Tashkilot — bu tashqi muhit bilan doimiy o’zaro ta'sirda bo’lgan ochiq tizim, u boshqaruvning tamoyillari, usullari va uslublarini tеgishli vaziyatga qarab moslashish zaruriyatini bеlgilab bеradi
Tashqi muhitning o’zgarish sur'ati va noaniqligi oshishiga nisbatan asosiy ilmiy maktablardagi nizomlarning rivojala-nishiga ta'siri sifatida shakllandi; hozirgi zamon boshqaruv tizimlarida turli soha bilimlarining so’nggi yutuqlarini hisobga olib
Menejment rivojining butun tarixi davomida boshqaruv ta’sirining eng ahamiyatli asboblari sifatida faqat uchtasi ajratib ko‘rsatildi:
· iyerarxiya — bu „hokimiyat — bo‘ysunish“ munosabatlari ta’sir etishning asosiy vositasi bo‘lgan tizim; · madaniyat — bu jamiyat tomonidan ishlab chiqiladigan qadriyatlar, ijtimoiy me’yorlar, ko‘rsatmalar, odob andozalari, an’analar insonni ma’lum axloqda o‘zini tutishini taqozo etuvchi ta’sir; · bozor, ya’ni mahsulotlar va xizmatlarning sotilishi — sotib olinishiga, mulkchilik munosabatlariga, sotuvchi va xaridor manfaatlarining teng kuchliligiga asoslangan gorizontal bo‘yicha teng huquqli munosabatlar tarmog‘i. Mavjud tizimlarda (masalan, farmatsevtika tashkilotlarida) ularning hammasi deyarli har doim mavjud bo‘lib, biroq ulardan qaysidir bittasiga ustuvorlik beriladi. Jamiyatdagi tub o‘zarishlar aniq tashkilotlardagi o‘zgarishlarga aynan o‘xshashdir.