.
10. Regressiya tenglamasining omillari turli xil xatolar ta’sirida buzilishga olib keladigan xatoliklar bo‘lmasligi kerak. Omillar o‘rtasida funksional yoki shunga yaqin bog‘lanishlarning mavjudligi - multikollinearlik borligini ko‘rsatadi.
11. Kuzatuvlar sonini oshirish uchun ularning makonda takrorlanishidan foydalanish mumkin emas. Makonda hodisalarning o‘zgarishi avtoregressiyani vujudga keltirishi mumkin. Avtoregressiya esa statistikadagi mavjud o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi bog‘lanishni ma’lum darajada buzadi. Shuning uchun ko‘rsatkichlar dinamik qatorlarda regression bog‘lanishni o‘rganish statistikadagi bog‘lanishni o‘rganishdan tubdan farq qiladi.
12. Har bir omil bo‘yicha taqsimot normal taqsimotga ega bo‘lishi shart emas. Bu regression tahlilni natijaviy, alomatli qiymat va tasodifiy qiymatli omillar o‘rtasidagi bog‘lanishni ifodalovchi sifatida ta’riflashdan kelib chiqadi.
13. Omillarni natural birlikda o‘lchashda nisbiy qiymatlarga nisbatan ortiqroq ko‘rish lozim. Nisbiy qiymatlar o‘rtasidagi korrelyatsiya, regressiya tenglamasi parametrlari qiymati bog‘lanish mazmunini buzishi mumkin. Omillar o‘rtasidagi bog‘lanishni ifodalovchi sifatida ta’riflashdan kelib chiqadi.
Demak, ekonometrik modellarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
Modelda kuzatilayotgan ning o‘zgarishiga kuchli ta’sir qilayotgan asosiy omillar qatnashishi kerak;
Barcha bog‘liq bo‘lmagan omillar asosiy bog‘liq bo‘lgan omil bilan zich bog‘langan bo‘lishi kerak;
Bog‘liq bo‘lmagan omillar o‘zaro sust (kuchsiz) bog‘langan bo‘lishi kerak.
Iqtisodiy jarayonlar dinamikasini aks ettirish mohiyatiga ko‘ra, statik va dinamik modellar mavjud.

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin