1. “Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi.
Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo`lgan qadimiy fan. U bizda “Ilmi ravish”, “Ilmi axloq”, “Axloq ilmi”, “Odobnoma” singari nomlar bilan atab kelingan. G`arbda esa “Axloqshunoslik” “Etika” nomi bilan mashhur. Biz ham yaqin-yaqingacha ushbu atamadan foydalanib kelar edik. “Etika” atamasi yunoncha “ethos” so`zidan olingan bo`lib “odat”, “fe`l”, “fikrlash tarzi” singari ma`nolarni anglatadi.
Uni birinchi bo`lib yunon faylasufi Arastu ilmiy muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasniflar ekan ularni uch guruhga bo`ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga falsafa, matematika va fizikani, ikkinchi guruhga etika va siyosatni, uchinchi guruhga esa san`at, hunarmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta`limotni fan darajasiga ko`targanlar va “Etika” deb ataganlar.
Dostları ilə paylaş: |