1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni


Kasbiy layoqatni eksperimental o’rganish



Yüklə 158,86 Kb.
səhifə45/64
tarix22.06.2022
ölçüsü158,86 Kb.
#62068
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64
eksperimental psixologiya

65.Kasbiy layoqatni eksperimental o’rganish
Kasbiy layoqatni (yarog‗lilikni) aniqlashda odatda nazorat, sinash natijalari
qo‗llaniladi (masalan, duradgorning ish sifati, tezkorligi, vaziyatni payqashligi
va boshqalar). Ko‗pincha mutaxassisning layoqati ma‘muriy hujjatlarda o‗z
ifodasini topadi (muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi qayd qilinadi). Ba‘zan
kasbiy layoqatni o‗rganishda baxtsiz hodisalar (haydovchi, uchuvchi, mashinist,
operator va boshqa kasb egalarida) hisobga olinadi va shaxsning individual
xususiyatlari baholanadi.
Kasbiy layoqatni aniqlashda uquvchanlik kategoriyasidan (bilim olishga
nisbatan zehnlilik) foydalaniladi va o‗zlashtirish tezligi, kasbiy tayyorgarligi,
erishgan natijasi mezon rolini o‗ynaydi.
Psixologiya fanida kasbiy muvaffaqiyat, mahoratning qirralari ekspert
baholash metodi yordami bilan o‗lchanadi. Buning uchun balli shkala, juft
(qo‗sh) taqqoslash, tartibga keltirish (ranjirovka qilish) metodlari qo‗llaniladi.
SHkalaning sodda ko‗rinishi ball bilan baholashga mo‗ljallangan. SHkalani
baholash o‗ziga 5 tadan 7 tagacha gradatsiyani qamrab oladi. Miqdorning
kamligi uning differensiatsiyasini yanada kuchaytiradi, farqlar aniqligini
ta‘minlaydi.
Ba‘zi hollarda balli baholash grafik shkala tarzida ham uchraydi (kesma,
shakl, parametrik ko‗rinishi va hokazo). Lekin balli shkala kasbiy
muvaffaqiyatni baholashda ayrim nuqsonlarga ham ega. Ayniqsa, chet el
psixologiyasida qo‗llanilib kelinayotgan «galo-effekt» metodikasi bunga yaqqol
misoldir. Baholanuvchi bilan baholovchi munosabati bir nechta mustaqil
shkalalar negizida umumiylikka bog‗liq tarzda baholanadi. Natijada shaxsning
xilma-xil xususiyatlarini differensiyalash imkoni yo‗qoladi, yuzaki baholanish
jarayoni yuzaga keladi. Buning oqibatida orttirilgan va pasaytirilgan baholash
tiplari, ko‗rinishlari namoyon bo‗ladi.
Ammo, balli shkala baholash tizimini takomillashtirish uchun uning barcha
bosqichlardan, tarkiblardan tuzish ma‘qul. ęaqat shundagina yaqqol misollar,
namunalar negizida kasbiy faoliyatning turlicha samaradorligi namoyon bo‗ladi.
Jahon psixologiyasida keng qo‗llanilib kelinayotgan metodlardan biri – bu
kritik insidentdir. Muayyan o‗lchamlarga asoslangan holda ajratilgan insidentlar
tasniflanadi (klassifikatsiya qilinadi), ya‘ni tahlil qilish orqali insident xususiyati
aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda (u «pretranslyasiya» deb ataladi) birinchi
bosqichdagi mezonlarga asoslanib yangitdan tasnif qilinadi.
Kasbiy layoqatni o‗rganishning yana bir metodi tartibga keltirish
(ranjirovka qilish) deyiladi. Har xil vaziyatlarda kuzatilgan shaxslar kasbiy
layoqati darajasiga qarab muayyan tartibga solish, jihozlash mumkin. Birinchi
rang darajasiga kiritish uchun kasb sub‘ekti kasbiy mahoratning maksimal
ko‗rsatkichini namoyish qilishi lozim. Kamroq muvaffaqiyatga erishsa, u
navbatdagi rangga o‗tkaziladi.



Yüklə 158,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin