Ahrorbek Abdubannopov I +998 (91) 679 64 66 I Biologiyani biz bilan o’rganing…
“Eslating! Zero, eslatma mo‘minlarga manfaat yetkazur” (“Zoriyot” surasi, 55-oyat).
Aralash masalalar.
1. Azamatning ovqati
tarkibida oqsil
miqdori yog’ miqdoridan 1,5 martta kam
yog’dan ajralgan energiya uglevoddan
ajralgan energiyadan, 852 kkal ga kam
bo’lsa,
va ovqatdan ajralgan umumiy
energiya 3412 kkalga teng bo’lsa,
Shoiraning ovqati tarkibidagi oqsil va
uglevodning massa nisbatini hisoblang.
A) 1:6 B) 1:4,5 C) 1:5 D) 1:5,25
2. Ota va o’g’ildagi ma’lum bir
xromasomadagi DNK fragmentlari
solishtirilganda fragmentlar uzunligi teng
ekanligi ma’lum bo’ldi. Otada mazkur
fragmentda 412 ta
nukleotid bor va
shulardan 252 tasi G-S juftligiga tegishli
ekanligi aniqlandi. O’g’lida esa mazkur
fragmentda A-T juftligi otasinikidan 1,1
marta ko’pligi ma’lum bo’lsa, o’g’ildagi
mazkur fragmentda
A-T juftligi orasida
nechta vodorod bog’i bor?
A) 158 B) 176 C) 316 D) 352
3. DNK qo’shzanjiridagi A+T yig’indisi G
sonidan 18 taga ko’p. S umumiy
nukleotidlarning 30 % ni tashkil qiladi.
DNK 1- zanjiridagi T lar soni 2-zanjirdagi G
lar sonidan 2 marta ko’p bo’lsa, DNK
fragmenti uzunligini aniqlang. (qo’shni
nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm)
A) 30,6 B) 33,66 C) 36,72 D) 24,48
4. 2 ta DNK da 1000 ta nukleotid bor T
yig’indisi 270 ta birinchi DNK da 25 % T
ikkinchisida 20 % G bor bo’lsa, ikkinchi
DNK uzunligini hisoblang.
A) 136 nm B) 68 nm C) 86 nm D) 132 nm
5. Disimilatsiya jarayonida glukozani
parchalanishidan muskul hujayralarida
4400 kj energiya va 59 ta ATF hosil bo’ldi ,
glyukozning necha % to’liq parchalangan?
A) 40 % B) 95 % C) 62,5 % D) 5 %
6. To’liq parchalangan glukoza
molekulalari soni,
chala parchalangan
glukozalar soniga teng va bu jarayonda
9000 kJ energiya ajralgan bo’lsa, shu
energiyaning necha foizi (%) mitoxondriya
kristalaridan issiqlik sifatida tarqalgan?
A) 38,67 B) 50,67 C) 46,67 D) 42,67
7. Kaptar tana hujayrasida 39 juft
autosoma bo’ladi. Kaptar hujayrasi
xromasomalariga nisbatan 2 barobar kam
xromasomaga ega bo’lgan uy sichqoni tana
hujayrasida interfazaning G2 davridagi
hujayra yadrosida nechta DNK bo’ladi?
A) 40 B) 80 C) 78 D) 41
8. Ma’lum bir o’simlikning tuxum
hujayrasidagi autasoma xromasomalar
soni shu o’simlik somatik hujayrasidagi
barcha xromasomalarning 47,22 foizini
tashkil qiladi. Bu o’simlik urug’lanish
jarayonida 120 ta urug’ hosil qilsa,
urug’lanishda
qatnashgan tuxum
hujayradagi xromasomalar sonini aniqlang
A) 2400 B) 2160 C) 4320 D) 5760
9. Noma’lum hayvon 3 marta meridian
bo'linish bilan 4 marta ekvatrial bo'linishi
natijasida blastamerlardagi xromasomalar
farqi 15872 ni tashkil qilsa tuxum
hujayrasida nechata xromasoma bo'ladi?
A) 64 B) 32 C) 30 D) 16
10. Agar qora kalamushning tuxum
hujayrasidagi autosoma xromasomalari
soni 18 ta bo’lsa
hamda embrional
rivojlanishning maydalanish bosqichida
hosil bo’lgan hujayralarda jami
xromasomalar 19456 taga yetgan bo’lsa,
embrion ekvatorial yo’nalish bo’ylab necha
marta bo’lingan?
A) 4 B) 5 C) 6 D) 3