Reja: Sholining xalq xo`jaligidagi ahamiyati



Yüklə 26,04 Kb.
səhifə1/2
tarix14.12.2023
ölçüsü26,04 Kb.
#176920
  1   2
Sholini ko’chat usulida yetishtirish afzalliklari


Sholini ko’chat usulida yetishtirish afzalliklari


Reja:



1. Sholining xalq xo`jaligidagi ahamiyati
2. Kelib chiqishi, tarkalishi, ekin maydonlari va xosildorligi
3. Sistematikasi, biologiyasi va navlari

1. Yer yuzidagi ko`pchilik mamlakatlarda sholi eng asosiy va qadimgi oziq-ovqat ekini xisoblanadi. Guruch odam organizmi uchun yuqori sifatligi va tez xazm bo`lishi bilan ajralib turadi. Uning tarkibida organizm uchun kerak bo`lgan oziq moddalar:oqsil, fosforli birikmalar va vitaminlar bor guruch tarkibida 7,7% oqsil bor. U boshqa yormalarga nisbatan tez xazm bo`ladi va tulik uzlashadi. Sholini oklashda oqsil va mayda guruch olinadi.Ulardan spirt.pivo tayyorlanadi va kraxmal olinadi.


Sholi kepagi koramollar, ayniksa chuchkalar uchun to`yimli ozuka xisoblanadi.Uning tarkibida 10-13% gacha oqsil va 14%gacha moy bo`ladi. Undan texnikaviy moy fosforli organiq moddalar olinadi. Sholi oklanganda 60-65 % guruch, 10-15 % kepak va guruch mO`rtagi, 20-25% kiltik va boshqalar chiqadi.
Sholini poxoli ozuklik qimmati jixatidan bugdoy poxolidan qolishmaydi.Uning poxolidan sifatli kogoz (papiros kogozi) karton, arkon va kop kanor tayyorlanadi.
Sholi yerning melioratsiya xolatini yaxshilovchi o`simlikdir. Sholipoyalarga uzok vaqt suv bostirib kuyish tufayli shur yerlarni shuri yuviladi. Natijada bunday yerlarga guza va boshqa ekinlar eqish imkoni tugiladi,
2.-Sholining kelib chiqishi markaziy janubiy Osiyo xisoblanadi. Akademik P.P.Vavilov sholi Xindistondagi madaniy o`simliklardan kelib chikkanligi to`grisida yozadi.
Sholi dunyoning 108 mamlakatida ekiladi. Sholi maydonining 90% Osiyodagi tropik va subtropik mamlakatlariga tugrt keladi. FAO 1994 yilgi malumotlariga karaganda Xitoyda 33,1 mln.ga, Xindistonda 42,2 mln.ga, Indoneziyada 10,2 mln.ga, Bangladeshda 10,9 mln.ga, Vyetnamda 6,3 mln.ga, Birma 4,8 mln.ga, Yaponiyada 2,0 mln.ga, Filipinda 3,4 mln.ga Braziliyada 4,4 mln.gektar maydonga sholi ekiladi.
Uzbekistonda esa 1995 yilda 154,1 ming gektar,1996 yilda 176,7 ming gektar maydonga sholi ekilgan.
Xosildorligi.-Sholi donli o`simliklar orasida eng yuqori
xosilli ekin xisoblanadi. 1994 yilda sholining butun dunyo bo`yicha
O`rtacha xosildorligi 35 sentnerni tashqil etgan. Ayrim mamlakatlarda sholi xosildorligi gektaridan 57-75 sentnerni tashqil qiladi. Eng yuqori xosil yetishtiradigan davlatlarga Janubiy Koreya –75 s.ga, Misr-73,0 s.ga, AKSH-bZ s.ga, Shimoliy Koreya-62,0 s.ga, Yaponiya-59 s.ga, Xitoy-57 s.ga va boshqa mamlakatlar kiradi.
Uzbekistonda sholi xosildorligi oxirgi besh yillikda O`rtacha 30-35 sentnerni tashqil etadi.
3. Madaniy sholi Oruza sativa- qo`ngirboshlar oilasiga mansub
bo`lib, bir yillik o`simlik xisoblanadi. Bu tur ikkita tur xiliga
bo`linadi. Xaqiqiy sholi va mayda sholi. Bu tur xillari asosan donining uzunligi bilan fark qiladi. Donning uzunligi birinchi tur xilida 7 mm .ikqinchisida 4 mm. bo`ladi.
Sholi issiqga talabchan, uning urugi 10-14°S issiqlikda una boshlaydi. Leqin bu jarayon seqin boradi.14-15°S issiqlikda uning unib chiqishi tezlashadi, 22-25°S issiqlik uruglarining unishi uchun eng kulay xarorat xisoblanadi. Maysalarni o`sishi va tuplanishi vaqtida xarorat 20-30°S bo`lishi eng kulay xisoblanadi. Xaroratni kesqin o`zgarib turishi ayniksa gullash davrida, sholi o`simliklariga salbiy tasir kursatadi,- 0,5°S darajadagi uncha kattik bo`lmagan sovuk sholi uchun xavfli, sholining o`sish davri uchun zarur bo`lgan issiqlikning umumiy miqdori 2200° S dan 3200° S gacha o`zgaradi.
Sholi namga talabchan o`simlik xisoblanadi. Bu uning tropik mamlakatlaridan kelib chikkanligi bilan boglikdir.Sholining transpiratsion koeffitsiyenti 450-550 ga tengdir. Sholi suv bostirilib sugoriladi, suv katlami sholining o`sishi va rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratadi. Sholipoyalarga suv bostirilishi yerda asosan oziq moddalar: ammiakli azot, xarakatchan fosfor, kaliy tuplanishiga va ularni sholi ildiz tizimi uzlashtirishga ijobiy tasir kursatadi.
Sholi serxosil bo`lganligi uchun oziq moddalarga talabchan xisoblanadi. Bir gektardan 50 sentner sholi va 50 s. poxol olinadigan bo`lsa o`simlik tuproqdan 90 kg azot, 40 kg.fosfor va 160 kg kaliy oladi. Demak 1 kg azot solish evaziga 20 kg qo`shimcha xosil olish mumkin, agar u fosforli ugit bilan kushib qo`llanilsa ZO kg gacha ortishi mumkin.
Sholi turli tuproqlarda o`sa oladi. Daryo vodiylaridagi chuqindi tuproqli yerlar sholi uchun ayniksa kulay bo`ladi. Tarkibida loyka zarrachalar va organiq moddalar miqdori ko`p bo`lgan ogir, soz tuproqli yerlarda sholi yaxshi o`sadi. Kuchli darajada botkoklangan va kumli tuproqli yerlar sholi uchun yaroksizdir.Sholi yerning shuriga ancha chidamsiz. Sholi tuproq eritmasining muqobil muxiti RN - 4,5-5,7 ga teng bo`lishi kerak. Sholi qisqa kunli o`simliklarga kiradi, qisqa kunda sholi tez rivojlanadi.Uzun kunda uning rivojlanishi seqinlashadi.
Respublikamizda tumanlashtirilgan sholining barcha navlari uzining pishish muddati bo`yicha kechpishar (130-140 kun va undan ko`p), O`rtapishar (115-125 kun)va ertapishar (100-110 kun) guruxlarga bo`linadi.
Ekiladigan navlar: Avangard, Alanga, Arpa-sholi, Gulzor, Jayxun, Intensiv, Lazurniy, Nukus-2, Tolmas, UzROS-7-13.
4.Sholi yetishtirishda almashlab eqishni axamiyati katta. Uzbekiston sholichilik ilmiy tekshirish instituti malumotlariga karaganda 4 va 6 dalali almashlab eqishda 40-60 s dan xosil olingan bo`lsa surunkasiga sholi ekilganda25-27s xosil olingan.
Almashlab eqishda sholi don-dukkakli o`simliklardan, kuzgi bugdoy kabi ekinlardan keyin ekiladi.
Sholi eqish uchun yerni ishlash kuzgi shudgorlashdan boshlanadi. Yerni kuzda xaydash sholi xosildorligini oshirishda katta axamiyatga ega. Eqishdan oldin yer tekislanadi, mashinada sholi ekiladigan maydonlarda bir yo`la galtaklash ishlari bilan kushib olib borish mumkin.
Yerni ishlashda kator mashinalar jumladan: KFS-2,4, KFS-3,6, ORN - 1,6 markali kultuvatorlar qo`llash mumkin.
Sholi oziqaga uta talabchan, gektaridan 40-50 s sholi yetishtirish uchun Korakolpogistonning yangi uzlashtirilgan yerlarida 100-120 kg dan azot va fosfor solinadi. Ikqinchi yili xar ikkala ugit solish meyori gektariga 120-150 kg gacha yetkaziladi. Eskidan xaydalib kelinayotgan o`tloqi tuproqlarda xar gektariga 180kg azot, 120kg fosfor solinadi.
5.Uruglik sholi eqishdan oldin maxsus mashinalarda tozalangan va davlat andozasiga javob berishi kerak. Sholi tuproq va suv xarorati 12° S ga yetganda yani sovuk bo`lish xavfi utib ketgandan keyin ekiladi. Leqin asosan tuproq va suv xarorati 14-16° ga yetganda yoppasiga eqish boshlanadi. Sholi eqishni nixoyatda qisqa muddatlarda uzogi bilan 10-15 kun ichida eqishni tugallash lozim. Sholi mashinalarda oddiy usulda katorlab va sochma kilib ekiladi. Xozirgi paytda Uzbekistonda don seyalkasida katorlab eqish keng tarkalgan. Suv bostirishdan oldin sholini yoppasiga katorlab kator orasi 15 yoki 7,5 sm kilib SU-4,2 SUB-48,SZB-3,6 rusumli don seyalkalaridan foydalaniladi Sholini don seyalkasida katorlab ekib urugni tuproqni tabiiy namiga undirib olish sholi yetishtirishda yangi progressiv . usullardan xisoblanadi. Sholini samolyotda xam eqish mumkin. Sholi eqish meyori o`simliklarni kuchat kalinligini belgilaydi, eqish meyori sholi navining biologik xususiyatlariga. tuproqni unumdorligiga, eqish muddatiga va usuliga boglikdir. Uzbekiston sharoitida gektariga 5-7,5 mln. donagacha sholi ekilganda yani xar kv.m. yerda urimga kadar 250-350 tup atrofida va 450-500 ta unumdor ro`vakli poya bo`lgan takdirda sholidan mul xosil olinadi.Eqish meyori uruglikning vazniga qarab belgilanadigan bo`lsa bu kursatkich urugning xo`jalik jixatidan 100% yarokligicha va 1000 dona urugning vazniga qarab xisoblab chiqariladi. Bu me`yor 180-230 kg gacha o`zgarishi mumkin.
6. Uzbekiston sharoitida doimyy suv bostirib sugorish usuli qo`llaniladi. Bunda sholi eqishdan oldin yoki ekib bo`lish bilanok pollarga suv bostiriladi va donning mum pishiklik davrigacha shu xolatda saklanadi . Uzbekistondagi sholikor xo`jaliklarda xozirgacha ana shu usul qo`llanilib kelinadi.Bundan tashkari sholi ekiladigan yangi yerlarda sholi qisqa muddat suv bostirib sugorish usuli xam qo`llaniladi.Bu usul urugni mashinada eqishda qo`llaniladi. Urug ekilgandan keyin pollarga darxol suv bostiriladi va 3-5 kungacha suv katlami 5-6 sm kalinlikda saqlab turiladi, so`ngra suv tuxtatiladi. Urug unib chikkandan so`ng suv bostirilib oxirigacha sholi suvda o`sadi
7. Sholi kuchat usulida yetishtirilganda urugni ekkanga nisbatan ko`pgina afzalliklarga ega.
1. Sholi urugi kuchatxonaga ekilishi munosabati bilan kech kuzga kolmasdan yetishtirib olish imkoniyati tugiladi.
2.Kuchat usuli xar bir yerdan unumli foydalanib ikki marta xosil olishga imkon beradi.
Sholi urugi 60-70% iktisod qilinadi.
Sholining usuv davrinnng 30-35 kuni kuchatxonada o`tishi munosabati bilan suv sarfi 20-25% tejaladi.
5.Sholi xosildorligi esa urug bilan eqishga nisbatan 15-30% yuqori bo`ladi.
Sholini bu usuli takroriy ekin sifatida eqishda qo`llaniladi. Bunda kuchatxonalarga 20-30 mayda urug ekiladi. Asosiy maydonga 20-30 iyunda kuchat kuchirib o`tkaziladi.Bunda kuchatxonalarga gektar xisobida 20-25 mln. dona urug yoki 650-750 kg sholi urugi sepiladi. Agar sholi kulda ekiladigan bo`lsa uruglik sholini namlab olib ekiladi. Kuchatxonada sholi nixolini olishda suv tizimi va boshqa amaliy ishlar umumiy tavsiya etilgan agrotexnika asosida olib boriladi.
Kuchatxonada sholi 30-40 kunlik muddatda kuchat kilish uchun tayyor xolga keladi. Kuchatlar asosiy maydonga bir uyaga 1-2 kuchat ekiladi.Uya oraligi 10-15 sm kilib ekiladi, kuchat qilingandan so`ng suv bostiriladi.
8. Sholi xosilini yigishtirib olish uchun dalani shunga tayyorlash kerak. Sholi donining sut pishish davrida pollarga kirayotgan paytida suv kamaytiriladi va mum pishish davrida umuman tuxtatiladi. Donning 85-90% tula pishish davrida sholini urishga kirishiladi. Sholi ichki muddatlarda urilsa donning tukilishi natijasida xosil kamayadi va sholi uzok vaqt to`rib kolsa donning sifati pasayadi.
Sholi oldin JNU -4,JVN-6 mashinalarida uriladi, urish balandligi 15-20 sm bo`ladi. So`ngra dalada kuritilgandan so`ng kombaynlarda yanchib olinadi.
Adabiyotlar:



Yüklə 26,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin