Elastiklikning mohiyati va uning asosiy xususiyatlari.
Narx bo‘yicha talab elastikligi.
Daromad bo‘yicha talab elastikligi.
Taklifning elastikligi.
1. Elastiklikning mohiyati va uning asosiy xususiyatlari Talab va taklif qonunlari talab va taklifdagi о‘zgarishlar natijasida mahsulot narxi va miqdorining о‘zgarish yо‘nalishlarini aks ettiradi. Lekin bu о‘zgarishlarning qanday kattalikda bо‘lishini bilish xam muximdir.
Mahsulot narxi oshishi yoki kamayishi bilan sotiladigan mahsulot xajmi qanchaga о‘zgarishi mumkin?
Daromadlari kamaysa, tadbirkorlar nima qilishi kerak? Ba’zilar narxlarni oshiradi, ba’zilar esa pasaytiradi. Masalan, tomoshabinlarni jalb qilish uchun teatr chiptalari narxi kamaytirilishi, metroda yurish narxi esa oshirilishi mumkin. Bu xollarda kim xaqligini aniqlashga talab elastikligi va taklif elastikligi tushunchalari yordam beradi.
Talab elastikligining quyidagi turlari farqlanadi:
a) talabning narx bо‘yicha elastikligi
b) talabning daromad bо‘yicha elastikligi
Narxlar, daromad yoki bozor kon’yunkturasining boshqa ko‘rsatkichlarini o‘zgarishiga bozorning sezuvchanlik darajasini aniqlash uchun maxsus ko‘rsatkichidan - elastiklik koeffisientidan foydalaniladi. Elastiklik konsepsiyasi iqtisodiy nazariyada ancha kech muomalaga kiritildi, lekin, qisqa muddatda fundamental konsepsiyaga aylandi. Elastiklikning umumiy tushunchasi iqtisodiyotga tabiiy fanlardan kirib keldi.
“Elastiklik” termini iqtisodiyotda ilk bor Alfred Marshall tomonidan 1885 yilda talab va taklif elastikligida qo‘llanildi.
Elastiklikning iqtisodiy tahlilga kiritilishi katta ahamiyat kasb etadi. Jumladan,
bir tomondan, elastiklik koeffisienti statistik o‘lchovlarni olishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi, ayniqsa, marketing tadqiqotlarini olib borishda keng qo‘llaniladi;
Hozirgi kunda iqtisodiyotning har bir bo‘limida elastiklik tushunchasidan foydalaniladi. U yoki bu darajada elastiklik koeffisienti bozor muvozanati tahlilida, bozor tarkibini tahlil qilishda u yerdagi monopoliyalarni aniqlashda, iqtisodiy sikllar nazariyasida keng foydalaniladi.