1. Elektr tokning inson organizmiga ta’siri


Statik elektrdan saqlanish choralari



Yüklə 85,5 Kb.
səhifə5/12
tarix19.02.2022
ölçüsü85,5 Kb.
#52811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1. Elektr tokning inson organizmiga ta’siri

Statik elektrdan saqlanish choralari.

Elektrostatik zaryadlar dielektrik materiallarning ishkalanishi, kuvurlardan yengil yonuvchi suyukliklarning okishi hamda paxta tolalarni va tayyor maxsulotlarni transportirovka qilish vaqtida paydo bo’ladi.

To’qimachilik paxta, ipak va yengil sanoatida elektrostatik zaryadlarning roli sezilarlidir. Paxta yoki ayniksa sun’iy tolalar bilan ishlaganda statik elektr zaryadlari kup xosil bo’ladi. Bu zaryadlarning yigilish intensivligi ishkalovchi materillarning turiga, kontakt maydoniga, atrof-muxit havosining nam-kurukligiga, ishkalanayotgan materiallarning solishtirma qarshiligiga va boshka sabablarga boglikdir.

Ishklanish natijasida xosil bo’ladigan elektrostatik zaryadlar katta mikdorlardagi kuchlanishlarga ega bo’lishi mumkin. Masalan: sun’iy tolalardan tukilgan poyondoz, oyok kiyimlarga ishklanishi natijasida kun oxiriga kelib 15-20 kV gacha, sun’iy tolalardan yasalgan ayollar pustini kuni bilan kiylganda ishklanishi natijasida 15-16 kV gacha potensiallar ayirmasi xosil qilishi mumkin. Bu katta mikdordagi kuchlanishlar tok kuchi va energiya juda oz mikdorda bo’lganligi uchun kishiga katta zarar yetkaza olmaydi, lekin u kishiga noxush ta’sir qilishi, gayriixtiyoriy xarakatlarga olib kelishi mumkin. Bular esa kishini biror yerini urib olishi, ishlab turgan mashinaga yiqilib tushish va boshka xavflarni tugdiradi.

Texnologik jarayonda sintetik tolalar uzaro va mashina qismlariga ishklanishi natijasida statik elektr zaryadlari tuplanib, ular razryadlanganda uchkun paydo bo’ladi va yengin chiqish xavfini tugdiradi.

Kishiga uzoq vaqt elektrostatik zaryadlarning ta’sir qilishi ogir kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Bulardan tashkari elektrostatik zaryadlar to’qimachilik sanoatida texnologik jarayonning barcha o’timlarda kushimcha kiynchiliklar tugdiradi.

Tarash mashinasidan chikayotgan taram, mualifning tadkikotlariga binoan, 1500-1800 V gacha musbat zaryadlanar ekan. Bunda zaryadlar taramning eni bo’yicha bir xil taksimlanmagan, ayni paytda taram urtasida potensiallar ayramasi 1800 V bulsa, uning chetlarida 1000-1100 V bo’lishi aniqlagan. Sexda nisbiy namlikning kamayishi, taram chetlarining xurpayishiga, paxmoklanishiga, o’tasining ko’tarilishi va xato uzunasi buylab yirtilishiga olib keladi. Bu kungilsiz xodisalar bir xil zaryadlangan tolalarning bir-biridan itarilishi natijasida ruy beradi.




Yüklə 85,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin