1. Elektr tokning inson organizmiga ta’siri. Ellektr tokidan saqlanish. Statik elektrdan saqlanish choralari



Yüklə 85 Kb.
səhifə3/9
tarix15.10.2023
ölçüsü85 Kb.
#156009
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ELEKTR TOKNING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI.

Himoyalovchi nol simiga ulash. Mashina va dastgoxlarning tok yurmaydigan metall qismlarini ataylab o’tkazgich yordamida himoyalovchi nol simiga ulab kuyiladi.
Himoyalovchi nol simiga ulanishi qo’llashda maksad xam yerga ulashni qo’llash kabi ixotasining buzilishi natijasida kobikka tok o’tib ketgan chokda shikastlanish xavfini kamaytirishdir. Ixotaning buzilishi natijasida elektrodvigatelning 1 ( rasm ) kobigiga tok o’tib ketadi. Bunda buzilgan faza bilan nol orasida kiska to’tashuv xosil bo’ladi, saqlagich kuyadi va buzilgan faza avtomatik ravishda tarmokdan uziladi.
Nol simining yerga ulanishi juda ishonchli bo’lishi kerak. Unga zanjiri ajratuvchi uskuna va apparatlarni ulash mumkin emas. Ularning uzilib ketmasligi uchun transformator oldida, tarmoklanish yerlarida va albatta zanjirining oxirgi punktlarida yerga ulab kuyiladi.
Kishini tokdan shikastlanishi xavfi tugilganda zudlik bilan avtomatik ravishda elektr uskunasini tokdan uzib kuyuvchi kurilmalar ishlatiladi. Bu kurilma himoyalovchi yerga ulash va nol simiga ulashlar xavfsizlikni ta’minlay olmagan xollarda ishlatiladi. rasmda shunday sxemalarning eng oddiylaridan biri keltirilgan. Bunday kurilmalar askariyat xollarda kuchma uskunalarda qo’llaniladi.
Ixotaning buzilishi yoki boshka sabablar tufayli dvigatel kobiga tok o’tganda, yerga ulovchi orqali yerga o’tib ketayotgan tok, tok relsi TR ni ishlatadi. U esa uz navbatida uzib kuyuvchi galtak UG ni ishlatadi, unning uramlarida tok paydo bulgach, avtomatik ravishda elektrodvigatelni zanjirdan uzib kuyadi.
Statik elektrdan saqlanish choralari.
Elektrostatik zaryadlar dielektrik materiallarning ishkalanishi, kuvurlardan yengil yonuvchi suyukliklarning okishi hamda paxta tolalarni va tayyor maxsulotlarni transportirovka qilish vaqtida paydo bo’ladi.
To’qimachilik paxta, ipak va yengil sanoatida elektrostatik zaryadlarning roli sezilarlidir. Paxta yoki ayniksa sun’iy tolalar bilan ishlaganda statik elektr zaryadlari kup xosil bo’ladi. Bu zaryadlarning yigilish intensivligi ishkalovchi materillarning turiga, kontakt maydoniga, atrof-muxit havosining nam-kurukligiga, ishkalanayotgan materiallarning solishtirma qarshiligiga va boshka sabablarga boglikdir.
Ishklanish natijasida xosil bo’ladigan elektrostatik zaryadlar katta mikdorlardagi kuchlanishlarga ega bo’lishi mumkin. Masalan: sun’iy tolalardan tukilgan poyondoz, oyok kiyimlarga ishklanishi natijasida kun oxiriga kelib 15-20 kV gacha, sun’iy tolalardan yasalgan ayollar pustini kuni bilan kiylganda ishklanishi natijasida 15-16 kV gacha potensiallar ayirmasi xosil qilishi mumkin. Bu katta mikdordagi kuchlanishlar tok kuchi va energiya juda oz mikdorda bo’lganligi uchun kishiga katta zarar yetkaza olmaydi, lekin u kishiga noxush ta’sir qilishi, gayriixtiyoriy xarakatlarga olib kelishi mumkin. Bular esa kishini biror yerini urib olishi, ishlab turgan mashinaga yiqilib tushish va boshka xavflarni tugdiradi.
Texnologik jarayonda sintetik tolalar uzaro va mashina qismlariga ishklanishi natijasida statik elektr zaryadlari tuplanib, ular razryadlanganda uchkun paydo bo’ladi va yengin chiqish xavfini tugdiradi.
Kishiga uzoq vaqt elektrostatik zaryadlarning ta’sir qilishi ogir kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Bulardan tashkari elektrostatik zaryadlar to’qimachilik sanoatida texnologik jarayonning barcha o’timlarda kushimcha kiynchiliklar tugdiradi.
Tarash mashinasidan chikayotgan taram, mualifning tadkikotlariga binoan, 1500-1800 V gacha musbat zaryadlanar ekan. Bunda zaryadlar taramning eni bo’yicha bir xil taksimlanmagan, ayni paytda taram urtasida potensiallar ayramasi 1800 V bulsa, uning chetlarida 1000-1100 V bo’lishi aniqlagan. Sexda nisbiy namlikning kamayishi, taram chetlarining xurpayishiga, paxmoklanishiga, o’tasining ko’tarilishi va xato uzunasi buylab yirtilishiga olib keladi. Bu kungilsiz xodisalar bir xil zaryadlangan tolalarning bir-biridan itarilishi natijasida ruy beradi.

Yüklə 85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin