1. Evolyutsiyani o’rganishtexnolgiyani o’rganish demakdir. Bionika nima



Yüklə 21,1 Kb.
səhifə4/5
tarix12.04.2023
ölçüsü21,1 Kb.
#96825
1   2   3   4   5
bionic

Insonga monand robot
Ma'lumki, bionikaning eng sodiq tarafdorlari - bu robot yaratuvchi muhandislar. Hozirda ular orasida kelajakda robotlar imkon qadar insonlarga o‘xshash bo‘lsagina, yuqori darajada samara berishi mumkin, degan qarashga ega. Bunday fikrga kelishning bir sababi bor: loyihachi bioniklar yaratilajak «temir odam»lar insonlar muhitidagi zina, eshik va shu kabi ma'lum to‘siqlar bilan harakatlanishi talabidan kelib chiqishmoqda. Shu bois ular odamlarga hajman va harakatlanish tamoyillariga mos bo‘lishlari zarur.
Parvardigor mukammal qilib yaratgan insonning tana qismlari ham tadqiqotchilar e'tiborini tortgan. Hozirgacha rus olimi A. Kobrinskiy boshchiligidagi bir guruh mutaxassislar inson qo‘li tuzilmasini batafsil o‘rganib chiqib, unga maksimal darajada monand bo‘ladigan mexanizm yaratishga doir qator ishlari bilan jamoatchilik nazariga tushgan.
«Vashington Post» gazetasida esa Chikago tibbiy tadqiqotlar instituti olimlari bionik qo‘l, aniqrog‘i, yasama tana qismi (protez)ni yaratishga muvaffaq bo‘lgani haqida maqola chop etildi. E'tiborlisi, bunday qo‘lni inson miya orqali boshqarish bilan birga uning yordamida ba'zi sezgilarni his eta olishi ham mumkin. Ilk bionik qo‘l sohibasi AQSh dengiz flotida xizmat qilgan Klaudia Mitchell bo‘ldi. 2005 yili halokatga uchragan amerikalik harbiy ayolning chap qo‘li yelkasigacha amputatsiya qilingandi. Muvaffaqiyatli yakunlagan loyiha natijasida avvaliga Mitchell zarur harakatni amalga oshirmoqchi bo‘lganida ­sun'iy qo‘lni fikran buyruq berish orqali bosh­qardi. Biroq olimlar o‘z izlanishlaridan to‘xtab qolmay, yasama qo‘l yordamida biron-bir narsani sezishga erishishni navbatdagi maqsad sifatida belgiladilar.
Ular amputatsiyadan so‘ng faoliyati to‘xtab qolgan asab tomirlarini jarohatlangan yelka qismidan ko‘krak qismidagi mushaklarga ko‘chirishdi. Shundan so‘ng tananing bu qismiga bionik qo‘ldan signallar kela boshladi. Boshqacha qilib aytganda, Klaudia Mitchell sog‘lom qo‘li kabi bionik qo‘li yordamida ham sezish xususiyatiga ega bo‘ldi. Endi u qaynoq choy yoki muzga sun'iy qo‘lini tekkizganda issiqlik va sovuqlikni his qiladi.
Yuqorida tilga olingan ishlash tamo­yillari inson tomonidan katta-katta masofalarda boshqariladigan qurilmalarni yaratish uchun ham asos qilib olinishi mumkin. Misol uchun, boshqaruvchi operator radiatsiya darajasi yuqori bo‘lganligi sabab kirish taqiqlangan binolar, g‘ovvoslar yetolmaydigan suv osti chuqurliklari yoki inson qadam bosmagan samoviy kengliklarda masofadan turib turli tadbirlarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi.

Yüklə 21,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin