PHY017 - guruh topshiriqlari 3-topshiriq: Elektr toki Topshiriq rejasi: 1. Elektr toki. 2. Tokning hosil boʻlish sharti, kuchi va zichligi. 3. Elektr yurituvchi kuch (EYuK). 4. Om va Joul-Lens qonunlarining integral va differensial ifodalari. 5. Berk zanjir uchun Om qonuni. Kirxgof qoidalari. 6. Gazlarda elektr toki. 6. Xulosa. 7. Foydalanilgan adabiyotlar.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. Q.P.Abduraxmanov, V.S.Xamidov, N.A.Axmedova. FIZIKA. Darslik. Toshkent. 2018 y. 2. Douglas C. Giancoli. Physics. Principles with Applicathions. January 17, 2004 USA ISBN-13^ 978-0-321-62592-2. 3. Абдурахманов К.П., Тигай О.Э., Хамидов В.С. Физикадан мультимедиа лекциялар тўплами. Ўқув қўлланма. 2013 й. Pdf + диск + СНМ. 4. Internet sahifalari.
Nazariy qismi bo‘yicha mustaqil topshiriqlar bahosining taqsimlanishi – jami 5 ball:
mustaqil ishning talab darajasida rasmiylashtirilganligi (titul varag‘i, mavzu rejasi, xulosa va adabiyotlar to‘g‘ri keltirilganligi, mustaqil ish shaxsan talaba tomonidan tayyorlanganligi) -0,5 bal;
mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari va amaliy ahamiyati yoritilganligi, topshiriqda asosiy tushunchalar, qonuniyatlar uzviy ketma-ketlikda, ifodalar va birliklar to‘g‘ri keltirilgan holda yozilganligi - 3 bal;
mavzuni yoritishda yangi xorijiy adabiyotlardan, internet ma’lumotlaridan, axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanganligi, grafiklar, diagrammalar, rasmlar, animatsiyalar orqali tushuntirilganligi – 1 bal;
mavzu bo‘yich to‘g‘ri xulosalar chiqarilganligi – 0,5 bal.
Topshirish muddati: 2022 yil, 19 - noyabr.
Eslatma: Talabalar topshiriqni o‘zlari mustaqil o‘zlashtirishlari va tayorlashlari zarur, bir-biridan ko‘chirishlari kuzatilganda ko‘chirgan va ko‘chirishga imkon beruvchilar baholanmaydi.