1. Etika fanining predmeti moxiyati va tuzilmasi


Etikaning kategoriyalari ,tamoyillari ,meyorlarining shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon bo’lishi



Yüklə 27,28 Kb.
səhifə3/3
tarix22.09.2023
ölçüsü27,28 Kb.
#147212
1   2   3
falsafa mustaqil ish

3.Etikaning kategoriyalari ,tamoyillari ,meyorlarining shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon bo’lishi .
Axloqshunoslikda inson xatti-harakatining ikki qutbi – axloqiylik bilan axloqsizlik holatlari tahlil va tadqiq etiladi. Axloqiylik – fazilatlarda, axloqsizlik esa – illatlarda namoyon bo`ladi. Bu ikki qutb – tushuncha kun-tun, oq-qora singari bir-birini inkor va ayni paytda, taqozo etgani holda mavjuddir. Zero, fazilat, Arastudan tortib Ibn Sinogacha bo`lgan qadimgi faylasuflar ta`kidlaganlaridek, ikki illat oralig`ida ro`y beradi. Chunonchi, adolat – zulm bilan mazlumlikning, saxiylik – isrofgarchilik bilan baxillikning, iffat – qizg`anchilik bilan rujuning o`rtalig`i sifatida voqe bo`ladi.
Fazilat va illatlar esa o`z navbatida axloqiy tushunchalarda namoyon bo`ladi. Axloqshunoslik fanida barcha tushunchalarni uch guruhga bo`lib o`rganishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Axloqiy bilish bilan real hayot o`rtasidagi eng muhim aloqa va munosabatlarni in`ikos ettiruvchi, axloq ilmining mezonini ifodalovchi tushunchalardir; ularni biz axloqshunoslikning mezoniy tushunchalari yoki kategoriyalari sifatida tushunamiz.
- Axloqiy tamoyillar
- Axloqiy me`yorlar
Shunday qilib zamonaviy axloqshunoslik axloqiy kategoriyalarni, tamoyillarni va me`yorlarni g`oyada muhim ekanligi ta`kidlagan holdaaxloqiy kategoriyalarni quyidagicha tasniflaydi.
Muhabbat bosh mezoniy tushuncha sifatida deyarli barcha asosiy tushunchalarda va tamoyillarda o`z “hissa”siga ega. Shu jihatdan atoqli tasavvufshunos Najmiddin Komilov: “Juda ko`p irfoniy tushunchalarning sharhi muhabbatga borib taqaladi”, - deydi.[1] Na ezgulikni, na vatanparvarlikni, na insonparvarlikni muhabbatsiz tasavvur etib bo`lmaydi. Muhabbat – insoniy mohiyatning erkin tarzda namoyon bo`lishidir, u zo`ravonlik yoki zo`rma-zo`rakilik bilan chiqisha olmaydigan hodisadir. U me`yorlar, an`analar, qonunlarga bo`ysunmaydi, lekin, yuksak axloqiylik ifodasi tarzida insonga ulkan mas`uliyat yuklaydi, uni jasoratga chorlaydi. Jadidchilik harakatining mashhur namoyondalaridan biri A.Avloniy “Muhabbat” tushunchasini quyidagicha a`riflaydi: “Muhabbat deb bir narsani suymakni aytilur. Dunyodagi insonlar mehr va muhabbat soyasida yasharlar. Muhabbatsiz kishi ishni ishlamakka g`ayrat va jasorat qilolmas. Muhabbatning obyekti doimo go`zallik, manfaatsiz go`zallik. U – Allohmi, Vatanmi, yormi – muhabbat egasiga undanda go`zalroq narsa yo`q. Ayni paytda bir obyektni sevgan kishi boshqa obyektlarni ham sevishi tabiiy. Deylik, yorga bo`lgan haqiqiy muhabbat Vatanga, insoniyatga muhabbatni inkor etmaydi, aksincha, barqaror qiladi. Inson o`zi o`zgaga aylanganida, o`zgani o`ziga aylantira olganida haqiqiy muhabbat egasi hisoblanadi. Muhabbat ham, axloqshunoslikdagi ko`pchilik tushunchalar kabi “juftlik” xususiyatiga ega, uning ziddi – nafrat. Nafrat tushunchasi muhabbatdan farqli o`laroq keng qamrovli emas. U aksil muhabbat tarzida namoyon bo`ladi, obyektdan chetlashishni, undan begonalashishni taqozo etadi. Hazar, jirkanish hissi, uning kundalik turmushdagi tor, “mayda” ko`rinishidir.
Ayni paytda nafrat g`azabdan keskin farq qiladi. Agar g`azabning asosida inson fe`lining salbiy holati – oniy badjahllik yotsa, nafrat uchun chuqur o`ylab ko`rilgan va qabul qilingan uzil-kesil qaror yotadi.
Baxt - tushunchasi ko’p ma’noli, har bir insonning o’ziga xosligi bilan bog`liq. Baxt haqidagi va baxtga olib boradigan vositalar to’g`risidagi aldamchi tasavvurlar natijasida insonning xohlagani – baxt deb o’ylagani aslida uni baxtsizlikka etaklashi mumkin. Lekin, har kimning baxti o’ziga xos bo’lishiga qaramay barchasi intilish va ehtiyoj nuqtai nazaridan umumiylikka ega. Faylasuf, insonni jinoyatdan axloq borasidagi «aqlli» gaplar emas, balki baxt asrab qoladi, deydi. Lekin u zodagonlarga xos dabdabali baxtni emas, oddiy odamlarning, ko’pchilikning baxtini bajarilgan ishdan keyin keladigan, zarur bo’lgan farovonlikdan lazzatlanish baxtini nazarda tutadi.
Insonparvarlik – axloqiy tamoyillarning eng qadimiy va eng muhimlaridan biri hisoblanadi. U – insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g`oyalar, qarashlar va e`tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo`lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga yengilms ishonch.
Insonparvarlik – umuminsoniy qadriyatlar sirasiga kiradi. Har bir shaxs insoniy huquqlarini ta`minlash uchun kurashishi – mana, insonparvarlikning asosiy vazifasi.
Erkparvarlik tamoyili ma`lum ma`noda insonparvarlikning muayyanlashgan bir qismi bo`lib hisoblanadi. Erkparvarlik insonning eng oily huquqi – erkin, ozod yashash huquqini himoya qilish bilan muhimdir.
Eng ma’lum va mashhur tamoyil, bu – vatanparvarlik. U insonning o’z Vataniga muhabbatini, uni asrab-avaylashga bo’lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Uni ko’pincha Vatan dushmanlariga qarshi ma’naviy-mafkuraviy qurol sifatidagina talqin etadilar.
Aslida esa, bu tamoyilning qamrovi ancha kеng – u insonparvalikning nisbatan muayyanlashgan shakli. U, eng avvalo, o’z vatandoshlari erkini asrash uchun kurash, inson ozodligi yo’lidan xatti-harakatlardir. Vatan himoyasi, bu – inson himoyasi, millat himoyasi.
Yana bir muhim axloqiy tamoyil, bu – millatparvarlik. U ma’lum ma’noda, vatanparvarlik tamoyilining yanada muayyanlashgan shakli. Zеro millatni sеvish kеng ma’noda Vatanni sеvish dеgani. Vatansiz millatning bo’lishi yoki rasmona erkin va baxtli yashashi mumkin emas.
Lеkin millatparvarlikni millatchilik bilan qorishtirib yubormaslik lozim. Millatchilik o’z millatini ajratib olib, unga buyuklik maqomini bеrishga intilish bo’lsa, millatparvarlik, boshqalarni kamsitmagan holda, o’z millati ravnaqi uchun kurashish, bu yo’lda, lozim bo’lsa, o’z hayotini ham fido qilish dеmakdir. U insonparvarlik bilan ham chambarchas bog’liq. Chunki o’z millatini chin dildan sеvmagan odam hеch qachon boshqa millatlarni sеva olmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  1. I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”

  2. Jumaboyev “O’zbekistonda falsafa va axloqiy fikrlar taraqqiyoti tarixidan”

  3. Yusupov “Inson kamolotning ma’naviy asoslari”

  4. www.wikipedia.uz

  5. www.tdpu.uz

  6. www.hozir.org

Yüklə 27,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin