Ehtiyojlar (moddiy va ma’naviy)



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə7/81
tarix28.11.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#168016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   81
Farmatsevtika menejmenti-fayllar.org

Boshqaruv subyekti — hukmronlik ta’sirini o‘tkazuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs (shaxslar). Bu boshqaruvni amalga oshiruvchi rahbar, shaxslar guruhi, tashkilot, bo‘linma bo‘lishi mumkin.
Boshqaruv obyekti deganda, boshqaruv subyektining hukm­ronlik ta’siri qaratilgan hamma narsa: jismoniy yoki yuridik shaxslar, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, jarayonlar, atrof-muhitning bir qismi, tashkilotning xodimlari, korxonaning mehnat jamoasi, texnologiyalar, mahsulot sifati, xo‘jalik faoliyati va boshqalar tushuniladi.
Boshqaruv vositasida mazkur obyektlarni ko‘zlangan maqsad­larga javob beradigan holatga keltirish amalga oshiriladi. Bosh­qaruv ta’siri turli obyektlarga qaratilgan bo‘lishiga qaramay, ushbu jarayonning umumiy xususiyatlarini belgilab olish mumkin:
· boshqaruvning maqsadlarini shakllantirish uchun uning vazifalari va boshqaruv natijalariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘ri­sidagi axborotni bo‘lishi;
· obyektning holati va uni talab qilinayotgan natijaga yaqin­lashish darajasi haqidagi axborotni tahlil qilish;
· zarur boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish;
· qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish;
· boshqaruv ta’siriga tuzatishlar kiritish (qaytar aloqa sig­nallari bo‘yicha).
Amalda boshqaruv — obyektning ishlashi uchun maqbul sharoitlarni yaratishga qaratilgan faoliyatni o‘zida aks ettiradi. Ushbu jarayonning umumiy qonuniyatlari boshqaruv nazariyasi mohi­yatini tashkil etadi.
Boshqaruvning nazariy asoslarini rivojlantirish. Menejment­ning nazariyasi va amaliyoti uzoq davom etgan taraqqiyot natijasida shakllangan. Bugungi kundagi menejmentning elementlari jahon tarixining ming yilliklari davomida jamlanib kelgan. Umumiy maqsadga erishish yo‘lida hech bo‘lmasa ikki kishi birlashgan joyda, ularning hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish vazifasi yuzaga kelar edi. Ushbu vazifaning hal etilishini ulardan biri o‘z zimmasiga olar edi, u boshqaruvchi (rahbar), ikkinchisi esa uning qo‘l ostidagi (boshqariladigan) odam bo‘lib qolar edi.
Dastlab boshqaruv muammosini qadimgi misrliklar hal etmoqchi bo‘ldilar. Bundan 6 ming yil avval ular odamlar faoliyatini maqsadli tashkil etish, uni rejalashtirish va natijalari ustidan nazoratni amalga oshirish zarurligini tan oldilar hamda boshqaruvni markaziy idoralar boshqarishi lozim bo‘lgan ishlar­ning bir qismini mahalliy organlarga topshirish masalasini o‘rtaga qo‘ydilar.
400- yilda Sokrat menejmentning universallik tamoyilini ta’riflab berdi, Ksenofont esa menejmentni san’atning alohida turi sifatida tan olinishini ifodaladi. 1100- yilda M. Gazali menejerga qo‘yiladigan talablarni ta’rifladi, 1835- yilda A. Marshal va Logman uning solishtirma ahamiyatini tan oldilar. 1881- yilda D. Varton tadbirkorlik menejmentining kursini ishlab chiqdi.
Amerikalik muhandis-mexaniklarining 1886- yildagi yig‘ilishi boshqaruvni fan sifatida paydo bo‘lishining boshlan­g‘ich nuqtasi deb hisoblanadi, unda kompaniyalardan birining prezidenti G.Taun „Muhandis iqtisodchi vazifasida“ ma’ruzasi bilan so‘zga chiqdi. O‘zining ma’ruzasida mehnat resurslarining boshqaruvini u texnikaviy konstruktorlash singari amaliy san’at deb nomladi.
Ingliz olimi L.G.Bebbidj 1936 yilda „Iqtisodiyot va ma­shi­nalarni boshqarish“ darsligini yozdi.
Menejment fanining shakllanishida 4 bosqichni ajratib ko‘rsatish mumkin, ularning har biri tegishli nazariyaga ega bo‘lgan o‘zining ilmiy maktabi bilan ajralib turadi (14.1- jadval). Mazkur maktablarning nazariy qarashlari hozirgi zamon sharoitlarida ham keng qo‘llanib kelinmoqda.


14.1- jadval



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin