1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining
Mehnat — estetik tarbiyaning asosiy vositasi. Mehnat ham moddiy, hamda ma'naviy go'zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta'sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi. Qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma'naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi. Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rag'batlantirish, odamlarda mulkka egalik hissiyotini tarbiyalash o'z navbatida mehnatga bo'lgan estetik munosabat orqali ro'yobga chiqadi.