Ehtiyojlar (moddiy va ma’naviy)



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə11/81
tarix28.11.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#168016
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81
Farmatsevtika menejmenti-fayllar.org

Boshqaruv tamoyillari — bu axloq-odobning rasmiy (qonun­lar, standartlar, qarorlar va boshqalar) hamda norasmiy (an’analar, madaniyat, etika) institutlari bilan mustahkamlangan qoidalari va me’yorlari.
Farmatsevtika menejmenti ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy sharoit­larga qarab doimiy ravishda tuzatishlar kiritiladigan o‘zgaruvchan jarayon bo‘lishiga qaramasdan, uning nazariyasi va amaliyotida boshqaruvning 14.3- jadvalda keltirilgan asosiy tamoyillaridan anchagina keng miqyosda foydalaniladi.
Boshqaruvning tamoyillari asosida har bir tashkilot faoliyati­ning yakuniy natijalariga erishish maqsadlari shakllanadi.
Maqsadlarga erishish — boshqaruv faoliyatini funksiyalar bo‘yicha ixtisoslashishi sharoitlarida subyektlarni boshqaruv obyekt­lariga turli usullar bilan ta’sir ko‘rsatish orqali amalga oshiriladigan boshqaruv uslublaridan foydalanishga asoslangan savollar va ularni yechish shartlari majmuyi sifatida ko‘pgina masalalarni hal etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Boshqaruvning qonunlari, tamoyillari, uslublari, funksiyalari va boshqa toifalari boshqaruv mexanizmi tushunchasiga kirgan bo‘lib, u subyekt-obyekt munosabatlari uzviyligining turli-tumanligini tavsiflaydi. Aniq farmatsevtika tashkilotlarida boshqaruv mexanizmi boshqaruv texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Boshqaruv texnologiyalari bu qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun boshqaruv ta’sirini o‘tkazish san’ati, mahorati va bilim­donligidir.


14.3- jadval


Boshqaruvning asosiy tamoyillari

Boshqaruv tamoyillarining ro’yxati


Asosiy mazmuni


Yakkaboshchilik


Xodim bitta bеvosita boshliqdan farmoyish oladi


Mеhnat taqsimoti


Aniq ish turlarini bajarishda ixtisoslashishga asoslangan




Asoslanish

Rag’batlantirish va jazolashning ishlab chiqilgan tuzulmasi




Еtakchilik

Odamlar, ularning shaxsiy ehtiyojlari qondirishiga ko’mak bеruvchilar kеtidan ergashadilar




Ilmiylik

Boshqaruv tizimi ilm-faning eng yangi yutuqlari asosida tashkil etiladi




Javobgarlik

Taqdim etiladigan vakolatlar doirasida javobgarlik


Markazlashtirishning maqbul darajasi


Markazlashtirish va markazlashtirmaslikning maqbul nisbati




Iеrarxiya

Bo’ysunishning yagona iеrarxik zanjiri




Xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish

Kasbiy tanlash qoidalari asosida ishbilarmonlik qobiliyati bo’yicha




Tеjamkorlik

Foyda — bu faqat daromad emas, balki oqilona harajatlar hamdir


Qaytar aloha”ni ta'minlash


Tеgishli o’zgartirishlar kiritilishi uchun ishning borishi va uning natijalari haqida axborot olish




Davlatmandlik

Faoliyatning ijobiy natijalariga erishish




Maqsadga muvofiqlik

Eng kеrakli muolajalar, harakatlar va opеratsiyalarni bajarish


Boshqaruv harakatlarining izchilligi


Boshqaruvning (rеjalashtirish, tashkil etish, asoslash, nazorat qilish va muvofiqlashtirish) funktsiyalarini kеtma-kеt amalga oshirish


Boshqaruv texnologiyalari — axborotni yig‘ish uslublari va vositalari; farmatsevtika tashkilotining xodimlariga samarali ta’sir ko‘rsatish usullari; tashkilotchilik va boshqaruvning tamoyillari, qonunlari va qonuniyatlari; nazorat tizimlarini hamjihatlikda o‘z ichiga oladi.


Farmatsevtika tashkilotining turi va xususiyatlariga hamda vaziyatga qarab quyidagi texnologiyalardan foydalaniladi: maqsad­lar bo‘yicha boshqaruv, uch turga bo‘linadi:
a) oddiy maqsadli (rahbar tomonidan faqat yakuniy maqsad va unga erishish muddatlari ishlab chiqilishini o‘z ichiga oladi, unda amalga oshirish mexanizmlari ko‘rsatilmaydi);
b) dasturiy-maqsadli (muddatlar va mexanizmlarni ko‘rsat­gan holda harakatlar dasturi ko‘rinishida maqsadlar tizimi shakl­lan­tirilishini ko‘zda tutadi);
d) reglamentli (yakuniy maqsad yoki maqsadlar va resurslar­ning cheklanishi belgilanadi);
· natijalar bo‘yicha boshqaruv tizim faoliyati mahsulotlarining, uning „chiqishi“, natijalar parametrlarini, masalan mahsulot sifatining ko‘rsatkichlari, narxlar diapazoni, xarajatlar darajasi, rentabellik va hokazo avval boshdan shakllanishiga hamda „kirish“ parametrlariga va tizim faoliyatining algoritmiga „qaytar aloqa“ signallari bo‘yicha tuzatishlar kiritilishiga asoslangan;
· muntazam tekshirishlar va ko‘rsatmalar berish yo‘li bilan boshqaruv o‘zgarmas maqsadga nisbatan amalga oshiriladigan faoliyatga taklif etilayotgan yo‘riqnomalar, chora-tadbirlar va boshqalarni bajarish yo‘li bilan asta-sekin tuzatishlar kiritilishini ko‘zda tutadi;
· marketingli boshqaruv iste’molchilarning ehtiyojlari va manfaatlariga ustuvorlik berilishiga asoslangan;
· reaktiv boshqaruv — bu ko‘proq yoki kamroq darajada barqaror bo‘lib qolgan yakuniy maqsaddan chetga chiqishlarni bartaraf etish harakatlaridan iboratdir;
· strategik boshqaruv strategik vazifalarni tahlil qilish va xavf-xatarlarni va rivojlantirish imkoniyatlarini oldindan ko‘ra bilish hamda ahamiyatiga qarab farqlash asosida tashkil etiladi. Turli texnologiyalarni bir-biriga qo‘shilib ketishi boshqaruvning atrofdagi vaziyatga qarab samaradorligi oshishiga sabab bo‘ladi. Ma’muriy qo‘mondonlik iqtisodiyoti sharoitlarida farmatsevtika xizmatining boshqaruvi ko‘proq darajada buyruqlar, yo‘riqnomalar va ularning bajarilishi ustidan nazoratga asoslangan edi. So‘ngra maqsadli, dasturiy maqsadli, ekstrapolatsiya asosida uzoq muddatga rejalashtirish o‘z o‘rnini strategik boshqaruvga bo‘shatib berdi.
Boshqaruv jarayoni bir qator xususiyatlarga ega:
1) u makon va zamonda uzluksiz amalga oshiriladi;
2) bu bir maqsadga qaratilgan jarayondir;
3) boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga ko‘rsatadigan ta’sirining yakuniy natijasi maqsadga nisbatan qaratilishi kerak bo‘lgan samaradorlikdir.
Natija qo‘yilgan maqsadga qanchalik yaqin bo‘lsa, boshqaruv­ning sifati shunchalik yuqori bo‘ladi.
Menejmentning samaradorligi, odatda, iqtisodiy va ijtimoiy samaralarning yig‘indisi bilan o‘lchanadigan samaradorlik (asosiy faoliyatning natija berishi) orqali namoyon bo‘ladi. Ta’sirchanlik (tashkilot maqsadlariga erishish darajasi); tejamkorlik (resurslarni kerakli va amaldagi sarf-xarajatlarining nisbati); sifat (mahsulotlar xizmatlarning standartlarga va iste’molchilarning talablariga muvo­fiqligi); foyda keltirishi (daromadlar va jami xarajatlar o‘rtasidagi nisbat); unumdorlik (ma’lum davr davomidagi natural, qiymat yoki boshqa ko‘rsatkichlardagi mahsulotlar yoki xizmatlar hajmini barcha turdagi xarajatlarga nisbati); mehnat hayotining sifati (xodimlar­ning ishlash sharoitlari); innovatsion faollik (tashkilot faoliyatining turli funksional sohalarida yangiliklarning joriy etilishi).



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin