1. MAVZU: Tibbiyotda ishchi o'rinlarini avtomatlashtirishda va tibbiy
masalalarini еchishda axborot tеxnologiyalari. Axborot tеxnologiyalar
asoslari. Axborot haqida tushuncha. Axborot turlari. Tеxnika
xavfsizligi.
Reja:
1. Tibbiyotda ishchi o'rinlarini avtomatlashtirish
2. Axborot tеxnologiyalar.
3. Axborot haqida tushuncha
4. Axborot turlari.
5. Tеxnika xavfsizlig
i.
Nazariy qism.
Tibbiyotda ish joylarini avtomatlashtirish, avtomatlashtirilgan tibbiy axborot
sistemasining muolaja tuzilmasini хisoblash tarmog„ining
yagona axborot
tarmog„iga birlashishidan iborat. Ular funksional jiхatdan muassasaning
professional, ma‟muriy – xo„jalik va boshqaruv faoliyatining barcha yo„nalishlarini
ifoda etadi.
Axborot texnologiyalari (AT) – bu axborot jarayonlarini (axborotni yig‟ish,
saqlash, izlash, qayta ishlash, uzatish va h.k) turli xil vositalar yordamida
boshqarishni tashkil etish usullaridir. Axborot texnologiyalari
informatikaning
predmeti hisoblanadi, hamda boshqaruv amaliyotini o‟tkazish, ishlab chiqarishni
boshqarish, ilmiy izlanishlar va iqtisodiyotda korxonalarning tashkil topishi,
ularning texnik rivojlanishi natijasida milliy iqtisodning yangi tarmoqlarini yuzaga
keltiradi. Axborot texnologiyalari tibbiy masalalarni
hal etishda quyidagi asosiy
jarayonlarni o‟z ichiga oladi: 1. Axborotni yig‟ish va ro‟yxatdan o‟tkazish; 2.
Axborotni tartiblash, tahlil qilish va uzatish; 3. Ma‟lumotlarni kodlashtirish; 4.
Ma‟lumotlarni
saqlash va izlash; 5. Tibbiy axborotni qayta ishlash; 6. Axborotni
chop etish va axborotdan foydalanish; 7. Qaror qabo‟l qilish, boshqaruv ta‟sirini
ishlab chiqish. Axborot xususiyatlarini o‟rganish hamda
inson faoliyatining turli
sohalarida foydalanish va tarqatish bilan shug‟ullanadigan fan informatika deb
ataladi. Informatikaning asosiy vazifasi – davlat boshqaruv organlarining, sanoat
va tadbirkorlik hamda boshqa sohalardagi axborot
ehtiyojini qondirish uchun
moddiytexnik bazani yaratishdir.
Axborot texnologiyasi - ob‟ektning, hodisa yoki jarayonining (axborot
maxsulotining) ahvoli haqida yangicha ma‟lumot olish maqsadida ma‟lumotlarni
yig‟ish, qayta ishlash va uzatish vositalar
Tibbiy informatika fanini o‟rganish obyekti – tibbiyotda axborot
texnologiyalarini qo‟llash va tadbiq qilish hisoblanadi. Sog‟liqni saqlash
tizimining bosh qismi – sog‟liqni saqlash va uning quyidagi tashkiliy darajalarini
hisoblanadi:
davlatga oid (yoki regional)
hududiy
tibbiy muassasa darajalari (tibbiy
profilaktik darajalari, ilmiy-tadqiqot
institutlari,tibbiy texnika va dori-darmon ta‟minoti xizmati)
individual (“vrach-bemor” bog‟liqligi)
Tibbiy informatika fanining predmeti –tibbiy-biologik,klinik va profilaktik
muommolarni birlashtiruvchi information jarayonlar hisoblanadi. Bunday
information jarayonlarga misol sifatida biologic signallarni
qayta ishlash va
uzatishni olish mumkin.
Tibbiy informatika fanining asosiy maqsadi- kompyuter texnologiyalardan
foydalanishni
hisobga
olib,
tibbiyotdagi
information
jarayonlarni
optimizatsiyalash hisoblanadi.
Tibbiy informatika fanining asosiy masalalari quyidagilar:
- tibbiyotdagi information jarayonlarning tadqiqoti
- tibbiyotga yangi information texnologiyalarni kiritish
- tibbiyotga хisoblash texnikasini tadbiq qilish va yaratishning ilmiy
muommolarini hal qilish.