Ehtiyojlar (moddiy va ma’naviy)



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə1/81
tarix28.11.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#168016
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Farmatsevtika menejmenti-fayllar.org


12.4. Inson xulqi omillari tizimi
Kishilar jamoasini boshqarish uchun inson xulqi nimaga bog‘liqligi, o‘z hayotida nimaga asoslanishini bilish zarurdir. Kishi xulqi, faoliyat harakatlari anglangan, biror maqsadga qaratilgan bo‘ladi. Biror harakatni rag‘batlantiruvchi kuch — moddiy va ma’naviy ehtiyojlardir. Lekin, insonning barcha harakati ham o‘z ehtiyojini qondirishga qaratilmagan. Masalan, inson ma’lum moddiy va ma’naviy boyliklarni faqat o‘z iste’moli uchun yaratmaydi.

Inson ehtiyoji bilan harakati, xulqi o‘rtasida qator bevosita ifodalanuvchi bo‘g‘inlar mavjud. Bular manfaat, xohish, qizqishdir. Ma’lum sharoitlarda ular inson xulqini rag‘batlantiruvchi kuchga aylanadi. Rag‘bat harakat qilishni qaror qilishga olib kelsa, qaror harakatga olib keladi.


Inson xulqiga ijtimoiy muhit, moddiy ishlab chiqarish ehtiyojlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish iste’molchida ehtiyojni vujudga keltiradi va bu bilan insonning bu ehtiyojlarni qondirish vositalarini yaratishga qaratilgan mehnat va ma’naviy faolligini rag‘batlantiradi. Inson xulqini belgilovchi omillar tizimini quyidagicha tasavvur qilish mumkin:
ijtimoiy va tabiiy muhit (ishlab chiqarish, ijtimoiy munosa­batlar, tarbiya tizimi, madaniyat, tabiiy sharoit va hokazo);
— ehtiyojlar (moddiy va ma’naviy);
ehtiyojlarni manfaat, istak, intilish, maqsad va hokazo shaklida anglash;
— harakatga rag‘batlantirish;
— yo‘l-yo‘riq (ichki mobilizatsiya, amaliy harakat qilishga tay­yor­garlik);
— maqsadga erishish va ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan harakat.
Omillarning bu tizimida hali ehtiyojlar shakllanishning asosiy manbasi ham ularni qondirish sharti bo‘lgan ijtimoiy muhit muhim o‘rin egallaydi. Bu tizimning barcha bo‘g‘inlari o‘zaro bog‘liq va bir-biriga ta’sir qiladi. Muhitga qaratilgan harakat uni o‘zgartiradi, lekin bu bilan birga shaxsning o‘zi, uning ehtiyoj va manfaatlari ham o‘zgaradi. Inson xulqining bu barcha omillarini hisobga olish jamoa ijtimoiy rivojlanishini samarali boshqarish garovidir. Belgilangan maqsadga erishish yo‘lida kishilarni jipslashtirish uchun ularning manfaat va ehtiyojlarini ustalik bilan muvofiqlashtirish, onglilikni shakllantirish, faoli­yatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish zarur. Kishilarda sog‘lam va ongli ehtiyojlarni — avvalo, mehnatga bo‘lgan, tadbir­korlikka, boshqa kishilar bilan munosabatda bo‘lish ishlab chiqarishda intizom va tartibni mustahkamlashga ehtiyojni tar­biyalash zarur.
Jamoaning boshqarish jarayonida har bir xodim ehtiyojini qondirish me’yorini uning mehnat faolligi, sarf qilgan mehna­ti­­ning sifat va miqdori, ijtimoiy boylikka qo‘shayotgan hissasi bilan muvofiqlash lozim. Ishchi yoki xizmatchi mehnat hissasi me’yori va mos holda ular ehtiyojlarini qondirish me’yori butun kor­xona jamoasi mehnat hissasiga bog‘liqdir. Demak, shaxsiy moddiy manfaatdorlik jamoa moddiy manfaatdorligi bilan uzviy bog‘liqdir.
— Moddiy rag‘bat mehnat faoliyatini rag‘batlantiruvchi muhim kuch bo‘lishi bilan birga u yagona kuch emas. Ishlovchilar uchun faqat moddiy emas, ma’naviy rag‘batlantirish ham muhim.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin