Mavzuga doir yopiq masalalar
1. Tuzlarga bittadan misol keltiring, bunda ularning eritmalari va suyuqlanmalari elektrolizi: a) bir xil, b) har xil mahsulotlar bersin.
2. Quyidagi moddalarning suvli eritmalari va suyuqlanmalari (qaysida mumkin bo’lsa) elektroliz tenglamasini keltiring: CuCl2; AgNO3; MgSO4; NaOH; CaCl2; H2SO4.
3. Mis(II) nitratning suvli eritmasining inert elektrodlar bilan elektrolizi natijasida eritmada ikki xil holatda qanday mahsulotlar bo’lishini taqqoslang: a) tuz to’liq elektrolizlangandan so’ng elektrodlar darhol eritmadan chiqarib olingan; b) tuz to’liq elektrolizlangandan so’ng ma’lum vaqt elektrodlar eritmada qoldirilgan.
4. Kalsiy xlorid eritmasi elektrolizida katodda 5,6 g vodorod ajraldi. Anodda qanday gaz va qancha massada ajralgan?
5. Mis sulfatning suvli eritmasi orqali 5,36A doimiy tok o’tkazilganda katodda 6,4 g mis cho’kishi uchun zarur vaqtni aniqlang.
6. Aluminiy oksid eritmasi orqali 3 soat davomida 16A doimiy tok o’tkazildi. Katodda ajralgan aluminiy massasini hisoblang.
7. O’yuvchi natriy suvli eritmasi 268 soat 10A tok bilan elektroliz qilindi. Elektroliz tugagandan so’ng 100 g 24%-li natriy gidroksid eritmasi qoldi. Eritmaning boshlang’ich konsentratsiyasini toping.
8. 30 minut davomida 6,4A doimiy tok noma’lum metall xloridi suyuqlanmasi orqali o’tkazilganda katodda 1,07 g metall ajraldi. Elektroliz qilingan tuzning tarkibini aniqlang.
9. 400 g 8%-li mis(II) sulfat eritmasi elektrolizi eritma massasi 20,5 g ga kamaygunga qadar davom ettirildi. Elektroliz tugagandan so’ng olingan eritmadagi birikmalarning masa ulushini va inert elektrodlarda ajralgan moddalar massasini hisoblang.
10. 5%-li mis(II) sulfatning suvli eritmasi elektrolizi erigan moddaning massa ulushi 7% ga teng bo’lgunga qadar davom ettirildi. Bir grafikda inert elektrodlarda ajraladigan barcha moddalarning massasini vaqtga bog’liqligini tasvirlang. Ikkinchisida esa eritmaning massasini vaqtga bog’liqligini (xuddi shunday vaqt masshtabli grafikda) tasvirlang. Keltirilgan grafiklarning o’ziga xos sifatini tushuntiring.
11. Bir asosli karbon kislotaning kaliyli tuzi suvli eritmasi elektrolizida anodda gaz va qattiq modda, 93,5% uglerod saqlovchi, hosil bo’ldi. Noma’lum tuzni nomini ayting va elektroliz tenglamasini yozing.