ELEKTROLIZ
1. Elektrokimyoviy ekvivalent deb nimaga aytiladi?
1) elektrolit eritmasidan A∙s elektr toki o‘tkaziiganda elektrodlarda ajralib
chiqadigan modda miqdori;
2) elektrolit eritmasidan 1 F elektr toki o‘tganda elektrodda ajralib chiqadigan modda massasi;
3) elektrolit eritmasidan 96500 KI elektr toki o‘tganda elektrodda ajralib chiqadigan modda massasi;
4) elektrolit eritmasidan 26,8 A∙s elektr toki o‘tganda elektrodda ajralib chiqadigan modda miqdori.
A) 1,3,4 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 4
2. To‘g‘ri ifodalangan Faradey qonunlarining ta’riflarini aniqlang:
1) har xil elektrolitlarning eritmalaridan bir xil miqdordagi elektr toki o'tkazilganda, elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalarning massasi moddalarning kimyoviy ekvivalentlariga teskari proporsional bo‘ladi;
2) elektrodlarga ajralgan modda miqdori elektrolit eritmasidan o‘tgan elektr toki miqdoriga teskari proporsionaldir;
3) har xil elektrolitlarning eritmalaridan bir xil miqdorda elektr toki o'tkazilganda elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalarning massasi ularningkimyoviy ekvivalentlariga to‘g‘ri proporsional bo’ladi;
4) elektrodlarda ajralgan modda massasi elektrolit eritmasidan o‘tgan elektr toki miqdoriga to‘g‘ri proporsionaldir.
A) 1,2 B) 1,3 C) 1 ,4 D) 3,4
3. Ixtiyoringizdagi osh tuzi eritmasidan natriy metalini olish uchun qanday jarayonlarni amalga oshirish kerak.
A) kaliy metali bilan reaksiyaga kirishtirib B) qizdirib
C) eritmani elektroliz kilib
D) eritmani bug`latib, so'ngra suyuqlanmani elektroliz qilib
4. Natriy xloridning suvli eritmasi elektroliz qilinganda hosil bo’ladigan oddiy moddalarni ko'rsating.
1) natriy; 2) xlor; 3)
kislorod; 4) vodorod;
5) ishqor.
A) 1,2 B) 3,4 C) 2,4 D) 1,2,5
5. Mis(II) nitrat eritmasi inert elektrodlar ishtirokida to‘la elektroliz qilindi. Elektr toki o’chirilgandan keyin elektrodlar qisqa vaqt davomida elektrolizyorda qolib ketsa, eritmada qanday mahsulot bo‘lishi mumkin?
A) HNO
3 B) Cu(NO
3)
2
C) HNO
2 D) HNO
3+Cu(NO
3)
2
6. Natriy sulfat eritmasi elektroliz qilinganda katod va anodda qanday mahsulot olinadi?
1) kislorod; 2) vodorod; 3) natriy; 4) natriy ishqori.
A) 2 va 4 В) 1 va 2 C) 3 D) 2
7. Amalda bajarib bo’lmaydigan jarayonlarni ko'rsating.
1) temir(III) sulfat eritmasining elektrolizi;
2) magniy xlorid suyuqlanmasining elektrolizi; 3) magniy karbonat suyuqlanmasining elektrolizi;
4) saxarozaning elektrolizi; 5) simob(II) nitrat suyuqlanmasining elektrolizi
A) 1,2,3 B) 1,4,5 C) 3,4,5 D) 1,2,5
8. Qaysi moddalarning suvli eritmasi elektroliz qilinishi natijasida shu modda eritmasining konsenratsiyasi ortadi?
1) NaOH 2) Cr
2(SO
4)
3; 3) KC1;
4) H
2SO
4; 5) NaNO
3 6) HBr
A) 1,2,4,6 B) 1,4,5 C) 1,2,4 D) 2,4,6,
9. Faqat elektroliz usulda olinadigan metallni ko‘rsating?
A) mis B) temir C) alyuminiy D) xrom
10. Elektroliz jarayonida natriy gidroksid suyuqlanmasi qatnashganda, katodda va anodda qanday moddaiar hosil bodadi?
A) vodorod va kislorod
B) natriy va vodorod
C)
natriy va suv
D) natriy, suv va kislorod
11. Elektrodlari misdan tayyorlangan elektrolizyorda mis(II) nitratning suvdagi eritmasi elektroliz qilinganda qanday jarayonlar sodir bodadi?
A) katodda mis (II) ionlari qaytariladi, anodda gidroksid ionlari oksidlanadi
B) mis(II) kationi katodda qaytariladi, anodda esa mis metali oksidlanib, eritmaga o‘tadi
C) katodda vodorod kationi qaytariladi, anodda gidroksid anioni oksidlanadi
D) katodda vodorod kationi qaytariladi, anodda nitrat
ioni oksidlanadi
12. Osh tuzidan metal holatdagi natriyni olish uchun sanoatda qaysi usul qo’ll2aniladi?
A) alyuminotermiya
B) CO yordamida qaytarish
C) uglerod bilan qaytarish
D) eritmani elektroliz qilish
13. Kaliy sulfat eritmasi elektrolizga uchratilganda konsentratsiyasi ortdi. Elektroliz natijasida elektrodlarda qanday moddalar ajralib chiqadi?
1) kaliy; 2) oltingugurt(IV) oksid;
3) kislorod; 4) vodorod
A) 1,3 B) 2,4 C) 2,3 D) 3,4
14. Kaliy gidroksid eritmasi elektrolizga uchratilganda konsentratsiyasi ortdi. Elektroliz natijasida elektrodlarda qanday moddalar ajralib chikadi?
A) kaliy va oltingugurt(VI) oksid
B) vodorod va oltingugurt(VI) oksid
C)
kaliy va kislorod
D) vodorod va kislorod
15. Mis(II) sulfat eritmasi inert anod bilan elektroliz qilinganda, katod va anodda qanday moddalar ajralib chiqadi?
A) vodorod va kislorod
B) vodorod va oltingugurt(IV) oksid
C) mis va oltingugurt(IV) oksid
D) mis va kislorod
16. 15 minut davomida 1,25 A kuchga ega bo‘lgan tok mis(II) sulfat eritmasidan o'tkazilsa, katodda qancha (g) mis ajraladi?
A) 0,037 B) 0,37 C) 0,75 D) 0,073
17. 3 A bo‘lgan tok 20 min davomida kumush nitrat eritmasidan o‘tkazilganda katodda qancha (g) kumush ajralib chiqadi?
A) 8,06 B) 28,02 C) 16,10 D) 4,03
18. 5 A bo‘lgan tok 25 minut davomida kalsiy xlorid suyuqlanmasidan o'tkazilganda qancha miqdor (g) kalsiy xlorid parchalanadi?
A) 9,3 B) 0,93 C) 0,83 P) 4,3
19. Tok kuchi 8A ga teng bo'lib, elektroliz 1/4 soat davom etganda kumush nitrat eritmasidan necha gramm kumush ajralib chiqadi?
A) 8,06 B) 12,08 C) 9,88 D) 7,25
20. Kumush nitrat eritmasidan massasi 6,72 g bo‘lgan kumushni ajratib olish uchun 18 A kuchga ega bo‘lgan tokni eritmadan qancha vaqt (s) davomida o‘tkazish kerak?
A) 500,4 B) 193,2 C) 931,8 D) 333,6
21. Kadmiy sulfat eritmasidan katodda 3,36 g kadmiy ajralib chiqishi uchun kuchi 1,08 A ga teng bo‘lgan tokni necha soat davomida o‘tkazish kerak?
A) 4,46 B) 6,45 C) 4,86 D) 1,49
22. 100 g 10% li o'yuvchi kaliy eritmasidan 4 A tok necha soat o'tkazilganda 50% li eritma hosil bo‘ladi?
A) 59,6 B) 29,8 C) 51,4 D) 31,8
23 0,8M li 500 ml sulfat kislota eritmasining konsentratsiyasini 1 M ga yetkazish uchun 9,3 A tokni necha soat davomida eritmadan o'tkazish kerak?
A) 32 B) 44 C) 60 D) 80
24. 0,4M li 600 ml HNO3 eritmasining konsentratsiyasini 1 M ga yetkazish uchun 9,4 A tokni necha soat davomida eritmadan o'tkazish kerak?
A) 124 B) 114 C) 80,5 D) 60,4
25. 80,5 g glauber tuziga 119,5 ml suv qo‘shildi. Hosil bo'lgan eritmadan 40% li natriy sulfat eritmasini olish uchun 60 A tok necha soat o'tkazilishi kerak?
A) 4,99 B) 2,76 C) 8,28 D) 5,52
26. 8 minut davomida xrom(III) nitrat eritmasi elektroliz qilinganda katodda 1,56 g xrom ajralgan bo`lsa, tok kuchini toping?
A) 6 B) 18,1 C) 14,4 P) 13,6
27. 45 minut davomida katodda 5 g mis ajralishi uchun mis (II) sulfat eritmasi orqali o'tkazilishi lozim bo‘lgan tokning kuchini hisoblang?
A) 15,92 B) 15,50 C) 16,8 D) 5,58
28. 200 g 16% li mis (П) sulfat eritmasi to‘liq elektroliz qilinganda 17,5% li eritma olindi. Eritmadan necha faradey tok o'tganini aniqlang.
A) 2,4 B) 0,4 C) 8 D) 8,4
29. 200 g 11,7% li natriy xlorid eritmasi elektroliz qilinganda 15,68 litr (n.sh.) gazlar aralashmasi hosil bo'ldi. Elektroliz jarayoni uchun sarflangan faraday miqdorini aniqlang.
A) 1 B ) 0,7 C) 0,6 D ) 0,8
30. Noma’lum metali xloridi suyuqlanmasi orqali 0,5 soat davomida kuchi 11,52 A bo'lgan tok o'tganda katodda 1,94 g metali ajralib chiqdi. Qaysi metali tuzi elektrolizda qatnashgan?
A) litiy B) berilliy C) alyuminiy D) magniy
31. Agar anodda 5,61 (n.sh.) gaz ajralib chiqsa elektroliz uchun necha gramm kumush nitrat olingan?
A) 80 B) 42,5 C) 108 D) 170
32. Reaksiya unurni 0,85 bo'lganda 51 kg alyuminiy oksiddan elektroliz yordamida necha kg alyuminiy olish mumkin?
A) 23 B) 24 C) 27 D) 30
33. Agar KI eritmasi elektroliz qilinganda elektrodlardan birida 4,48 l (n.sh.da) gaz modda ajralib chiqsa, anodda qancha modda (g) hosil bo'lganini hisoblang.
A) 50,8 B) 25,4 C) 38,1 D) 76,2
34. 4825 sekund davomida 4 A tok kuchi bilan 500 ml 0,2 molyarli kumush nitrat eritmasi elektroliz qilinganda, katodda (inert elektrod) ajralgan kumush massasini (g) hisoblang.
Ai 16,8 B) 1,6 C ) 21,6 D) 0,8
35. 19300 sekund davomida 2 A tok kuchi bilan 700 ml 0,1 molyarli kumush nitrat eritmasi elektroliz qilinganda, katodda (inert elektrod) ajralgan kumush massasini (g) hisoblang.
A) 43,2 B) 7,56 C) 4,41 D) 11,2
36. 19300 sekund davomida 2 A tok kuchi bilan 250 ml 0,4 molyarli mis(II) sulfat eritmasi elektroliz qilinganda, katodda (inert elektrod) ajralgan moddalar massasini (g) hisoblang.
A) 6,4 B) 3,2 C) 3,5 D) 6,6
37. 2,34% li 500 g natriy xlorid eritmasini 48250 sekund davomida 2 A tok kuchi bilan elektroliz qilindi Anodda (inert elektrod) ajralgan xlor massasini (g) aniqlang.
A) 35,5 B) 7,1 C) 14,2 D) 3,55
38. Kumush nitratning 500 g 6,8% li eritmasi elektroliz qilinganda anodda (inert elektrod) 22,4 l (n.sh.) gaz ajraldi. Elektrolizdan so‘ng eritmadagi moddaning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 3,6 B) 4,7 C) 1,9 D) 2,8
39. 7,8% li 300 g natriy xlorid eritmasini 48250 sekund davomida 2 A tok kuchi bilan elektroliz qilindi. Anodda (inert elektrod) ajralgan moddalar massasini (g) hisoblang.
A) 35,5 B) 19,0 C) 14,2 D) 4,48
40. 74,5 g kaliy xlorid suyuqlanmasi va 74,5 g kaliy xlorid tutgan eritma 9650 sekund davomida 10 A tok kuchi bilan elektrolizga uchratilganda ajralib chiqqan xlorning hajmlarini (1, n.sh.) hisoblang.
A) 22,4 va 11,2 B) 22,4 va 22,4
C) 22,4 va 33,6 D) 11,2 va 11,2
41. Birinchi elektrolizyorda 2 mol, ikkinchisida 4 mol mis(II) sulfat bo'lgan eritmalar orqali 4 faradey tok o'tganda katodlarda xrsil bo'lgan moddalar massalarini (g) aniqlang.
A) 128; 128 B) 66; 128,
C) 64; 128 D) 64; 64
42. Birinchi elektrolizyorda 1 mol, ikkinchisida 2 mol kumush nitrat bo'lgan eritmalar orqali 4 faradey tok o'tganda katodlarda (inert elektrod) ajralib chiqqan moddalar massalarini (g) hisoblang.
A) 108,216 B) 432,432
C) 111,218 D) 216,216
43. Birinchi elektrolizyorda 1 mol, ikkinchisida 2 mol mis(II) sulfat bo'Igan eritmalar orqaii 386000 kulon tok o‘tganda katodlarda. hosil bo'lgan moddalar massalarini (g) aniqlang.
A) 128; 128 , B) 66; 128
C) 64; 128 D) 64; 64
44. Elektrodlari ketma-ket ulangan ikki idishning birida osh tuzi, ikkinchisida natriy yodid eritmalari bo‘lib, ulardan bir xil miqdordagi elektr toki o'tkazilganda, ikkinchi idishda 5,08 g yod hosil bo'ldi. Birinchi idishdagi anodda hosil bo'lgan mahsulotning massasini (g) aniqlang.
A) 1,42 B) 8,14 C) 2,64 D) 3,06
45. Tarkibida 0,6 mol AgNO3, 0,2 mol CuSO4 va 0,15 mol AuCl3 bo'lgan eritmalar tok manbaiga ketma-ket ulangan. Eritmalar orqaii 48250 KI tok miqdori o'tkazilganda katodlarda (inert elektrod) ajralgan moddalar (berilgan tartibda) massasini (g) aniqlang.
A) 64,8; 12,8; 29,55 B) 54; 16; 32,83
C) 108; 64; 197 D) 54; 12,9; 29,6
46. Mis (II) -xlorid va oltin (III) -xlorid eritmalari solingan idishlar ketma-ket tok manbaiga ulangan. Birinchi idish katodida 38,4 g mis ajralgan bo'lsa, ikkinchi idish katodida necha gramm oltin ajralgan?
A) 177,3 B) 78,8 C)59,1 D) 118,2
47. XC12 va YC13 suyuqlanmalari solingan idishlar ketma-ket tok manbaiga ulangan. Birinchi idish katodida 2,7 mol X va ikkinchi idish katodida 100,8 g Y hosil bo'ldi. Y elementning nisbiy atom massasini aniqlang.
A) 70 B) 27 C) 56 D)84
48. Mis(II) -xlorid va temir (III) -xlorid suyuqlanmalari solingan idishlar ketma-ket tok manbaiga ulangan. Birinchi idish katodida 19,2 g mis ajralgan bo'lsa, ikkinchi idish katodida necha gramm temir ajralgan?
А) 5,6 B) 11,2 C) 22,4 J D) 16.8
49. Cu2+ va Xn+ ionlari saqlagan eritmalar solingan idishlar ketma-ket tok manbaiga ulangan. Birinchi idish katodida 38,4 g mis va ikkinchi idish katodida 129,6 g X ajralgan bo'lsa, n ning qiymatini aniqlang.
A) 3 В) 1 C) 2 D) 4
50. Fe3+ va Xn+ ionlari saqlagan suyuqlanmalar solingan idishlar ketma - ket tok manbaiga ulangan. Birinchi idish katodida 16,8 g temir va ikkinchi idish katodida 50,4 g X ajralgan, bo'lsa, n ning qiymatini aniqlang.
A) 1 B) 3 C) 2 D) 4
51. Mis (II) -xlorid va temir (III) -xlorid eritmalari solingan idishlar ketma-ket tok manbaiga ulangan. Anodlarda jami 1,8 mol xlor ajralib chiqqan bo'lsa, birinchi idish katodida necha gramm mis ajralgan?
A) 14,4 B )57,6 C) 28,8 D) 38,4
52. 2 mol natriy bromid va 3 mol natriy yodid saqlagan eritmalar ketma-ket ulangan elektrolizyorlarga solinib, ular orqali o'zgarmas tok o'tkazilganda ikkinchi eritmadan 381 g yod ajraldi. Birinchi elektrolizyordagi katod va anodda hosil bo'lgan moddalar massalari yig'indisini (g) hisoblang.
A) 180 B) 171 C) 166,5 D ) 162
53. Kumush nitratning 510 g 10% li eritmasi elektroliz qilinganda anodda (inert elektrod) 11,2 l (n.sh.) gaz ajraldi. Elektrolizdan keyingi eritmaning (p=l,0 g/ml) molyarligini (mol/1) hisoblang.
A) 1,82 B) 0,26 C) 0,97 D) 0,65
54. Tarkibida 0,2 mol AuCl3 va 0,3 mol CuCl2 bo'lgan eritma orqali 965 sekund davomida 12 A tok o'tkazilganda anodda (inert elektrod) ajralib chiqqan modda hajmini (ml,n.sh.) hisoblang.
A) 168 B) 1344 C) 896 D) 112
55. Tarkibida 0,1 mol simob(II) xlorid va 0,2 mol mis(II) xlorid bo'lgan eritma orqali 4825 s davomida 10 A tok o'tkazilganda anodda (inert elektrod) ajralib chiqqan modda hajmini (1, n.sh.) aniqlang.
A) 6,72 B) 17,75 C) 5,6 D) 21,3
56. 500 ml 0,1 molyarli Cu(NO3)2 va 400 ml 0,2 molyarli AgNO3 eritmalarini aralashmasi 5 A tok kuchi bilan 1930 sekund davomida elektroliz qilindi. Elektroliz tugagandan keyin eritmadagi tuzning massasini (g) hisoblang.
A) 5,64 B) 3,76 C) 7,52 D) 9,40
57. 200 ml 0,1 M mis(II) nitrat va 300 mi 0,1 M kumush nitrat eritmalarining aralashmasi 4 A tok kuchi bilan 965 s davomida elektroliz qilindi. Elektroliz tugagandan keyin eritmadagi tuzning massasini (g) toping.
A) 5,1 B) 3,76 C) 0,94 D) 2,82
58. Mis(II) nitrat va kumush nitratlarning 0,1 molyarli eritmalaridan 400 ml dan aralashtirilib, so'ngra 2 A tok kuchi bilan 1930 s elektroliz qilindi. Elektroliz tugagandan keyin eritmada qolgan tuzning massasini (g) toping.
A) 3,76 B) 11,28 C)7 ,5 2 D) 3,4
59. Mis(II) nitrat va kumush nitratlarning 0,1 molyarli eritmaiaridan 400 ml dan aralashtirilib, so'ngra 4 A tok kuchi bilan 1930 s davomida eiektroliz qilindi. Elektroliz tugagandan keyin eritmada qolgan tuzning massasini (g) toping.
A) 3,76 B) 11,28 C) 7,52 D) 3,4
60. Mis(II) nitrat va kumush nitratlarning 0,2 molyarli eritmalaridan 200 ml dan aralashtirilib, so'ngra 0,03 faradey tok bilan elektroliz qilindi. Elektroliz tugaganidan keyin eritmada qolgan nitrat kislotarning massasini (g) hisoblang.
A) 2,52 B) 1,89 C) 3,78 D) 5,04
61. 500 ml 0,1 molyarli Cu(NO
3)
2 va 400 ml 0,2 molyarli AgNO
3 eritmalarining aralashmasi 5 A tok kuchi bilan elektroliz qilindi. Elektroliz tugagandan keyin eritmada 7,52 g tuz qolgan bo'lsa, sarflangan vaqtni (s) hisoblang.
A) 1930 B) 3860 C) 965 D) 2895
62. Natriy xlorid va natriy yodid eritmalari solingan parallel ulangan elektrolizer orqali doimiy elektr toki o‘tkazilganda ikkinchi eritmadan 38,1 g yod ajraldi. Birinchi elektrolizerdagi katod va anodda hosil bo'lgan mahsulotlar massalari yig'indisini (g) hisoblang.
A) 10,95 B) 21,9 C) 7,4 D) 5,47
63. 195 g 6% li natriy xlorid va 500 g 9% li natriy yodid eritmalar bo’lgan, parallel ulangan elektrdlizerlar orqali doimiy elektr toki o'tkazilganda, ikkinchi eritmadan 38,1 g yod ajraldi. Birinchi elektrolizerdagi katod va anodda hosil bo`lgan mahsulotlar massalari yig'indisini (g) hisoblang;
A) 10,95 B) 8,2 C) 7,4 D) 11,25
64. 500 g 7,45% li kaliy xlorid va 1000 g 11,62% li kaliy yodid eritmalar bo'lgan, parallel ulangan elektrolizerlar orqali doimiy elektr toki o'tkazilganda, ikkinchi eritmadan 88,9 g yod ajraldi. Birinchi elektrolizerdagi katod va anodda hosil bo'lgan mahsulotlar massalari yig'indisini (g) hisoblang.
A) 18,25 B) 8,2 C) 25,55 D) 20,05
65. Mis(II) sulfat bilan kadmiy sulfatdan iborat 7,36 g aralashma suvda eritildi. Mis bilan kadmiyni batamom ajratib olish uchun eritma 1544 s davomida 5 A tok kuchi bilan elektroliz qilindi. Boshlangich aralashmadagi moddalarning massasini (g) aniqlang.
A) 2,8; 4,56 B) 3,2; 4,16
C) 3,68; 3,68 D) 1,86; 5,5
66. Mis(II) sulfat va kadmiy sulfatdan iborat 5,28 g arar lashma suvda eritildi. Mis bilan kadmiyni batamom ajratib olish uchun eritma 193 minut davomida 0,5 A tok kuchi bilan elektroliz qilindi. Boshlangich aralashma tarkibidagi tuzlaming massasini (g) aniqlang.
A) 0,8; 4,48 B) 1,6; 3,68
C) 3,2; 2,08 D) 2,64; 2,64
67. Tarkibida MnSO4 bo‘lgan 74,8 g kristallogidrat suvda eritildi. Agar niarganesni batamom ajratib olish uchun eritmadan 5 A tok kuchi 15440 sekund davomida o‘tkazilgan bo‘lsa, elektroliz uchun olingan kristallogidratning formulasini toping.
A) MnSO
4∙2H
2O B) MnSO
4∙5H
2O
C) MnSO
4∙4H
2O D) MnSO
4∙H
2O
68. Tarkibida mis(II) nitrat va kumush nitrat bo`lgan 500 ml eritma orqali 3860 Kl elektr miqdori o‘tkazildi. Katodda har ikki inetaldan hammasi bo‘lib, 2,04 g ajralib chiqdi. Boshlangich eritmadagi tuzlarning konsentratsiyasini (mol/1) hisoblang.
A) 0,015; 0,01 B) 0,03; 0,02
C) 0,04; 0,03 D) 0,02; 0,01
69. CuSO4 va CdSO4 dan iborat 9,44 g aralashma suvda eritildi. Mis bilan kadmiyni batamom ajratib olish uchun eritma 1930 sekund davomida 5 A tok kuchi bilan elektroliz qilindi. Boshlang`ich aralashma tarkibidagi tuzlaming massasini (g) hisoblang.
A) 3,2;6,24 B) 6,4; 3,04
C) 4,8; 4,64 D) 2,4; 7,04
70. 400 g suvda Na2SO4 va CuSO4 aralashmasi eritildi. Misni batamom ajratib olish uchun eritmadan 4A tok kuchi 9650 sekund davomida o'tkazilgan bo'lsa, elektrolizga uchragan tuz massasini (g) hisoblang.
A) 32 B) 16 C) 40 D) 80
71. 800 g 5% li mis(II) sulfat eritmasining massasi 23,6 g ga kamayguncha elektroliz qilindi. Inert elektrodlarda ajralgan moddalar massasini (g) aniqlang.
1) katodda 16 g mis; 2) katodda 0,4
g vodorod; . 3) katodda. 6,4 g,mis;
4) anodda 4 g kislorod; 5) anodda 3,6 g kislorod; 6) anodda 7,2
g kislorod
A) 1,4 B) 1,2,6 C) 1,4,5 D ) 3,6
72. 800 g 8,5% li kumush nitrat eritmasining massasi 50 g ga kamayguncha elektroliz qilindi. Inert elektrodlarda ajralgan moddalar massasini (g) aniqlang.
1) katodda 43,2 g kumush; 2) katodda 46,6 g kumush; 3) katodda 0,2 g vodorod; 4) katodda 0,4 g vodorod; 5) anodda 6,4 g kislorod; 6) anodda 3,5 g kislorod
A) 1,4 B) 1,4,5 C) 1,6 D) 2,3,6
73. 607 g 10% li oltin(III) xlorid eritmasining massasi 96,7 g ga kamayguncha elektroliz qilindi. Inert elektrodlarda ajralgan moddalar massasini (g) aniqlang.
1) katodda 39,4 g oltin; 2) katodda 4 g vodorod; 3) katodda 19,7 g oltin; 4) anodda 10,65 g xlor; 5) anodda 32 g kislorod;
6) anodda 21,3 g xlor
A) 1,6 B) 2,5 C) 1,2,5,6 D) 2,3,4,5
74. 100 g 17 % li AgNO3 eritmasi inert elektrodlar yordamida elektroliz qilinganda elektrodlarda 38,6 g moddalar ajraldi. Eritmadan necha faradey tok o'tganini aniqlang.
A) 2,4 B) 0,9 C) 3,1 D) 1,2
75. 200 g 8,5 % li AgNO3 eritmasi inert elektrodlar yordamida elektroliz qilinganda elektrodlarda 29,6 g moddalar ajraldi. Eritmadagi necha faradey tok o'tganini aniqlang.
A) 0,4 B) 4,2 C) 0,9 D) 2,1
76. 400 g 16% li CuSO4 eritmasi elektroliz qilinganda anodda (inert elektrod) 17,92 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Elektroliz uchun sarflangan tok miqdorini (F) aniqlang.
A) 3,2 В) 3 C) 1,6 D) 1,5
77. Mis (II) -sulfat eritmasi bir xil massali mis elektrodlar bilan elektroliz qilindi. Agar katod va anodning massalari farqi 76,8 g ga teng bo'lsa, sarflangan faraday miqdorini toping.
A) 1,5 B) 2,4 C) 3 D) 1,2
78. 600 g noma’lum foizli mis (II) sulfat eritmasi elektroliz qilinganda hosil bo'lgan kislotaning massa ulushi dastlabki tuzning massa ulushiga teng bo'lsa, mis (II) sulfat necha foizli edi (tuzning hammasi elektroliz bo'lgan) ?
A) 70,5 B) 87,52 C) 80,5 D) 77,5
79. 300 g noma’lum foizli mis (II) sulfat eritmasi elektroliz qilinganda hosil bo'lgan kislotaning massa ulushi dastlabki tuzning massa ulushiga teng bo'lsa, mis (II) sulfat necha foizli edi (tuzning hammasi elektroliz bo'lgan) ?
A) 77,5 B) 80,5 C) 87,52 D) 70,5
80. 200 g kaliy yodidning 16,6% li
eritmasini to'la elektroliz kilib olingan eritmaga fosfat kislotaning 19,6% li eritmasidan 50 g qo'shilganda, kaliyning Qaysi tuzi hosil bo'ladi?
1) fosfat; 2) gidrofosfat; 3) digidrofosfat.
A) 1 B) 2,3 C) 3 D) 2
81. Kaliy gidroksid eritmasini 80,4 soat davomida 15 A tok ishtirokida elektroliz qilindi. Qolgan eritma massasi 195 g, konsentratsiyasi 30% li kaliy gidroksid ekanligi aniqlansa, boshlang'ich eritmadagi ishqor konsentratsiyasini (%) hisoblang.
A) 5,8 B) 19,5 C) 39 D) 9,75
82. 100 g kaliy sulfat eritmasida kaliy sulfatning massa ulushi 0,082. Shu eritma elektroliz qilinganda anoda 5,6 l (n.sh.) gaz ajralib chiqdi. Elektrolizdan keyingi eritmaning foiz konsentratsiyasini toping.
A) 12,8 B) 9 C) 14 D) 18
83. KNO3 ning massasi 872 g bo'lgan 9,17% li eritmasi elektroliz qilinganda, anodda 61 / kislorod ajralib chiqdi (t=21 ℃
P = 80,11kPa). KNO
3 ning elektrolizidan keyingi massa ulushini (%) toping.
A) 8,85 B) 9,99 C) 8,96 D ) 7,86
84. 400 ml (p=l,2 g/ml) 0,75M li Na2SO4 erit masiga 156 ml suv qo‘shildi va 8 A tok kuchi bilan 48250 sekund davomida elektroliz qilindi. Hosil bo'lgan eritmaning konsentratsiyasini (%) toping.
A) 3,55 B) 28,4 C) 7,1 D) 14,2
85. 12 ml HNO
3 eritmasi (
p=2) Orqali 2 A tok kuchi 16,08 soat davomida o'tkazilganda suvning qancha (mol) miqdori elektrolizga uchraydi?
A) 10,8 B) 1,2 C) 0,6 D) 1
86. 2 mol litiy galogenidi saqlagan suvli eritma 7 F tok bilan elektroliz qilinganda anodda 111 g modda(lar) ajraldi. Galogenni aniqlang.
A) brom B) yod C) ftor D) xlor
87. Qanday hajmdagi (ml) 2 M li CuSO4 eritmasi elektroliz qilinganda 28 I (n.sh.) kislorod va 33,6 l (n.sh.) vodorod ajraladi?
A) 600 B) 500 C) 250 D) 1000
88. Qanday hajmdagi (ml) 2 M li CuSO4 eritmasi elektroliz qilinganda 39,2 l (n.sh.) kislorod va 56 1 (n.sh.) vodorod ajraladi?
A) 600 B) 500 C) 250 D) 1000
89. 200 g X % li CuSO4 eritmasi orqali 4 F tok o‘tkazilganda katodda 33,6 litr (n.sh.) gaz ajraldi. X ning qiymatini aniqlang.
(elektrod inert)
A) 40 B) 20 C) 50 D) 60
90. 250 g CuSO4 eritmasi tuz tugaguncha elektroliz qilinganda eritma massasi 24% ga kamaydi. Ajralgan gaz hajmini (1, n.sh.) aniqlang. (elektrod inert)
A) 11,2 B) 13,44 C) 5,6 D) 8,4
91. 392 g 20 % li xrom (III) -sulfat eritmasi elektroliz qilinganda hosil bo'lgan eritma massasi 373,2 g ni tashkil etdi va inert elektrodlarda 10,08 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Elektroliz jarayonida hosil bo'lgan kislota massasini (g) hisoblang.
A ) 58,8 B) 39,2 C) 44,1 D ) 29,4
92. 588 g 15% li xrom (III) - sulfat eritmasi elektroliz qilinganda inert elektrodlarda 10,08 litr (n.sh.) gaz ajraldi va 569,2 g eritma olindi. Elektrolizdan so'ng eritmada necha gramm tuz mavjud?
A) 39,2 B) 24,5 C) 19,6 D) 49
93. 100 g 45% li natriy yodid eritmasining nia'lum qismi elektroliz qilindi. Hosil bo'lgan eritmaga yetarli miqdorda kumush nitrat eritmasi quyilganda umumiy massasi 58,6 g cho'kma ajraldi. Elektroliz uchun sarflangan faradey miqdorini aniqlang.
A) 0,05 B ) 0,1 C) 0,2 D ) 0,15
94. 100 g 45% li natriy yodid eritmasi elektroliz qilinganda katodda 1,12 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Hosil bo'lgan eritmaga yetarli miqdorda kumush nitrat eritmasi quyilganda necha gramm cho'kma(lar) ajraladi?
A) 58,6 B) 53,6 C) 46,7 D ) 68
95. 250 g 19,5 % li simob (II) -nitrat eritmasi elektroliz qilinganda, eritma massasi 50,55 g ga kamaydi. Elektroliz jarayonida ishtirok etgan suv massasini (g) hisoblang.
A) 11,7 B) 12,6 C) 20,7 D) 19,8
96. 400 ml (p= 1,2 g/ml) 0,75 M li Na2SO4 eritmasiga 147 ml suv qo'shildi va 7,5 A tok kuchi bilan elektroliz qilinganda 7,1% li eritma hosil bo'ldi. Eritma necha sekund davomida elektroliz qilingan?
A) 19300 B) 38600 C) 48250 D) 96500
97. FeSO4 eritmasi inert elektrodlar bilan ele ktroliz qilinganda katod massasi 14 grammga ortib, eritina massasi 27 grammga kamaygan bo'lsa, eritmadan necha farad (F) tok o'tgan?
A) 2 B) 1,5 С) 1 D) 0,5
98. 100 g 35,1 % li natriy xlorid eritmasi elektroliz qilinganda inert elektrodlarda 4,48 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Hosil bo'lgan eritmada aluminiy eritilganda necha litr (n.sh.) gaz ajraladi?
A) 4,48 B) 13,44 C) 6,72 D ) 20,16
99. 3 M li (p=l,2) Cu(NO3)2 eritmasi elektroliz qilinganda 39,2 litr (n.sh.) kislorod va 44,8 l (n.sh.) vodorod ajralsa, dastlabki eritma hajmini (ml) aniqlang?
A) 600 B) 500 C) 1200 D) 1000
100. 2,5 M li (p=l,25) Cu(NO3)2 eritmasi elektroliz qilinganda 56 litr (n.sh.) kislorod va 44,8 l (n.sh.) vodorod ajralsa, hosil bo'lgan eritma (p=1,2) konsentratsiyasini (mol/l) aniqlang?
A) 2,9 B) 15,4 C) 5,9 D) 3,1
101. 8 A tok kuchi bilan 48250 sekund davomida 2 M li CuSO4 eritmasi elektroliz qilinganda 44,8 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Dastlabki eritma hajmini (ml) aniqlang?
A) 600 B) 1000 C) 250 D) 500
102. 10 A tok kuchi bilan 48250 sekund davomida 2,5 M li CuSO4 eritmasi elektroliz qilinganda 39,2 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Dastlabki eritma hajmini (mi) aniqlang?
A) 800 B) 1000 C) 1600 D) 500
103. 2,5 M li eritma hosil qilish uchun 2 M li K2SO4 eritmasini anodda 187 l (n.sh.) gaz ajralguncha elektroliz qilindi. Dastlabki eitma hajmini (I) aniqlang?
A) 1 B) 1,2 C) 1,5 D) 0,3
104. 2,76 M (p=l,2) li eritma hosil qilish uchun 2 M li (p=1,2) CuSO4 eritmasi 132 gr ga kamayguncha elektroliz qilindi. Hosil bo'lgan eritma massasini (gr) aniqlang?
A) 347 B) 579 C) 447 D) 479
105. 500 g suvda 60,4 g Na2SO4 va CuSO4 araiashmasi eritildi. Misni batamom ajratib olish uchun eritmadan 4 A kuchga ega bo‘lgan tok 9650 sekund davomida o'tkazilgan bo‘lsa, boshlang‘ich aralashma tarkibidagi tuzlarning massasini (g) hisoblang.
A) 21,3; 39,1 B) 42,6; 33,8
C) 35,5; 24,9 D) 28,4; 32
106. 500 g suvda 60,4 g Na2SO4 va CuSO4 aralashmasi eritildi. Misni batamom ajratib olish uchun eritmadan 4 A kuchga ega bo'lgan tok 9650 sekund davomida o'tkazilgan bo'lsa, eritmada qolgan tuzning massa ulushini (%) hisoblang.
A) 2,91 B) 5,22 C) 3,54 D) 8,43
107. 747,6 g suvda 76,4 g Na2SO4 va CuSO4 aralashmasi eritildi. Misni batamom ajratib olish uchun eritmadan 5 A kuchga ega bo'lgan tok 11580 sekund davomida o'tkazilgan bo'lsa, hosil bo'lgan eritmadagi (p=l,25 g/ml) natriy sulfatning molyarligini hisoblang.
A) 0,1 B) 0,2 C) 0,4 D ) 0,3
108. 458,7 g suvda 73,3 g Na2SO4 va CdSO4 aralashmasi eritildi. Kadmiyni batamom ajratib olish uchun eritmadan 2 A kuchga ega bo'lgan tok 24125 s davomida o'tkazilgan bo'lsa, elektrolizdan so'ng eritmadagi
(p=l,25 g/ml) sulfat ionining konsentratsiyasini (mol/1) hisoblang.
A) 0,4 B) 1,0 C) 3,8 D) 7,68
109. Uchta kulonometrdan elektr toki o'tkazildi. Elektroliz jarayonida Ni kulonometr katodining massasi 1,16 g ga, ikkinchi kulonometr katodining massasi esa 1,3 g ga uchinchisiniki 2,24 g ga ortdi. Ikkinchi va uchinchi kulonometrlarning elektrodlari qaysi metallardan yasalganligini aniqlang. (Ar(Ni) =58)
A) Zn; Cd B) Cd; Ag С) Си; Cd D) Mg; Fe
110. Uchta kulonometrdan elektr toki o'tkazildi. Elektroliz jarayonida Cu kulonometr katodining massasi 0,24 g ga, ikkinchi kulonometr katodining massasi esa 0,42 g ga, uchinchisiniki 0,81 g ga ortdi. Ikkinchi va uchinchi kulonometrlarning elektrodlari qaysi metallardan yasalganligini aniqlang.
A) Cu; Cd B) Cd; Ag C) Mg; Fe D) Zn; Cd
111. Uchta kulonometrdan elektr toki o'tkazildi. Elektroliz jarayonida Fe kulonometr katodining massasi 0,42 g ga, ikkinchi kulonometr katodining massasi esa 0,48 g ga, uchinchisiniki 0,84 g ga ortdi. Ikkinchi va uchinchi kulonometrlarning elektrodlari qaysi metallardan yasalganligini aniqlang.
A) Mg; Fe В) Cu; Cd C) Zn; Cd D) Cd; Ag
112. MeSO4+H2O=Me+O2+H2SO4 elektroliz reaksiya tenglamasi asosida 150 g 64,4% li MeSO4, eritmasi 1,5 F tok bilan elektroliz qilindi. Bunda tarkibida 10,85 mol atom tutgan eritma hosil bo‘ldi. Katodda ajralgan metall massasini (g) aniqlang.
A) 39 B) 19 C) 0,3 D) 39,3
113. 21% nikel tutgan
NiSO
4∙nH
2O kristallogidrati 710,08 g suvda ertilganda hosil bo‘lgan eritmaning 200 gramidan nikelni batamom ajtatib olish uchun 4 soat davomida 1,072 A tok kuchi o'tkazilgan bo'lsa, qolgan eritmaning konsentratsiyasini (%) aniqlang. (MrNi=59)
A) 4,04 B) 4,44 C) 3,92 D) 6 ,2