3.Psixologiyaning fan sifatida shakllanish bosqichlarini bayon eting.
Insonda jismoniy tanadan tashqari undan farqlanuvchi yana nimadir borligi haqidagi tasavvurlar qadimdanoq mavjud bo’lgan. Eng qadimgi davrlardayoq inson tush ko’rish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan, ovdagi muvaffaqiyatlar) o’lim va boshqa hodisalarning sabablarini tushuntirishga intilgan. Ammo dastlabki qarashlar mifologik xarakterda edi. Ular fikrlash orqali emas, ko’r-ko’rona ishonch vositasida egallanardi. Ruh haqidagi qarashlar ko’pincha nafas bilan bog’lanardi, ruhni esa uchar mahluq sifatida tasavvur etardilar. Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushuntirilgan. Jonning o’zi esa odam tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar "animizm" deb ataladi. Animizm so’zi -anima "jon" degan ma'noni anglatadi. Jon o’z mohiyatiga ko’ra olovsimon uchqundan iborat ekanligi Geraklit tomonidan, yoki olovsimon atomdan iboratligiDemokrit tomonidan ta'kidlangan latonning "ideyalar tug’ma bo’ladi" degan g’oyalari psixologik fikr taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shdi. Platon ta'limotiga ko’ra "ideyalar" mohiyati abadiy va o’zgarmas, ularning tabiiy olamdan tashqarida oliy olam mavjud bo’lib, ularni odam ko’zi bilan ko’ra olmaydi.
Platon psixologiyada "dualizm" oqimining asoschisi hisoblanadi. Dualizm so’zi ikki yoqlamalik yoki ikki mustaqil fikr degan ma'noni anglatadi. Dualizm ta'limoti mohiyati moddiy va ruhiy olam tana va psixikaning bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lib, azaldan qarama-qarshi narsalar deb tushuntiradi.
Platonning dualizm shogirdi Arastu (Aristotel eramizdan oldingi IV asr 384-322 yillar) tomonidan birmuncha muvaffaqiyatli bartaraf etildi. Aristotelning "Jon haqida" asari o’sha davrdayoq psixologiya maxsus fan sifatida maydonga kela boshlaganidan dalolat beradi. Ana shu tufayli psixologiya jon haqidagi fan sifatida maydonga kelgan va hozirgi kunda psixologiya fani o’z mazmunini batamom o’zgartirgan. Asta-sekin ruh haqidagi tushuncha hayotning barcha ko’rinishlariga emas, faqat hozir biz psixika deb atalgan darajaga nisbatan qo’llana boshlandi. Galen (eramizdan oldingi II asr) fiziologiya va tibbiyot yutuqlarini umumlashtirib, psixikaning fiziologik asoslari to’g’risidagi tasavvurlarini yanada boyitdi Spinoza (1632-1677) ongni katta ko’lamga ega materiyadan sira qolishmaydigan voqelik, ya'ni yaqqol narsa deb, tushuntirdi. U determinizm (lotincha demmerminara - belgilayman) tamoyilining, ya'ni tabiat, jamiyat hodisalarining, shu jumladan psixik hodisalarning ob'ektiv sabablar bilan belgilanligi haqidagi ta'limot targ’ibotchisi edi. XVII asrdagi yirik nemis mutafakkiri Leybnis (1646-1716) ning ta'limoti matematika, jumladan, integral va differensial hisoblar kashf etilishiga ta'sir etgan edi XVII asrda emperizm va sensualizmni tajriba va his etiladigan bilimning "sof" aql-idrokdan afzalligi haqidagi ta'limotning, ya'ni aqlda hech qanday tug’ma g’oyalar va tamoyillar bo’lishi mumkin emasligi haqidagi ta'limotning oldingi marraga ko’tarilishiga olib keldi. Bu ta'limotni ingliz faylasufi va pedagogi Jon Lokk (1632-1704) astoydil himoya qilib chiqqan edi