1. Etika va uning turlari. Javobi: Etika



Yüklə 58,79 Kb.
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü58,79 Kb.
#166555
  1   2   3
Xabialiyev Oybek


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



KAFEDRA:Ijtimoiy fanlar.
FAN NOMI:Biznes etikasi.

JORIY NAZORAT №1

Bajardi: SMMT-78 guruh talabasi Xabialiyev Oybek
Qabul qildi:__________________________________

TOSHKENT-2023
1.Etika va uning turlari.
Javobi: Etika (qadimgi yunoncha: ἠθική [φιλοσοφία] — „axloq falsafasi“, ἤθος (ētos) — „odat“) shaxs yoki jamiyat odatlarini, axloq normalarini oʻrganuvchi hamda belgilovchi falsafiy tadqiqotdir. U „toʻgʻri“-"notoʻgʻri", „yaxshi“-"yomon" tushunchalarini tahlil qiladi. Etika meta-etika (etika konseptlari), normativ etika (etik qiymatlarni belgilash) va amaliy etika (etik qiymatlarni ishlatish) boʻlimlaridan iborat. Etika axloqshunoslikning falsafiy-nazariy muammolarini va axloqqa doir didaktikamaliy asarlarni oʻz ichiga oladi. U insoniyat oʻz tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy qonunqoidalarni oʻrgatadi.
Etikaning quyidagi mezoniy tushunchalari — kategoriyalari bor: fazilat va illat, yaxshilik va yomonlik, halollik, rostgoʻylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus, ideal, baxt, hayotning maʼnosi va boshqalar Axloq inson va jamiyat hayotining barcha (shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va h.k.) jabhalarini qamrab olganligi tufayli uni oʻrganuvchi etika barcha fanlar bilan aloqador. Ayniqsa, uning maʼnaviyat tizimidagi fanlarga taʼsiri katta. Etikaning estetika bilan bogʻliqligi sanʼat vositasida roʻy beradi; har bir sanʼat asarida axloqning dolzarb muammolari koʻtariladi, sanʼatkor oʻz davri axloqiy darajasini va unga munosabatini badiiy qiyofalar orqali bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi. Demak, estetika oʻrganayotgan har bir badiiy asar ayni paytda etika nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan boʻladi. Etikaning dinshunoslik bilan munosabati har ikkala fanning axloqiy mezonlar muammosini hal etishga qaratilgani bilan bogʻliq. Bunda din — vosita, axloq — maqsad tarzida namoyon boʻladi. Har bir dinning muqaddas kitobi xudoning bandalarini ham eʼtiqodiy, ham axloqiy insonlar qilib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan. Shuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi; farq shundaki, etika bu muammoga zamonaviy tarbiya nuqtai nazaridan yondashadi. Etika huquqshunoslik bilan chambarchas bogʻliq; koʻp hollarda axloqiy va huquqiy meʼyorlar mohiyatan bir xil boʻladi, ular faqat yondashuvda — sanksiyalarning joriy etilishidagi usul orqali farqlanadi. Shunga koʻra, axloqni jamoatchilik asosidagi huquq, huquqni esa qonuniylashtirilgan axloq deb atash mumkin. Etikaning huquqshunos odobi deb atalgan maxsus sohasi ham mavjud. Etika oʻzining nazariy va ayniqsa, amaliy jihatlari bilan ped. fanining asosi hisoblanadi; taʼlim tizimidagi taʼlimtarbiya oʻzini har qadamda axloqiy tarbiya sifatida namoyon qiladi. Shuningdek, etika psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya kabi qator fanlar bilan ham mustahkam aloqador, ular muammolarini hal qilishda axloqiy nuqtai nazar, axloqshunoslik nazariyalari muhim ahamiyatga ega.
Oʻzbek milliy etikasi boshqa falsafiy fanlar kabi mintaqaviy tabiatga ega boʻlib, uning ildizlari Avestot borib taqaladi. Avestoda ilgari surilgan 3 fazilat — ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal yaxlitligidan iborat axloqiy gʻoya barcha davrlar oʻzbek etikasi uchun umumiy tadqiqiy asos boʻlib keldi. Tasavvufiy etikada mazkur yaxlitlik 4 fazilat yaxlitligi (ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal va maʼrifat) shaklida namoyon boʻldi (Aziziddin Nasafiy, Koshifiy). Naqshbandiya tariqati axloqshunosligida esa asosiy eʼtibor insonning zamon va makondagi roliga, axloqiy xattiharakatning zamon ehtiyojlarini hisobga olishi, ilohiy va insoniy fazilatlarning uygʻunligi masalasiga qaratildi (Bahouddin Yaaqshband, Alisher Navoiy). Oʻrta asrlar oʻzbek etikasida nazariy fikrlar bilan pandnoma usulidagi hikoyatlar omuxtaligi koʻzga tashlanadi (Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Yassaviy, Poshshoxoja). Bu jihatdan temuriylar davridagi pandnomalar, ayniqsa, Navoiyning „Mahbub ulqulub“ asari noyob hisoblanadi. Keyingi davrlardagi eng eʼtiborli pandnoma Gulxaniyshsht „Zarbulmasal“ asaridir. Jadidchilik harakati davrida axloqshunoslikka eʼtibor yanada kuchaydi; jadidlar milliy ozodlikka erishish yoʻlini xalq axloqiy darajasini va maʼrifatni yuksaltirishda koʻrdilar; Anbar Otinning „Qarolar falsafasi“, Avloniyshtg „Turkiy Guliston yoxud axloq“, Fitratnit „Najot yoʻli“, „Oila“ asarlarida shaxs axloqiy hayotining jamiyat taraqqiyotiga taʼsiri, yangicha turmush tarzining axloqiylik bilan bogʻliqligi masalalari koʻtarildi. Axloqiylikni sinfiylik va partiyaviylik kabi tamoyillarga boʻysundirgan shoʻrolar davri etikasi soxta fan sifatida oʻz vazifasini oʻtay olmadi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng, kechmish axloqiy qadriyatlari, anʼanaviy urf-odatlar, milliy va axloqiy tamoyil hamda meʼyorlar jamiyatda oʻz oʻrnini egallagach, etika fani ham taraqqiyot yoʻliga kirdi, etika tarixi va nazariyasiga doir yirik tadqiqotlar eʼlon qilindi (Y.Jumaboyev, E.Yusupov). Oʻzbekiston milliy untida etika va estetika kafedrasi mavjud; barcha oliy oʻquv yurtlarida etika fani oʻqitiladi. Hozirgi paytda olimlar (X.Shayxova, A.Sher, F.Zagritdinova, M.Mahmud va boshqalar) etika tarixi va nazariyasining dolzarb muammolariga doir yangi tadqiqotlar olib bormoqda.


Yüklə 58,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin