Ellektr tokidan saqlanish.
To’qimachilik paxta, ipakchilik va yengil sanoat korxonalarning barcha sexlari xavfliligi yukori bo’lgan xonalarga yoki o’ta xavfli xonalarga mansubdir, chunki qo’llaniladigan elektr uskunalarining, yoritgichlarning, signal beruvchi uskunalarning qismlari yukori xarorat, yukori namlik sharoitlarida ishlaydi. Buning natijasida simlarning ixotasi buziladi, qarshilishi kamayadi, kobiklariga tok o’tish xavfi ortadi va pirovard natijada mashinalarni boshkaruvchi va sexdagi boshka ishchilarning shikastlanish extimoli ortadi.
Tokdan saqlanish uchun uskunalarning tok yuruvchi qismlariga yakin kelmasligi, kul tegizmasligi, bexosdan tegib ketmasligi kerak. Kobik va boshka metall qismlarda tok paydo bo’lganda, xavfni oldini ola bilishi, past kuchlanishda ishlashi, ikki kayta ixotalash, yerga ulash, (zazemleniye), nol simiga ulashni (zanuleniye), himoyalovchi o’chirib kuygichlarni (zashitnoye otklyucheniye) qo’llash bilan erishiladi.
Elektr uskunalarining tok yuruvchi qismlariga bexosdan tegib ketmaslik uchun ularni ixotalash, kul yetmaydigan balandlikka o’rnatish, tuskichlar bilan ta’minlash va boshka tadbirlarni qo’llash kerakdir.
Bundan tashkari o’ta xavfli sharoitlarda, metall idishlarning ichida ishlayotganda, tok o’tkazuvchi polda o’tirib yoki yotib ishlayotganda kul asboblari uchun past kuchlanish -12 V kabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |