1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni


Ya. Strelyau metodikasi kaliti



Yüklə 158,86 Kb.
səhifə38/64
tarix22.06.2022
ölçüsü158,86 Kb.
#62068
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64
eksperimental psixologiya

Ya. Strelyau metodikasi kaliti
Javoblar mos kelsa - 2 ball
Mos kelmasa - 0 ball
Javob berishga qiynalsa - 1 ball


<42-balldan past bo‘lsa ushbu xususiyatning yaxshi mujassamlashmaganligini ifodalaydi.
>42-balldan katta bo‘lsa ushbu xususiyatning yaxshi mujassamlashganligini ifodalaydi.
(Fq)<42, melanxolik
(Fq)>42, psixologik faoll, ko‘ra uzoq vaqt davomida barqaror mehnat qila olish imkoniyatiga ega. Ijtimoiy mehnatni bajarishga ancha mas’uliyatli.
Muvozanatlashganlik kuchi: A= Fh/(Fq)
Agar Fh/(Fq) ning qiymati 1 ga teng bo‘lsa shunchalik muvozanatlashganlik yuqori.
0,85-1,15 oralig‘idan muvozanatlashganlik
Agar ushbu chegaradan chetga chiqsa yoki 0,85 past bo‘lsa bu toifa odam
qo‘zg‘alishga nisbatan muvozanatsiz.
1.15-muvozanatsiz tormozlanish etakchilik qiladi.


51,88.O’zbekistonda eksperimental psixologiyaning rivojlanishi
Daslabki pedagogik va psixologik fikrlar markazi 1918-yili Toshkent va keyinchalik Chimkent shahrida tashkil qilingan. Pedagogika muzeyi va pedagogik laboratoriya universal o‘quv tarbiya muassasasi bo‘lib ta’lim- tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan hamma vazifalarni qamrab oladi. Buning natijasida yordam ta’lim metodlari ishlab chiqarilgan, shu erning o‘zida sinalgan va respublikaning boshqa o‘quv muassasalariga tarqatilgan. Ishning bunday tashkil qilinganligi tadbiq qilishga imkon bergan. Pedagogik laboratoriya haqida Nizomda bu joy pedagogik fikr va ishning markazi bo‘lishi lozim
1927-yil Samarqanddagi o‘zbek pedagogika institutida (pedakademiya) eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qilgan. 1940-yilda u pedagogika institutlari talabalari uchun psixologiyadan birinchi o‘quv qo‘llanmasini nashr qilgan. Keyinchalik 1934-yili Samarqand pedagogika institutining o‘zbek davlat universitetiga aylantirishi munosabati bilan P.Ivanov o‘z laboratoriyasi bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga ko‘chib o‘tadi. Pedagogika o‘quv muassasalarida ilmiy pedagogik potensialning etishmasligi tufayli dastlabki psixologiya darslari tarjimonlar yordamida olib borilgan, keyinchalik bu tarjimonlarning o‘zlari mustaqil ravishda psixologiyadan o‘zbek tilida ma’ruzalar o‘qiy boshlashgan. Aliaskar Usmonov, Toxiriyxon Askarxo‘jaev, Bayburova, Raxmatova va boshqalar o‘zbek tilida dars o‘tuvchi psixologiya o‘qituvchilari bo‘lishgan. P.Ivanovning (1891-1968) psixologiyaga oid 75 dan ortiq ilmiy ishlari nashr qilingan. Uning 1927-yilda nashr qilingan “Umumiy pedagogika” bo‘yicha qisqa ocherk, “Maktabshunoslik” tarbiyaning umumiy metodlari 1940-yillar va 1954-yillarda “Umumiy psixologiya”, 1962-yilda “Ta’limning psixologik asoslari” kabi asarlari O‘zbekistonda psixologiya fani rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shdi. SH.A. Boyburova, Usmonov kabilar bevosita uning rahbarligida faoliyat ko‘rsatishdi. 1959-yil uning rahbarligida M.G.Davletshin, Bekboev, Muzaffarovlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi. 1963-yil O‘zbekistonda psixologiyadan birinchi bo‘lib Krasnoboev Ilya Berovich (1896-1963) Toshkent Davlat universiteti filologiya fakulteti logika va psixologiya kafedrasi mudiri “Yuqori sinf o‘quvchilarida e’tiqod, axloqiy tushunchalarni shakllanishi” mavzusidagi doktorlik ishini himoya qildi. Krasnoboevni ilmiy faoliyati 20- yillarda O‘zbekistonda tadqiqotlar bilan bog‘liq uning rahbarligi ostida logika va psixolgiya kafedrasi azolari: 3. Mo‘minova, V.Ya.Maros, A.Abdusattorov, V.I.Sofer, A.Gulyamov, R.V. Galyamov, A.A. Erstifirovlar turli xil ob’yektlarda psixologiya va logika bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarini olib bordilar. Bu tadqiqotlar O‘zbekistonda xalq ta’limi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga yordam berdi. M.Voxidov (1927-1989) 1955-yilda Leningradda nomzodlik ishini himoya qilgan. Dastlab Andijon pedagogika institutida, so‘ngra Qori Niyoziy nomidagi pedagogika ilmiy tadqiqotlar institutida ishlagan. 1966-yil Toshkent Davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi mudiri etib saylangan. 1973-yili Ministrlar Soveti topshirig‘iga binoan tarix fakulteti tarkibida tashkil etgan. P.S.Zimin, L.I.Sofer ishtirokida va markazning iste’dodli olimlari yordamida bu erda o‘quv eksperimental laboratoriya tashkil qilingan. M.Voxidov tomonidan maktabgacha pedagogika bilim Yurtlari uchun, pedagogika institutlari uchun darsliklar yozilgan, oxirgi yillarda M.Voxidov, A.Petrovskiy tahriri ostidagi “Umumiy psixologiya” darsligini tarjima qilingan va ayni paytda milliy va mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda o‘zbek tilida darslik yaratish bilan mashg‘ul bo‘ldi.Bu fan rivojlanishida o‘zbek psixologlari M.G.Davletshin, M.Voxidov, G‘.B.Shoumarov, V.M.Karimova, E.G‘.G‘oziev, R.I.Sunnatova, B.R.Qodirov, J.Azimov, R.Gaynutdinov, Sh.R.Baratov, Z.T.Nishonova, K.Mamedov, N.S.Safaev va boshqa olimlarning hissasi katta. Hozirgi kunda psixologiya fanining turli tarmoqlari,jumladan psixodiagnostika ham rivojlanmoqda.



Yüklə 158,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin