1. etnopedagogikada insonparvarlik tarbiyasi xususida. Imon e'tiqod tarbiyasining mazmuni



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə1/3
tarix28.03.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#90791
  1   2   3
XALQ PEDAGOGIKASIDA INSONPARVARLIK TARBIYASINING ULUG\'LANISHI (3)


XALQ PEDAGOGIKASIDA INSONPARVARLIK TARBIYASINING ULUG'LANISHI
REJA:


1. ETNOPEDAGOGIKADA INSONPARVARLIK TARBIYASI XUSUSIDA.
2.IMON E'TIQOD TARBIYASINING MAZMUNI.
3. MAKTAB O’QUVCHILARIDA IMON-E'TIQOD TARBIYASINI SHAKLLANTIRISH YO’LLARI.
4. IMON-E'TIQOD TARBIYASINI TARKIB TOPTIRISHDA XALK OGZAKI IJODI, QUR'ON VA HADISLARNING TUTGAN O’RNI.


Etnopedagogikada insonparvarlik tarbiyasi xususida

Etnopedagogikada insonparvarlik tarbiyasi xalq pedagogik qarashlarining negizini tashkil etadi. Umuman, etnopedagogika manbalarida tasvirlangan barcha obrazlarda insonparvar shaxslar ijobiy obraz sifatida tasvirlanadi.



Xalq pedagogikasida insonparvarlik ruxidagi g’oyalar(gumanizm), avvalo, sevgi, oila, bolalar, ota-onalar, qarindosh-urug’lar, qo’ni-qo’shnilar, do’stlar va butun halqqa bo’lgan munosabatlar doirasida ko’p asrlar davomida shakllangan.
Ma‘lumki, Respublikamizda chinakam insonparvarlik siyosati milliy istiqlol davrida amalga oshirilmoqda. o’zbekiston aholisi milliy tarkibining o’ziga xosligi, ko’pmillatligi, aholi tarkibining 60 % dan ortig’i bolalar ekanligi, ajdodlar yashab kelgan yurtda ularning tarixan turg’un hayot kechirishi va boshqalar insonparvarlik tarbiyasini yanada kuchaytirishni taqoza etayotir. Shuning uchun Respublikamizda xalqqa siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini o’zi tanlash huquqi berilgan. o’zbekistonda tug’ilgan va yashayotgan har bir kishi teng huquqli fuqaro sifatida yashamoqda. Mamlakatda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson manfaatiga qaratilgan. Bu yo’nalish kelajakda ham rivojlanib boradi. Shuning uchun kelajagi buyuk davlatimizning istiqboldagi egalarini haqiqiy insonparvar, komil shaxslar kilib tarbiyalashimiz kerak.
Insonparvarlik tuyg’usini tarbiyalash xalq pedagogikasida, avvalo, oilada va oilaviy munosabatlarda amalga oshirilishi zarur deb ko’rsatiladi. Agar bu fikrni hozirgi zamon pedagogik mezonlari doirasida bayon etsak, xalq o’z amaliy hayotida shunga amin bo’lganki, oilada bolaga tarbiyaviy ta‘sir etish uchun xalq pedagogikasi tarbiya metodlarini belgilashda tashabbuskor bo’lishi lozim: u bolaning dam olishi, o’quv va mehnat mashg’uloti, ota-ona va qarindoshlar, qo’ni-qo’shnilar bilan munosabat tarzini belgilab berishi kerak. Ayniqsa, oilaviy munosabatlarni to’g’ri o’rnatish g’oyat nozik ish. Unda ota-onaning tarbiyachilik vazifasi amalga oshadi. Oilada bola oila a‘zolariaro insonparvarlik tuyg’ularini sezadi. Qarindosh-urug’larga nisbatan odamiylik munosabatlari axloqini his etadi. Ularga nisbatan mehribonlik, izzat-hurmat, insonparvarlik tuyg’ularini tuyadi va buning oqibatida xalq ommasiga bo’lgan muhabbati o’sadi. Yoshlar orasidagi sof do’stlik tuyg’ulari sevgiga aylanadi. Xalq pedagogikasi: “Faqat ilk sevgi - haqiqiydir”, - deb ta‘lim beradi. “Sevgi – maslahat so’ramaydi”, va “Sevgi – o’limdan kuchli” ekanligi ta‘kidlanadi.

Qadimgi Turon xalqida nikoh to’yi oldidan va to’y jarayonida bajariladigan ko’plab insonparvarlik urf-odatlari shakllangan (sovchi qo’yish, qalin solish, to’qqiz tovoq, asal yalatish ...).

Xalq ertaklarida, afsona va rivoyatlarida, topishmoq va qo’shiqlarida, do’stlik va sevgi ulug’lanadi. Jamiyatning ilk beshigi hisoblanmish oilada yuz beruvchi ziddiyatlarni hal etishning insonparvarona metodlari ko’rsatiladi: “Er bilan xotinning urushi – doka ro’molning qurishi” ga o’xshatiladi. “Yaqinlar urushganda begonalar bayram qilishi”, do’stlikni kayta tiklash uchun yon berish (“Bir marta yon bersang, yuz marta yutasan”) zarurligi ta‘kidlanadi.
Bolalarga insonparvarlik tarbiyasi berishda ularga ertaklar, dostonlar aytib berish, qo’shiqlar o’rgatish, marosimlarda qatnashtirish, ukalariga muhabbat ruhini tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, quyidagi maqollarni o’rgatish bu borada muhim ahamiyatga ega: “Bola aziz, odobi undan aziz”, “Davlating – ota-onang”, “Yomon xotin – umr azobi”, “Oriqmidi, sariqmidi – erim edi, yoriqmidi, yuriqmidi – uyim edi”, “Ota-onang o’tirgan uyning tomiga chiqma”, “Tengini topsang tekin ber”, “Yaxshi xotin ishlik bo’lar, yomon xotin tillik bo’lar”, “Qozilashgan qarindosh bo’lmas”, “Hovli olma, qo’shni ol”, “Hazil edi chin bo’ldi, o’ynash edi er bo’ldi”, “Mehmon – otangdan ulug’”, “CHaqirgan yerga bor, chaqirmasa nima bor?”, “Kunda kelgan mehmonning qadri yo’q” va boshqalar.
“Dunyoda do’stlikdan qudratliroq tuyg’u yo’q”, - deb ta‘lim beradi xalq pedagogikasi. Shuning uchun uning turfa xil manbalarda do’stlik, boshqalar bilan ahil va inoq bo’lish g’oyasi olg’a suriladi. Hayot muammolarini hamkorlikda bartaraf etish, zulm va razolatga qarshi birgalikda kurashish, do’stni hayotning achchiq damlarida sinovdan o’tkazish haqidagi fikrlari maslahat beriladi. Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi pallasida yosh avlodga milliy totuvlik, baynalmilal do’stlik ruxini singdirishda etnopedagogikaning mazkur g’oyalari muhim ahamiyat kasb etadi.CHunki, bugungi global xaetiy muammolarni insoniyat yaxshi ko’shnichilik, hamjixatlik, do’stlik aloqalarisiz hal kila olmaydi.

Etnopedagogikada, avvalo, “Aybsiz do’st axtargan do’stsiz qoladi” maqolida kechirimli bo’lishga undaladi, mayda kamchiliklar tufayli do’stlikni uzish qoralanadi. Chunki, xalqning ta‘kidicha: “Birlashgan kuch yengilmas”. Lekin do’stlar orasidagi “Gumon do’stni do’stdan ajratadi”. Shuningdek: “Dil og’ritgan do’st emas”. Shuning uchun “Do’stga dilingni toza tut!”, kezi kelganda “Do’sting uchun zahar yut”. Negaki, “Do’stlik barcha boylikdan afzal”. Ayni paytda, hech kim dunyoda yolg’iz yashay olmaydi. Shuning uchun “Baliqning tirikligi suv bilan, odamning tirikligi odam bilan”. Chunki: “Ahillik baxtning boshi”, negaki: “Arg’amchiga qil quvvat” deganlaridek, “Birlashgan kuch yengilmas” ligi ta‘kidlanadi.

Etnopedagogikada do’stlararo munosabatlarda mehr-muhabbatli bo’lish zarurligi ham ta‘kidlanadi. Aks holda, “Bemehr qarindoshdan, mehr bilgan yot yaxshi” bo’lishi ham mumkin.
Do’st tanlash haqida xalq pedagogikasida ming yillar davomida sinalgan metodlarni tavsiya etadi. Xalqning ta‘kidlashicha, “Do’st achitib gapiradi”, “Dil og’ritgan do’st emas”. Do’st boylikka, dasturxonga boqmaydi, orqadan gapirmaydi, yurakdan so’zlaydi. Shuning uchun u tug’ishgan bilan teng hisoblanadi. Bunday do’stlarga hamisha eshikni ochib qo’yish mumkin.
Do’stlikning ijtimoiy ahamiyati etnopedagogikada yuqori qo’yiladi. Hamjihatlikda yashash, tinch hayot kechirish, ulug’vor vazifalarni bajarish, obodonchilik uchun va dushmanga qarshi birgalikda kurash jarayonlarida do’stlikning ahamiyati katta ekanligi ta‘kidlanadi: “Quyosh havoni isitsa, do’stlik qalbni isitadi”, “Piyozning po’sti ko’p, yaxshining do’sti ko’p”, “Yolg’iz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dong’i chiqmas”, “Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar”... .
Lekin: “Hisobli do’st ayrilmas”, yoki: “Do’stingdan top” maqollari do’st tanlashda kishini sergaklikka undaydi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin